Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/109
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55348
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   109

 
112
1.«Qutadg’u bilik» asarining tarixiy ah’amiyati nimada?  
2.  «Temur tuzuklarida» asarining wzbek davlatchiligi tarixini wrganishdagi wrni?  
3.  Boburning «Vaqoyi» asarining tarixiy ah’amiyati nimada?  
4.  Xorazm xonligida yaratilgan wzbek tilidagi qanday tarixiy asarlarni bilasizmi?  
  
 
10-mavzu. Alisher Navoiyning asarlari tarixiy manba sifatida 
 
Darsning mazmuni: Alisher Navoiy nasriy asarlarining tarixiy manba 
sifatida asosiy xususiyatlari, ularning manbashunoslikdagi ilmiy ah’amiyati 
talabalarga tushuntiriladi.  
 
Reja: 
10.1.Alisher Navoiyning ijodida tarixiy mavzudagi asarlar. 
10.2. Alisher Navoiyning tarixiy mavzudagi asarlari tavsifi.  
10.3. «Tarixi anbiё va h’ukamo» asari.  
10.4. «Tarixi muluki Ajam» asari.  
10.5. «Xamsat ul-mutah’h’irin» risolasi. 
10.6. «Holoti Sayyid Hasan Ardasher» risolasi.  
10.7. «Holoti Pah’lavon Muh’ammad» risolasi.  
10.8.Foydalaniladigan adabiёtlar rwyxati.  
10.9. Mavzuni mustah’kamlash uchun beriladigan savollar.  
 
 Asosiy 
tushunchalar: 
Xamsa, h’olot… 
 
10.1.Alisher Navoiyning ijodida tarixiy mavzudagi asarlar. 
Ushbu maruzada Alisher Navoiy (1441-1501) nasriy asarlarining tarixiy 
manba sifatidagi xususiyatlariga etibor bermoqchimiz. Chunki Navoiyning ulkan 
sheriy merosi, dostonlari va asarlari badiiy adabiёt namunasi sifatida keёingi XX 
asrda h’am yurtimizda juda katta etiborga sazovor bwlgan bwlsa-da, ammo 
uning tarix ilmiga qwshgan ulkan h’issasi, bizning fikrimizcha, tarixchi 
olimlarimiz etiboridan chetda qolib keldi. Maxsus tarixiy asarlari h’am faqat 
filologik nuqta-i nazardan wrganildi, xalos.  
Alisher Navoiy asarlarini manbashunoslik nuqta-i nazaridan tadqiq qilish 
uchun ming mukammal asarlar yigirma tomligini asos qilib olinish mumkin.  
Alisher Navoiy nasrda «Munojot», «Tarixi anbiё va h’ukamo», «Tarixi 
muluki Ajam», «Xamsat ul-mutah’ayyirin», «Holoti Sayyid Hasan Ardasher», 
«Holoti Pah’lavon Muh’ammad», «Vaqfiya», «Majolis un-nafois», «Nasoyim ul-
muh’abbat», «Mezon ul-avzon», «Munshaot», «Muh’okamat ul-lug’atayn» kabi 
asarlari bilan h’am aruz nazariyasi, h’am tilshunoslik, h’am adabiёtshunoslik 
bilan bir qatorda tarixi ilmi taraqqiёtiga katta h’issa qwshdi.  
 
10.2. Alisher Navoiyning tarixiy mavzudagi asarlari tavsifi 
 
 
10.3. «Tarixi anbiё va h’ukamo» asari. 


 
113
Alisher Navoiyning «Tarixi anbiё va h’ukamo» asari 890/1485 va 
904/1498-1499 yillar orasida tasnif etilgan bwlib, unda Odam Atodan boshlab, 
oltmish oltita payg’ambarlar va wn bitta donishmandlar twg’risida ixcham, lekin 
juda jonli va qiziqarli malumotlar baёn etilgan.  
Malumki, Alisher Navoiyga qadar h’am anbiёlar h’aqida turli rivoyatlar, 
qissalar mavjud bwlgan. Ayniqsa, «Quroni karim»da va eng qadimiy 
manbalarda, umumiy tarixga oid Abu Jafar Tabariyning (836-923) «tarixi ar-
rusul va muluk», Abu Rayh’on Beruniyning «Osor ul-boqiya», h’amda Abu 
Sulaymon ibn Dovud binni Abu-l-Fazl Muh’ammad binni Dovud al-
Banokatiyning (vaf. 730/1330) «Ravzatu Oli al-bob fi tavorix al-akobir va-l-
ansob» (1317) ёki «Tarixi Banokatiy» (XIV asr) nomli, Hamdulloh’ binni Abu 
Bakr binni Ah’mad binni Nasr al-Mustavfi Qazviniyning (vaf. 750/1350) «tarixi 
Guzida» (744/1343), Abulqosim Firdavsiyning «Shoh’noma», Nizomiy 
Ganjaviyning «Xamsa» va boshqa shu kabi asarlarda tarixiy voqealar, 
shuningdek, diniy tarixga oid malumotlar kwp.  
Wz davrining yirik olimi va tarixchisi sifatida Alisher Navoiy h’am 
bunday manbalarni wrganib chiqqan, ular bilan yaqindan tanishgan. Bu asarlar 
aksariyati arab va fors tilida bwlgani uchun, Alisher Navoiy turkiy-wzbek tilida, 
kwplab qissalarni qiёsiy wrganish asosida wz asarini yaratdi. U asar mazmun 
jih’atidan umumiy tarixga oiddir.  
Bu asar ikki qismdan iborat. Birinchi qismda Odam Atodan tortib, nuh’, 
İso, Muso, Yaqub, Sulaymon, Dovud, Yusuf va boshqa payg’ambarlar h’aёtiga 
oid turli naqllarni baёn etadi, h’ar bir tarix oxirida ruboiy keltirilib, ularning 
h’aёtiga lirik xotima yasaydi.  
Kitobning ikkinchi qismida mashh’ur donishmandlar h’aёti lavh’alari, 
ularning h’ikmatlari keltiriladi. Masalan, G’arbda Pifagorga nisbatan bergan bir 
iborani Alisher Navoiy Buqrotus h’akim nomidani shunday keltirilgan: «Yaxshi 
swz kwngulni ёritur va yaxshi xam kwzning nemati arusidurkim, aning mah’ri 
shukrdir».  
Butun umri va faoliyati davomida olimlarni qadrlagan Alisher Navoiy 
ularning tarixini anbiё, payg’ambarlar tarixidan keyin, ularni birgalikda bitgani 
aloh’ida tah’singa sazovor h’oldir. Bu kitob tarixchi, olim va shoirlarga qadimgi 
davr izoh’i uchun muh’im manba vazifasini wtashi mumkin. Bu asarni 
manbashunoslik fanida aloh’ida wrganish shuning uchun h’am zarurki, tarixga 
oid asarlarda tafsilotlari keltirilmay, juda kwp wrinlarda mayg’ambarlar va 
ularning h’aёtiga oid voqealarga murjaat qilish uchraydi. Manna shu jih’atidan 
Alisher Navoiy asari h’am tarixchi olimlar, h’am tarixni wrganuvchi talabalar 
uchun katta ah’amiyat kasb etadi. Shuning bilan birga, u asarda alisher 
Navoiyning mashh’ur tarixchi Sharafuddin Ali Yazdiyga munosabati baёn 
etilgan. Navoiy uning «Zafarnoma» asari muqaddimasini zikr qlar ekan, 
tarixchini «mavlono sharaf ul-millat va davla», yani «davlat va millat sharafi» 
deb tariflaydi.  
 
