4
1.3.2.
Etnografik manbalar
Xalqlarning kelib chiqishi bilan bog’liq bwlgan
material va malumotlar
etnografik manba h’isoblanadi. Masalan, xalq, qabila va urug’ nomlari, inson qwli
va aql –zakovati bilan yaratilgan qurol va buyumlarning naqsh va bezaklari,
kishilar ongida, shuningdek, og’zaki va ёzma adabiёtda saqlanib qolgan wtmish
urf-odat va ananalari, kishilarning turmush tarzi etnografik manba h’isoblanadi.
Bularning barchasini etnografiya (yunon, etnos – xalq, grapxo – ёzaman, xalq
h’aqida malumotlar; xalqshunoslik) ilmi tekshiradi va wrganadi.
1.3.3.
Lingvistik manbalar
Lingvistik manbalar deb tilimizdagi, aniqrog’i uning leksik-swz boyligi tarkibidagi
uzoq
wtmishdan qolgan, ijtimoiy – iqtisodiy, mamuriy va yuridik atamalar,
masalan,
xiroj - wrta asrlarda ah’olidan, asosan deh’qonlardan olinadigan asosiy
soliq; daromad solig’i;
ushr – daromadning wndan bir qismini tashkil etgan soliq;
zakot – chorva va mulkdan kambag’allar uchun yiliga bir marta olinadigan soliq;
cuyurg’ol – shah’zodalar va amirlarga toju taxt oldida kwrsatgan katta xizmatlari
uchun beriladigan er-suv;
tansuqot – kamёb, etiborga molik buyum, mato;
podshoh’lar, xonlar va nufuzli
kishilarga qilinadigan tortiq;
cherik - qwshin;
qorovul - qwshinning oldi va ёn tomonlarida boradigan maxsus h’arbiy bwlinma;
xalifa –Muh’ammad payg’ambarning wrinbosari, wrta asrlarda arab musulmon
feodal davlatining boshlig’i;
mirishkor – twg’risi – miri shikor, podshoh’ va
xonlarning ov qushlari va ov h’ayvonlarini tasarruf etkvchi mansabdor;
mirob –
suv taqsimoti bilan shug’ullanuvchi mansabdor;
qozi –shariat asosida ish
yurituvchi sudya;
ёrlig’ -wrta asrlarda h’ukmdor tarafidan beriladigan
rasmiy
h’ujjat;
vaqfnoma –masjid, madrasa, xnaqoh’ va mozorlarga inom etilgan er - suv
h’aqidagi tuzilgan maxsus h’ujjat va boshqa atamalar juda kwp uchraydi. Bu va
shunga wxshash atamalar shubh’asiz qimmatli
tarixiy material bwlib,
ajdodlarimizning ijtimoiy – siёsiy h’aёtini wrganishga ёrdam beradi. Ularning
kelib chiqishi va etimologiyasini lingvistika (lotin, lingua – til) fani wrganadi.
1.3.4.
Xalq og’zaki adabiёti
Og’zaki adabiёt madaniyatning eng qadimgi qismi bwlib, uning ildizi
ibtidoiy jamoa va ilk feodalizm tuzumiga borib taqaladi. Og’zaki adabiёtning
ayrim namunalari qadimgi yunon tarixchilari, shuningdek, Tabariy, Masudiy,
Beruniy, Firdavsiy, İbn al-Asir kabi sharq olimlarining asarlari orqali bizgacha etib
kelgan. Kayumars, Jamshid va Siёvush h’aqidagi afsonalar, Amort va Sparetra,
Twmaris va Shiroq h’aqidagi qissalar shular jumlasidandir.
Urug’chilik
davri tarixini, ayniqsa, patriarxal – munosabatlarini wrganishda
“Alpomish”, “Gwrwg’li” kabi dostonlar, shuningdek, xalq ertaklari, marosim
qwshiqlari, matal va topishmoqlarning roli h’am benih’oyat kattadir. Bu xalq
durdonalari turli ijtimoiy tabaqaga mansub kishilarning turish – turmushi, manaviy
qiёfasi, urf-odati, ayniqsa, uzoq wtmishda h’ukm surgan
ijtimoiy munosabatlar
h’aqida qimmatli malumot beradi. Tarixiy manbalarning bu turi bilan folklor (nem.
Folk – xalq, lore – bilim; donishmandlik, xalq donoligi) fani shug’ullanadi.
5
1.3.5.
Ёzma manbalar
Ёzma manbalar tarixiy manbalarning muh’im va asosiy turidir. İnsonning ijtimoiy
faoliyati, aniqrog’i kishilarning wzaro munosabatining natijasi wlaroq yaratilgan
va wsha zamonlarda sodir bwlgan ijtimoiy-siёsiy voqealarni wzida aks ettirgan
manba sifatida wrta asr (U1-X1X asrlar) tarixini wrganishda muh’im wrin tutadi.
Ёzma manbalar wz navbatida ikki turga bwlinadi:
1.Oliy va mah’alliy h’ukmdorlar mah’kamasidan chiqqan rasmiy h’ujjatlar
(ёrliqlar, farmonlar, inoyatnomalar, moliyaviy-h’isobot daftarlari, rasmiy
ёzishmalar).
İjtimoiy-siёsiy, ayniqsa, iqtisodiy munosabatlarga oid masalalarni
wrganishda rasmiy h’ujjatlar, moliyaviy - h’isobot daftarlari va ёzishmalarning
ah’amiyati benih’oya kattadir. Rasmiy h’ujjatlar ijtimoiy-siёsiy h’aёtni malum
yuridik shaklda bevosita va kwp h’ollallarda aynan qayd etishi bilan qimmatlidir.
Lekin ularning orasida, ayniqsa, rasmiy ёzishmalarda soh’talari h’am uchrab
turadi. Shuning uchun h’am ulardan foydalanilganda diqqat-etibor va zwr
eh’tiёtkorlik talab qilinadi. Hujjatlar ustida ish olib borganda, undan biron ijtimoiy-
siёsiy voqea ёki faktni talqin etish uchun foydalanish jaraёnida, bittasi bilan
kifoyalanmasdan, wxshash bir necha h’ujjat, manbalarni qwshib wrganmoq zarur,
chunki bitta h’ujjatda faqat bir kelishuv ёki fakt ustida gap boradi. Shuning uchun
faqat bir h’ujjat bilan malum ijtimoiy-siёsiy masala
ustada qatiy fikr yuritib,
umumlashtirib qatiy xulosaga kelib bwlmaydi.
2.Tarixiy, geo-kosmografik h’amda biografik asarlar.
Tarixiy, geo-kosmografik, h’amda biografik asarlar twg’risida shuni aytish
kerakki, ular h’ukmron sinfning topshirig’i bilan ёzilgan va shu tufayli ularning
sah’ifalarida kwproq podshoh’lar va xonlarning, amirlar va yirik ruh’oniylarning
h’aёti va faoliyati ёritilgan, moddiy boylik yaratuvchi meh’natkash xalqning tarixi
esa kwp h’ollarda chetlab wtilgan.
Xullas, bu asarlarda, yani ёzma manbalarda h’ukmron feodal sinfning
dunёqarashi wz ifodasini topgan, wsha sinfning
maqsad va manfaatlari ifoda
etilganligi bilan ajralib turadi.
1.3.6. Mwjaz rasm-miniatyuralar
X-XIX asrlar davomida qwlёzma kitoblarini ziynatlash uchun yaratilgan
nafis mwjaz rasmlar h’am tarixiy manba bwlib xizmat qiladi. Yurtimiz tarixi va
moddiy ashёlar, h’anarmandchilik, kiyim-kechak, memorlik obidalari va umuman
moddiy madaniyatimiz xususiyatlarini wrganmoqchi bwlsak, nafis mwjaz tasviriy
sanat namunalari- miniatyura rasmlar qimmatli manba rolini wtaydi. Chunki ularda
tarixiy ashёlar
tasviri aynan, bazan badiiy ijod xususiyatlariga moslashtirilgan
h’olda aks ettiriladi.
Masalan, buyuk musavvir ustod Kamoliddin Beh’zodning “Samarqanddagi
Bibixonim masjidining masjida qurilishi” nomli mashh’ur rasmini eslatish kifoya.
Bu rasmda XU asrdagi qurilish jaraёni, unda ishtirok etaёtgan ustalar twg’risida
mukammal tasavvur beriladi. Bunday rasmlardan tarixni wrganishda tasviriy vosita