Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/109
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55348
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   109

 
76
Qoraxoniy Bug’raxon Muh’ammad (1033-1056 yillar atrofida vafot etgan) 
wrtasidagi siёsiy munosabatlar, qoraxitoylar istilosi arafasida Buxoro sadrlarining 
umumiy ah’voli h’aqida qisqa, lekin qimmatli malumotlar keltirilgan.   
“Chor maqola”ning ikkinchi qismida h’am muh’im maoumotlarni 
uchratamiz. Mashh’ur forsiyzabon shoirlar Rudakiy (taxm.860-941 yy.), Farruh’iy 
(1038 yili vafot etgan), Firdavsiy (taxminan 940-1020-1030 yillar orasi)larning 
h’aёtiga oid, shuningdek, Bodh’izning tabiiy sharoiti, masalan u erda bwlgan 
1000ga yaqin koriz, uzumning 120ta navi, Qoraxoniylar davrida 
Movarounnah’rning adabiy va madaniy h’aёtiga oid axborotlar shular 
jumlasidandir.   
Uchinchi qismda Abu Rayh’on Beruniy va Umar Hayёmning (taxm. 1048-
1123) h’aёti (Nizomiy Aruziy Samarqandiy u bilan yaqindan tanish bwlgan) bilan 
bog’liq malumotlar berilgan. 
Twrtinchi qismda wzbekistonlik buyuk qomusiy olim Abu Ali ibn Sinoning 
(980-1037 yy.) Buxoro va Xoraz mdagi ilmiy faoliyati bilan bog’liq malumotlarni 
uchratamiz. 
Xullas, Nizomiy Aruziy Samarqandiyning ushbu asari Wzbekistonning X-
XI asrlardagi ijtimoiy-siёsiy va madaniy h’aёtini wrganishda muh’im ah’amiyatga 
ega bwlgan manbalardan biri h’isoblanadi. 
“Chor maqola”ning forsiy matni 1910 va 1955-1957 yillarda eronlik 
sharqshunos olimlar Mirzo Muh’ammad Qazviniy h’amda Muh’ammad Muin 
tomonidan chop qilingan. Asar ingliz tiliga 1921 yili va 1963 yili rus tiliga tarjima 
qilingan. Sharqshunos Mah’mud Hasaniy uni wzbek tiliga tarjima qilib chop 
ettirgan. 
 
8.3.7. “Mujmal at-tavorix va qisas” 
Muallifi nomalum bwlgan “Mujmal at-tavorix va qisas” (“Tarixlar va 
qissalar majmuasi”) nomli bu asar ixcham tarzda ёzilgan umumiy tarixga oiddir. 
Unda qadim zamonlardan (islomiyatdan avval wtgan Eron podshoh’lari zamonidan 
to wg’uzlar tarafidan Sulton Sanjarning asir olinishi (1153) va Nishopurning 
vayron etilishigacha bwlgan davr ichida Eronda va qisman Wzbekistonda yuz 
bergan ijtimoiy-siёsiy voqealar h’ikoya qilinadi.  
Asar 1153 yildan keyin yaratilgan. Kitobning ilmiy qimmati shundaki, unda 
turkiy xalqlar, ularning kelib chiqishi h’aqidagi rivoyatlar, turklarning vatanlaridan 
biri İssiqkwl h’aqida boshqa manbalarda uchramaydigan malumotlar keltirilgan. 
“Mujmal at-tavorix va qisas”ning yagona qwlёzma nusxasi Parij Milliy 
kutubxonasining qadimiy forsiy kitoblar fondida, 62 raqam ostida saqlanmoqda. 
Uning matni 1939 yili eronlik Malik ush-shuaro Bah’or tomonidan chop etilgan. 
 
8.3.8. “Zayn al-axbor” 
“Zayn al-axbor” (“Tarixlar bezagi”) nomli kitob muallifi XI asrning yirik 
tarixchisi Gardiziydir. Uning twla ismi Abu Said Abulh’ay ibn Zah’h’ok ibn 
Mah’mud Gardiziy, G’azniga (Afoniston) tobe bwlgan va uning sharqiy tarafida 
joylashgan Gardiz qishlog’ida tug’ilgan. U wz zamonidaёq  shuh’rat topgan 
olimdir. Bu esa uning yaqin “Zayn al-axbor” nomli asari tufayli bwldi. Kitob 1049-


 
77
1050 yillar orasida ёzib tamomlangan va G’aznaviylardan Sulton Abdurashidga 
(1049-1053) taqdim etilgan. 
“Zayn al-axbor” asosan qadim zamonlardan (islomiyatdan avval  wtgan 
qadimgi Eron podshoh’lari zamonidan) to 1041 yilgacha, yani G’aznaviylardan  
Sulton Mavdud (1041-1050) bilan Sulton Muh’ammad (1030-1031, ikkinchi marta 
1041) wrtasida, yani 1041 yili Dinovarda bwlgan urushgacha Xurosonda bwlib 
wtgan voqealar h’aqida h’ikoya qiladi. Asarda ayniqsa Xurosonning arab 
istilosidan 1041 yilgacha bwlgan tarixi boshqa asarlarga nisbatan kengroq 
ёritilgan. 
Gardiziy ushbu asarini ёzishda  as-Sallomiyning “Kitob fi axbor vuloti 
Xuroson”, al-Jayxoniyning  “Ajoyib al-buldon”, shuningdek ibn Muqaffa, ibn 
Xalliqonning asarlaridan h’am foydalangan. 
“Zayn al-axbor” rumliklarning madaniyati (dar marifati rumiёn), turli 
xalqlarning diniy marosimlari va yil h’isoblari, Movarounnah’rning turkiy ah’olisi 
va Hindiston h’aqida degan boblardan iborat. Asarning turli xalqlarning 
(musulmonlar, yah’udiydar, xristianlar va boshqalarning) diniy marosimlari va yil 
h’isoblari h’amda Hindiston h’aqidagi boblari Abu Rayh’on Beruniy asarlari, Wrtv 
Osiё va Wzbekistonning turkiy ah’olisi h’aqidagi bobi esa qisman ibn 
 
Xurdodbeh’, Jayh’oniy va ibn Muqaffa asarlariga tayanib ёzilgan. 
Gardiziyning “Zayn al-axbor” asari Xuroson va Movarounnah’rning arablar 
istilosidan to XI asrning wrtalarigacha bwlgan siёsiy tarixini qrganishda muh’im 
wrin tutadi. 
“Zayn al-axbor” asarining forscha matni eronlik Mirzo Muh’ammad 
Qazviniy 1937 yili, Muh’ammad Nozim 1928 yili h’amda Said Nafisiy tomonidan 
1954 yili chop etilgan edi. 1969 yili Teh’ronda asarning twla nashri amalga 
oshirildi. Uning turkiy xalqlar h’aqidagi bobi rus tilida V.V.Bartold tomonidan 
1900 yili nashr qilingan. 
Kitobning Wzbekistonga aloqador qismi A.K.Arends tomonidan ruschaga 
qilingan tarjimasi 1991 yili L.M.Epifanova tomonidan nashrga tayёrlanib 
Toshkentda chop etildi.       
 
8.3.9. “Kitob al-qand fi tarixi Samarqand” 
“Kitob al-qand fi tarixi Samarqand” (“Samarqand tarixi h’aqida qand kitob”) 
nomli asar muallifi yirik tarixchi, tilshunos va faqih’ Najmuddin Abu Hifs Umar 
ibn Muh’ammad ibn Ah’mad ibn Luqmon an-Nasafiy (1068-1142)dir. U 
musulmon qonunshunosligiga oid “Manzumot an-Nasafiya fi-l-xulofiёt” 
(“Kelishmovchiliklar h’aqida Nasafiyning sheriy asari”), “Aqoid an-Nasafiy” 
(“(İslom) aqidalariga an-Nasafiy sharh’i”) shariat ywl-ywriqlari va  “Quroni 
karim” sharh’iga bag’ishlangan “Al-yavoqit fi-l-mavoqit” (“Qulay vaqtlar xususida 
ёqutlar”), “Zallat al-qoriy” (“Qorilarning xatolari h’aqida”) va tasavvuf xususida 
“Risolai Najmiya” kabi bir necha kitoblar yaratgan. 
 
Nasafiyning tarix fani uchun eng muh’im “Kitob al-qand fi tarixi 
Samarqand” asaridir. Uning yana bir nomi “Kitob al-qand fi marifati ulamoi 
Samarqand” (“Samarqand olimlarini tanish borasida qand kitobi”) h’am 
mashh’urdir. Ushbu asarda Wzbekistonning islomgacha bwlgan tarixi, uning arab 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə