Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/109
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55348
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   109

 
88
 “Muntaxab ut-tavorix” umumiy tarix tipida ёzilgan asar bwlib, olamning 
yaratilishidan to Amir Temur vafotigacha, 1405 yil 18 fevralgacha musulmon 
mamlakatlarida yuz bergan voqealar h’aqida baxs yuritadi. asar muqaddima va uch 
bobdan iborat. 
Muqaddima diniy mazmunda bwlib, unda olamning yaratilishi, Odam Ato 
va uning farzandlari, Nuh’ payg’ambar va uning avlodi h’aqida umumiy gap 
boradi. 
Birinchi bobda qadimiy Eron va Yunoniston podshoh’lari, Rim va Vizantiya 
imperatorlari, Rim papalari, qadimiy arab h’amda Efiopiya podshoh’larining 
qisqacha tarixi baёn etilgan. 
İkkinchi bobda Muh’ammad payg’ambar va uning avlodi, xalifayi Roshidin, 
Umaviya va Abbosiya xalifalari, Arabiston h’amda Misrda podshoh’lik qilgan Ali 
va Fotima avlodi, shuningdek, Abbosiylar bilan zamondosh bwlgan Eron va 
Movarounnah’r h’ukmdorlari tarixi talqin etilgan. 
Asarning noёb va qimmatli qismi uning uchinchi bobi h’isoblanadi. U turk-
mwg’ul qabilalari va ularning kelib chiqishi, Chingizxon va uning avlodi, Shimoliy 
Xitoyda ukmronlik qilgan mwg’ul xonlari, Chig’atoy ulusi h’ukmdorlari, 
Elxoniylar, Jaloiriylar, Chwponiylar, Muzaffariylar, Oq Wrda xonlari, 1346-1370 
yillar orasida Movarounnah’rda h’ukmronlik qilgan amirlartarixini wz ichiga oladi. 
Asarning uchinchi qismini ёzishda muallif Tabariy, Juvayniy, Rashiduddin 
h’amda turkiy tilda ёzilgan ”Tarixi xoniy” kabi asarlardan keng foydalangan.     
“Muntaxab ut-tavorixi Muiniy” asarining matni 1957 yili Eronda Jak Oben 
tarafidan chop etilgan. Uning kwlёzma nusxalari Sankt-Peterburg, Angliya, 
Frantsiya va Eron kutubxonalarida mavjud. Bu asar twg’risida va undagi ayrim 
lavh’alar G’.Karimov tomonidan “Amir Temur va Ulug’bek zamondoshlari 
xotirasida”(T.: 1996) va “Temuriylar bunёdkorligi davr manbalari”(T.: 1997) 
nomli twplamlarda chop etgan.  
 
8.3.21. “Majmu at-tavorix” 
“Majmu at-tavorix” ёki “Zubdat ut-tavorix” nomli asar muallifi Hofizi Abru 
nomi bilan mashh’ur bwlgan yirik geograf va tarixchi olimdir. Uning h’aqiqiy ismi 
Shah’obuddin Abdulloh’ ibn Lutfulloh’ ibn Abdurashid al-Havofiydir. Abdurazzoq 
Samarqandiyning swzlariga qaraganda Hofizi Abru Hirot h’ududidagi Havofda 
tug’ilgan, Hamadonda tah’sil kwrgan va 1430 yilda Zanjonda vafot etgan. Boshqa 
tarixiy manbalarning malumotlariga va uning swzlariga qaraganda, Hofizi Abru 
Amir Temur va Shoh’ruh’ saroyida istiqomat qilgan va h’ar ikkala h’ukmdor bilan 
yaqindan munosabatda bwlgan. Agar u Amir Temur bilan faqat saroydagina yaqin 
suh’batdosh bwlgan bwlsa, Shoh’ruh’ bilan uning yurishlarida birga bwlgan. 
Hofizi Abru Shoh’ruh’ning topshirig’i bilan ikkita yirik asar ёzgan. 
Bulardan biri tarixiy-geografik mazmunda bwlib, 1414-1420 yillar orasida 
ёzilgan. U X asrda arab tilida bitilgan nomaxlum bir kitob asosida ёzilgan. 
Yu.E.Borshevskiyning swzlariga qaraganda, bu “Kitob al-masolik va-l-mamolik” 
deb atalib, Hasan ibn Ah’mad Muh’allabiyning qalamiga mansub bwlgan. 
Shoh’ruh’ Mirzo 1414 yili Hofizi Abruga mazkur asarni fors tiliga tarjima qilish va 
boshqa manbalar asosida qayta ishlashni topshirgan. Demak, bu asar shunchaki 


 
89
kompilyatsiya va tarjima bwlib qolmay, balki yangi dalillar bilan boyitilgan, 
diqqatga sazovor asardir. Shuni aytish kifoyaki, unda h’ar bir viloyatning geografik 
h’olatini tavsiflashdan tashqari, uning qisqacha siёsiy tarixi h’am baёn qilingan. 
Biz uchun asarda Amudarёning Kaspiy dengiziga quyilishi h’aqidagi, shuningdek, 
Movarounnah’r va uning yirik shah’arlari Buxoro, Samarqand, Nasaf, Kesh, 
Termiz, Xwjand va boshqalar h’aqida keltirilgan malumotlar muh’im ah’amiyat 
kasb etadi. 
Asarning yaxshi qwlёzma nusxalari Angliya va Rossiyada, Sankt-Peterburg 
shah’rida saqlanmoqda. 
Hofizi Abru Shoh’ruh’ning kwrsatmasi bilan wzidan avval wtgan mazkur 
tarixchilar Tabariy, Rashiduddin h’amda Nizomuddin Shomiy asarlariga 
qwshimchalar (zayl) h’am ёzgan. 1412-1418 yillar orasida ёzilgan bu 
qwshimchalar “Majmua-yi Hofizi Abru” deb ataladi. 
Tabariy asarining Balamiy tah’ririga qilingan qwshimcha xalifa Muqtadir 
(908-932 yy.) zamonidan to Mwtasim (1242-1258 yy.) davrigacha xalifalikka 
kirgan mamlakatlarda bwlib wtgan voqealarni wz ichiga oladi. 
Rashiduddinning “Jome ut-tavorix”iga qilingan qwshimchaga Kurtlar 
(Kartlar) sulolasidan chiqqan podshoh’lar, Tug’a Temur, Amir Vali ibn Shayx Ali 
Hindu, sarbadorlar h’amda Amir Arg’unshoh’ tarizi, yani Eronda 1306-1393 yillar 
orsida bwlib wtgan voqealar kiritilgan. 
Nizomuddin Shomiyning “Zafarnoma”siga qilingan ilovada esa Amir Temur 
h’ukmronligining swnggi davri va Shoh’ruh’ tarixi 1416 yilga qadar baёn etiladi. 
“Majmua”ning ayrim qismlari matni va tarjimasini Xonbobo Baёniy 1938 
yilda, F.Tauer 1959 yili va K.M.Maitra 1934 yili nashr ettirganlar. 
Hofizi Abruning asosiy katta tarixiy asari  “Majmu at-tavorix” bwlib, uni 
muarrix Shoh’ruh’ning wg’li Boysung’ur Mirzo (1433 yili vafot etgan)ning 
topshirig’i bilan 1423-1425 yillari ёzilgan. Mazkur asar twrt qismga bwlingan: 1) 
islomiyatdan avval wtgan payg’ambarlar va Eron podshoh’lari; 2) Muh’ammad 
payg’ambar va arab xalifalari (al-Muh’tasimgacha); 3) Eronning Saljuqiylar 
h’amda mwg’ullar davridagi (Elxon Abu Said davrigacha) tarixi; 4) “Zubdat ut-
tavorixi Boysunquriy”. 
Asarning swnggi, twrtinchi qismi asli va mustaqil ah’amiyatga ega bwlib, 
unda Amir Temur tarixi, qayta ishlangan va birmuncha twlatilgan h’amda 
Xuroson, qisman Movarounnah’rning 1427 yilgacha bwlgan ijtimoiy-siёsiy ah’voli 
baёn etilgan. 
“Majmu at-tavorix” asarining qwlёzmalari Toshkent h’amda xorijiy 
mamlakatlar Turkiya, Olmoniya, Angliya, Frantsiya, Eron va boshqa mamlakatlari 
kutubxonalarida saqlanmoqda.      
 
8.3.22. “Tarixnoma” 
“Tarixnoma”  ёki “Zayli Zafarnoma” (“Zafarnoma”ga qwshimcha”) deb 
ataladigan muh’im tarixiy asar muallifi Xoja Tojuddin as-Salmoniydir. U etuk 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə