Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/109
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55348
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   109

 
115
(rah’matulloh’i) siyar va h’olotida». Yani bu asar «wtkinchi foniy dunёdagi 
solik, gavh’arlar koni va manolar orifi Sayyid Hasan Ardasher biografiyasi» deb 
ataladi.  
Asar boshida muallif Sayyid Hasani Ardasherning otasi twg’risida qisqa 
malumotlarni keltiradi, undan swng, Alisher Navoiy uning wzi h’am ёshligida 
otasi kabi Boysung’ur Mirzo xizmatida bwlgani, turli soh’alar bwyicha bilim 
olganini  ёzadi. Temuriylar saroyida xizmat qilib, doim h’urmat va etiborda 
bwlgani, h’atto Sulton Husayn Mirzo unga katta davlat lavozimini taklif 
qilganida, dunё ishlaridan yuz wgirib, darveshlikni ixtiёr etganini zikr etadi. 
Risolada Sayyid Hasan Ardasherning tarixi, uning badiiy didi, turkiy va forsiy 
tildagi adabiёtni yaxshi bilishi, imom G’azzoliyning «Kimiё-i saodat», 
Fariduddin Attorning «Mantiq ut-tayr» asarlarini xush kwrishi, h’aёtida bwlib 
wtgan voqealar tafsilotilarining eng muh’imlari zikr etiladi. Natijada, kitobxon 
kwz wngida Temuriylar zamoni ziёlilarining ёrqin vakili siymosi tarixi namoёn 
bwladi. Wsha davr ijtimoiy h’aёtiga tasavvur talimoti katta tasir wtkazganini 
kwramiz. Chunki, etiqod yuzasidan Sayyid Hasan Ardasher davlat lavozimidan 
voz kechgen shaxsdir.  
Sayyid Hasan Ardasher nomini Alisher Navoiy wzining «Majolis un-
nafois», «Nasoyim ul-muh’abbat» asarlarida chuqur h’urmat bilan ёd etadi. 
Umuman, «Holoti Sayyid Hasan Ardasher» risolasi Temuriylar davri ijtimoiy-
madaniy h’aёtini aks ettirgan muh’im tarixiy manbadir. Unda Alisher Navoiy 
wzining h’aёtida juda katta rol wynagan katta zamondoshi Sayyid Hasan 
Ardasherga munosib tarixiy ёdgorlik wrnatadi.  
 
10.7. «Holoti Pah’lavon Muh’ammad» risolasi 
Alisher Navoiyning beshinchi tarixiy asari h’am memuar biografik 
xarakterdagi risola bwlib, unda wsha davrning eng mashh’ur va benazir 
kurashchisi va turli fanlar bilimdoni twg’risidagi «Holoti Pah’lavon 
Muh’ammad»dir. Alisher Navoiy «Majolis un-nafoyis» asarida ushbu shaxs 
twg’risida quyidagi malumotni keltiradi: «Pah’lavon Muh’ammad Kushtigirkim, 
kwp fazoyil bila orastadurkim, kushti bovujud ulkim, uning andoq h’aq va 
mulkidurkim, malum emasikm, h’argiz bu fanda andoq paydo bwlmish bwlg’oy. 
Wzga fazoyiliga kwra va din martabasidur, musiqiyda idvor ilmida davrining 
benaziridur, chun kamoloti izh’or min ash-shamsdur, sharh’ qilmoq eh’tiёj 
ermas».  
Risolada biz Pah’lavon Muh’ammadning wz davrining benazir kishisi 
bwlganligi, qirq yil davomida alisher Navoiyga meh’ribonchilik kwrsatganligi, 
favqulodda xotiraga egaligi, barcha zamondoshlari izzat h’urmatiga sazovor 
bwlgan, yuksak axloqiy fazilatlarga ega kurashchi ekanligini kwramiz. Uni 
barcha kechik zamondoshlari, Zah’iriddin Muh’ammad Bobur, Zayniddin 
Vosifiy, Mirza Muh’ammad Haydar h’am ajoyib kurashchi va oliyjanob inson, 
bastakor ekanligini tasdiqlaydilar.  
Bu asarda temuriylar davri XV asr ikkinchi yarmi madaniy h’aёtiga oid 
qimmatli malumotlar keltirilishi bilan muh’im xususiyat kasb etadi. Bu risola 
h’am avvalgi «Xamsat ul-mutah’ayyirin» va «Holoti Sayyid Hasan Ardasher» 


 
116
kabi XV asr ikkinchi yarmi Temuriylar davri tarixi twg’risidagi qimmatli 
manbadir.  
Nomlari zikr etilgan besh sof tarixiy asarlardan tashqari Alisher Navoiy 
quyidagi asarlari, yani «Mah’bub ul-qulub», «Majolis un-nafois», «Munshaot», 
«Nasoyim ul-muh’abbat» va h’atto sof lingvistik xarakterdagi «Muh’okamat ul-
lug’atayn» asarida h’am tarix ilmi uchun muh’im malumot bor.  
Alisher Navoiy tarixchi olim sifatida asarlarida, xususan «maxbub ul-
qulub»da ijtimoiy guruh’lar twg’risidagi muloh’azalarni baёn etgan, «Majolis 
un-nafois» asarida 450 dan ortiq davlat arbobi shoir va sanat shaydolari h’aqida, 
«Nasoyim ul-muh’abbat» asarida esa 750 dan ziёd avliёlar twg’risdagi 
malumotlar keltirilgandir.  
«Vaqfiya» asarida esa Alisher Navoiyning qanday mol-mulk egasi 
bwlgani, h’amda ularni jamiyat uchun vasiyat qilganligi baёn etiladi. Alisher 
Navoiyning «Munshaot» asari, h’amda u tartib bergan «Muraqqa Mir Alisher»da 
jamlangan maktublar mazmuni, Alisher Navoiyning h’aёti va faoliyati turli 
qirralarini va wz davri ijtimoiy, siёsiy va madaniy h’aёtini  ёritishda juda katta 
tarixiy, ilmiy ah’amiyatga ega h’ujjatlardir.  
U tartib bergan Xoja Ubaydulloh’ Ah’ror, uning muridlari va 
Abdurah’mon Jomiyning dastxat maktublarini tartibga keltirib, maxsus 
«Muraqqa Mir Alisher» nomli dastxat avtograflardan iborat qimmatli 594 ta 
maktubni kitob h’oliga keltirgizib, bizga meros qoldirgan. Ushba muraqqa 
asosida doutorlik dissertatsiyasini ёzib sharqshunos Asomiddin Wrinboev tarix 
fanlari doutori degan unvonga ega bwldi. Keyingi yillarda olim ular twg’risida 
rus, tojik, fors va ingliz tillarida bir necha kitob chop etib Alisher Navoiyning 
tarix soh’asidagi kwrsatgan xizmatini dunёga namoyish etdi.  
Alisher Navoiy yirik tarixchilar Muh’ammad Mirxond, Davlatshoh’ 
Samarqandiy va G’iёsiddin Xondamirlarning h’omiy va murabbiysigina emas
balki original tarixiy asarlari ijodkori sifatidagi xizmatlari h’am aloh’ida etiborga 
loyiq, deb wylaymiz.  
Amir Temurning wzi tarix ilmi taraqqiёtiga juda katta etibor berdi. Sultoni 
soh’ibqiron wz «Tuzuklar»ini yaratib, wzbek davlatchiligi taraqqiёtiga bebah’o 
h’issa qwshdi. Mirzo Ulug’bek «Tarixi arbai ulusi Chingiziy»nomli juda 
qimmatli tarixiy asarni talif qilishda shaxsan wzi qatnashdi. Bundan tashqari bu 
davrda yashab ijod etgan jah’onga mashh’ur tarixchilar G’iёsiddin Ali, 
Nizomiddin Shomiy, Sharafuddin Ali Yazdiy, Hofizu Abru, Muiniddin 
Natanziy, Abdurazzoq Samarqandiy, Muh’ammad Mirxond, G’iёsiddin 
Xondamir va boshqalar asarlari h’amon mutaxassislar uchun qimmatli tarixiy 
manba, bitmas-tuganmas xazinadir.  
Alisher Navoiyning «Vaqfiya» asarida zikr etilgan mol-mulk h’am uning 
wz davri yirik mol-mulk, davlat egasi ekanligini kwrsatadi. Mirzo Muh’ammad 
Haydarning ёzishicha, Alisher Navoiyning bir kunlik daromadi wn sakkiz ming 
shoh’ruxiy ekan. Tarixchining ёzishicha, Sulton Husayn davlat tepasiga kelgach, 
butun marh’amatini Alisher Navoiyga kwrsatadi. U esa wz wrnida mol-mulkini 
yurt obodonchiligi, olimu-fozillarga h’omiylik qilishga qaratgan. Tarixchilar 
G’iёsiddin Xondamir, Zah’iriddin Bobur va boshqalarning ёzishicha, alisher 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə