88
“Muntaxab ut-tavorix” umumiy tarix tipida ёzilgan
asar bwlib, olamning
yaratilishidan to Amir Temur vafotigacha, 1405 yil 18 fevralgacha musulmon
mamlakatlarida yuz bergan voqealar h’aqida baxs yuritadi. asar muqaddima va uch
bobdan iborat.
Muqaddima diniy
mazmunda bwlib, unda olamning yaratilishi, Odam Ato
va
uning farzandlari, Nuh’ payg’ambar va uning avlodi h’aqida umumiy gap
boradi.
Birinchi bobda qadimiy Eron va Yunoniston podshoh’lari, Rim va Vizantiya
imperatorlari, Rim papalari, qadimiy arab h’amda Efiopiya podshoh’larining
qisqacha tarixi baёn etilgan.
İkkinchi bobda Muh’ammad payg’ambar va uning avlodi, xalifayi Roshidin,
Umaviya va Abbosiya xalifalari, Arabiston h’amda Misrda podshoh’lik qilgan Ali
va
Fotima avlodi, shuningdek, Abbosiylar bilan zamondosh bwlgan Eron va
Movarounnah’r h’ukmdorlari tarixi talqin etilgan.
Asarning noёb va qimmatli qismi uning uchinchi bobi h’isoblanadi. U turk-
mwg’ul qabilalari va ularning kelib chiqishi, Chingizxon va uning avlodi, Shimoliy
Xitoyda ukmronlik qilgan mwg’ul xonlari, Chig’atoy ulusi h’ukmdorlari,
Elxoniylar, Jaloiriylar, Chwponiylar, Muzaffariylar,
Oq Wrda xonlari, 1346-1370
yillar orasida Movarounnah’rda h’ukmronlik qilgan amirlartarixini wz ichiga oladi.
Asarning uchinchi qismini ёzishda muallif Tabariy, Juvayniy, Rashiduddin
h’amda turkiy tilda ёzilgan ”Tarixi xoniy” kabi asarlardan keng foydalangan.
“Muntaxab ut-tavorixi Muiniy” asarining matni 1957 yili Eronda Jak Oben
tarafidan chop etilgan. Uning kwlёzma nusxalari Sankt-Peterburg, Angliya,
Frantsiya va Eron kutubxonalarida mavjud. Bu asar twg’risida va undagi ayrim
lavh’alar G’.Karimov tomonidan “Amir Temur va Ulug’bek zamondoshlari
xotirasida”(T.: 1996) va “Temuriylar bunёdkorligi davr manbalari”(T.: 1997)
nomli twplamlarda chop etgan.
8.3.21. “Majmu at-tavorix”
“Majmu at-tavorix” ёki “Zubdat ut-tavorix” nomli
asar muallifi Hofizi Abru
nomi bilan mashh’ur bwlgan yirik geograf va tarixchi olimdir. Uning h’aqiqiy ismi
Shah’obuddin Abdulloh’ ibn Lutfulloh’ ibn Abdurashid al-Havofiydir. Abdurazzoq
Samarqandiyning swzlariga qaraganda Hofizi Abru Hirot h’ududidagi Havofda
tug’ilgan, Hamadonda tah’sil kwrgan va 1430 yilda Zanjonda vafot etgan. Boshqa
tarixiy manbalarning malumotlariga va uning swzlariga qaraganda, Hofizi Abru
Amir Temur va Shoh’ruh’ saroyida istiqomat qilgan va h’ar ikkala h’ukmdor bilan
yaqindan munosabatda bwlgan. Agar u Amir Temur bilan faqat saroydagina yaqin
suh’batdosh bwlgan bwlsa, Shoh’ruh’ bilan uning yurishlarida birga bwlgan.
Hofizi Abru Shoh’ruh’ning topshirig’i bilan ikkita yirik asar ёzgan.
Bulardan biri tarixiy-geografik mazmunda bwlib, 1414-1420 yillar orasida
ёzilgan. U X asrda arab tilida bitilgan nomaxlum bir kitob asosida ёzilgan.
Yu.E.Borshevskiyning swzlariga qaraganda, bu “Kitob al-masolik va-l-mamolik”
deb atalib, Hasan ibn Ah’mad Muh’allabiyning qalamiga mansub bwlgan.
Shoh’ruh’ Mirzo 1414 yili Hofizi Abruga mazkur asarni fors tiliga tarjima qilish va
boshqa manbalar asosida qayta ishlashni topshirgan. Demak, bu asar shunchaki
89
kompilyatsiya va tarjima bwlib qolmay, balki yangi dalillar bilan boyitilgan,
diqqatga sazovor asardir. Shuni aytish kifoyaki, unda h’ar
bir viloyatning geografik
h’olatini tavsiflashdan tashqari, uning qisqacha siёsiy tarixi h’am baёn qilingan.
Biz uchun asarda Amudarёning Kaspiy dengiziga quyilishi h’aqidagi, shuningdek,
Movarounnah’r va uning yirik shah’arlari Buxoro, Samarqand, Nasaf, Kesh,
Termiz, Xwjand va boshqalar h’aqida keltirilgan malumotlar muh’im ah’amiyat
kasb etadi.
Asarning yaxshi qwlёzma nusxalari Angliya va Rossiyada, Sankt-Peterburg
shah’rida saqlanmoqda.
Hofizi Abru Shoh’ruh’ning kwrsatmasi bilan wzidan avval wtgan mazkur
tarixchilar Tabariy, Rashiduddin h’amda Nizomuddin Shomiy asarlariga
qwshimchalar (zayl) h’am ёzgan. 1412-1418 yillar orasida ёzilgan bu
qwshimchalar “Majmua-yi Hofizi Abru” deb ataladi.
Tabariy asarining Balamiy tah’ririga qilingan
qwshimcha xalifa Muqtadir
(908-932 yy.) zamonidan to Mwtasim (1242-1258 yy.) davrigacha xalifalikka
kirgan mamlakatlarda bwlib wtgan voqealarni wz ichiga oladi.
Rashiduddinning “Jome ut-tavorix”iga qilingan qwshimchaga Kurtlar
(Kartlar) sulolasidan chiqqan podshoh’lar, Tug’a Temur, Amir Vali ibn Shayx Ali
Hindu, sarbadorlar h’amda Amir Arg’unshoh’ tarizi, yani Eronda 1306-1393 yillar
orsida bwlib wtgan voqealar kiritilgan.
Nizomuddin Shomiyning “Zafarnoma”siga qilingan ilovada esa Amir Temur
h’ukmronligining swnggi davri va Shoh’ruh’ tarixi 1416 yilga qadar baёn etiladi.
“Majmua”ning ayrim qismlari matni va tarjimasini Xonbobo Baёniy 1938
yilda, F.Tauer 1959 yili va K.M.Maitra 1934 yili nashr ettirganlar.
Hofizi Abruning asosiy katta tarixiy asari “Majmu at-tavorix” bwlib, uni
muarrix Shoh’ruh’ning wg’li Boysung’ur Mirzo (1433 yili vafot etgan)ning
topshirig’i bilan 1423-1425 yillari ёzilgan. Mazkur asar twrt qismga bwlingan: 1)
islomiyatdan avval wtgan payg’ambarlar va Eron podshoh’lari; 2) Muh’ammad
payg’ambar va arab xalifalari (al-Muh’tasimgacha); 3) Eronning Saljuqiylar
h’amda mwg’ullar davridagi (Elxon Abu Said davrigacha) tarixi; 4) “Zubdat ut-
tavorixi Boysunquriy”.
Asarning swnggi, twrtinchi qismi asli va mustaqil ah’amiyatga ega bwlib,
unda
Amir Temur tarixi, qayta ishlangan va birmuncha twlatilgan h’amda
Xuroson, qisman Movarounnah’rning 1427 yilgacha bwlgan ijtimoiy-siёsiy ah’voli
baёn etilgan.
“Majmu at-tavorix” asarining qwlёzmalari Toshkent h’amda xorijiy
mamlakatlar Turkiya, Olmoniya, Angliya, Frantsiya, Eron va boshqa mamlakatlari
kutubxonalarida saqlanmoqda.
8.3.22. “Tarixnoma”
“Tarixnoma” ёki “Zayli Zafarnoma” (“Zafarnoma”ga qwshimcha”) deb
ataladigan muh’im tarixiy asar muallifi Xoja Tojuddin as-Salmoniydir. U etuk