10.4. «Tarixi muluki Ajam» asari 


 
114
Alisher Navoiyning ikkinchi tarixiy asari «Tarixi muluki Ajam»dir. 
890/1485 yildan swng yaratilgan bu asarda Eronda h’ukmronlik qilgan twrt 
sulola: Peshdodiylar, Kaёniylar, Ashkoniylar va Sosoniylar twg’risida malumot 
keltirilgan. Asar oxirida Sulton Husayn Mirzo madh’i wrin olgan. Agar biz 
avvalroq yaratilgan «Saddi İskandariy» dostonida h’am twrt sulola h’aqidagi 
malumot borligini nazarda tutsak, doston yaratish jaraёnida Alisher Navoiy 
twplagan malumotlarni maxsus tarixga oid asar sifatida ijod qilgan kwrinadi. 
Bunda Alisher Navoiy yuqorida nomlari zikr etilgan asarlar qatorida yana Abu-l-
Hayr Nasiriddin Abdulloh’ binni Umar ul-Qozi Bayzaviyning (vaf.685/1266) 
«Nizom ut-tavorix» (ёzilgan 674/1275), Abu Homid G’azzoliyning (1058-1111) 
«Nasih’at ul-muluk» va boshqa asarlarni, xususan wz zamondoshi Mir 
Muh’ammad Mirxondning «Ravzat us-safo» asaridan boxabar h’olda, Eron 
tarixiga oid arab va fors tillarida tarixiy asarlardan farqli, bu kitobni turkiy tilda 
yaratdi. Ushbu asardagi shaxslar twg’risidagi malumotlar Alisher Navoiy 
wzining dostonlarida h’am mavjudligini eslatib wtgan. Bu asar ilmiy tanqidiy 
matnini sharqshunos L.Xalilov tuzib, nomzodlik dissertatsiyasini h’imoya qilgan 
edi. Afsus h’amon uning tanqidiy matni chop etilmagan.  
«Tarixi muluki Ajam» asarini malum darajada, «Xamsa», xususan «Saddi 
İskandariy» dostoniga tarixiy ilmiy ilova sifatida h’am qabul qilish mumkin. 
Uning ichidagi malumotlarning sheriy ifodasi «Saddi İskandariy»da keltirilgan 
bwlib, ularni boshqa tarixiy asarlar bilan qiёsiy wrganish Alisher Navoiyning 
tarixchi olim sifatidagi ijod qirralarini ochishga rdam berishi mumkin.  
 
10.5. «Xamsat ul-mutah’h’irin» risolasi 
Alisher Navoiyning uchinchi memuar biografik asari «Xamsat ul-
mutah’h’irin»dir. U Abdurah’mon Jomiy vafotidan swng, yani 898/1492 yildan 
keyin yaratilgan. Bu risola Alisher Navoiyning piri, ustozi va dwsti 
Abdurah’mon Jomiyga bag’ishlangan bwlib, ikki buyuk ijodkor wrtasidagi 
g’aroyib voqealar baёni, Jomiyning shajarasi, asarlari nomlari va ularga berilgan 
bah’olardan iborat. Uni memuar-ёdnoma asar deb atash mumkin. Ushbu risola 
mazmunini ikki buyuk shaxs asarlaridagi lavh’alar, xususan «Nasoyim ul-
muh’abbat», «Majolis un-nafois» h’amda ularning wzaro xatti kitobati, ayniqsa, 
«Muraqqai Mir Alisher» twplamidagi Jomiyning dastxat maktublari boyitishga 
xizmat qiladi.  
 
 
 
10.6. «Holoti Sayyid Hasan Ardasher» risolasi 
Alisher Navoiyning twrtinchi tarixiy asari, memuar biografik xarakterdagi 
risola bwlib, u «Holoti Sayyid Hasan Ardasher» deb nomlanadi. Wziga «otaday» 
meh’ribon bwlgan Sayyid Hasan Ardasher twg’risidagi asar twg’ridan twg’ri 
«Holot» yani biografiya deb ataladi. Asar tasnif odobiga kwra, «Bismilloh’ir-
rah’monir - rah’iym» swzidan swng keladigan «Hamd» Alloh’ madh’i wrniga 
nasimga murojaat bilan boshlanadi, asar mazmuni shunday xarakterlanadi: 
«Soliki foniy va gavh’ari koniy, orifi maoniy Sayyid Hasani Ardasher 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə