78
istilochilari
tomonidan bosib olinishi, Samarqandning diqqatga sazovor osori
atiqalari h’aqida malumot keltirilgan.
“Kitob al-qand fi tarixi Samarqand”ning arabcha asl nusxasi bizgacha etib
kelmagan. Nasafiyning shogirdi Abulfazl Muh’ammad ibn Abdujalil ibn
Abdumalik ibn Haydar as-Samarqandiy (XII asr) ushbu asarning qisqartirilgan
forscha tah’ririni yaratgan. V.V.Bartoldning fikricha (Asarlar, VIII jild,- M.: 1973,
257 bet) Abulfazl Muh’ammad as-Samarqandiy asarning forscha tah’ririga
Abulfazl Muh’ammad as-Samarqandiy al-İdrisiyning (1015 yili vafot etgan)
“Kitob komil al-marifat ar-rijol” (“Mashh’ur kishilarni tanish h’aqida mukammal
kitob”) nomli asaridan am ayrim parchalarni olib kiritgan.
“Kitob al-qand fi tarixi Samarqand”ning XV
asr oxiri XVI asr boshlarida
Said Ah’mad ibn Mir Vali qalamiga mansub forscha tah’riri h’am bor. “Qandiyayi
xurd” (“Kichik qandiya”) nomi bilan mashh’ur bwlgan bu asarning qwlёzma
nusxalari Sankt-Peterburg, Toshkent va Dushanbe shah’arlarida h’amda
Germaniya, Hindiston va Saudiya Arabistoni kutubxonalarida saqlanmoqda.
“Qandiyayi xurd” bir necha marta toshbosma usulida Samarqand (1909 y.),
Toshkent va Teh’ronda (1955 y.) chop etilgan; bir qismi V.L.Vyatkin (1869-1932
yy.) tarafidan rus tiliga tarjima qilingan va 1906 yili nashr etilgan.
8.3.10. “Tarixi Muborakshoh’”
“Tarixi Muborakshoh’” (“Muborakshoh’ tarixi”) asarining muallifi
Faxriddin Muborakshoh’ Mavarrudiy bwlib, u XII asrning ikkinchi yarmi va X111
asrning boshlarida yashagan yirik tarixchi olimdir. Tarixchining twla ismi
Faxriddin Muborakshoh’ ёki Faxri mudir nomi bilan mashh’ur bwlgan ekan.
Faxriddin Muborakshoh’ wz asarining debochasida, shuningdek, İbn
Al-Asir
va “Haft iqlim” muallifining keltirgan malumotlarga qaraganda, otasi h’am, wzi
h’am G’uriylardan
25
Shah’obiddin (ёki Muizziddin) Muh’ammad (1173-1206)
h’amda G’iёsuddin Mah’mud (1206-1212) saroyida xizmat qilgan va wz
zamonasining keng malumotli kishilaridan h’isoblangan.
Faxriddin Muborakshoh’ 1206 yili wzining mashh’ur “Tarixi
Muborakshoh’” asarini ёzib tamomladi va Loh’urda G’iёsuddin Mah’mudga
taqdim etib, uning etiborini qozongan. Asar, muallifning swzlariga qaraganda, 13
yil ichida tamomlangan.
“Tarixi Muborakshoh’” asari 136 qism (shajara)dan iborat bwlib, unda
Muh’ammad pag’ambar, xulafoyi Roshidin (Abubakr, Umar, Usmon, Ali),
ansorlar
26
, muh’ojir sah’obalar
27
, G’assaniylar, yani Suriya h’ukmdorlari, Yaman
podshoh’lari, joh’iliyat zamonida, yani islomiyatdan avval wtgan shoirlar,
sah’oyuadar
orasidan chiqqan shoirlar, Ajam podshoh’lari (Peshdodiylar,
Kaёniylar, Ashkoniylar, Sosoniylar), Umaviylar, Abbosiylar, Toh’iriylar,
Safforiylar, Somoniylar, G’aznaviylar va nih’oyat G’uriylar tarixi baёn etilgan.
25
Ғурийлар – 1000-1215 йиллари Хуросоннинг шарқий қисми, Афғонистон ва Шимолий Ҳиндистонда
ҳукмронлик қилган сулола.
26
Ансорлар – ёрдамчи, сафдош; Муҳаммад пайғамбар 622 йили Маккадан Мадинага кўчиб кетишга мажбур
бўлганида уни қўллаб қувватлаган Авс ва Ҳазраж қабилаларининг аъзолари.
27
Саҳоба - ҳамроҳлар, дўстлар. Муҳаммад пайғамбарнинг ҳамроҳлари, яқин дўстлари.
79
Ushbu asarning biz uchun qimmati shundaki, unda Turkistonning sarh’adlari
va Turkistonda ishlab
chiqaraladigan mol va matolar, ularning h’orijiy
mamlakatlarda etibor qlzongan navlari, turk qabilalari va urug’lari, ularning tili va
madaniyati, ёzuvlari, urf-odatlari h’aqida boy daliliy malumotlar keltirilgan.
“Tarixi Muborakshoh’” asarining yagona mwtabar qwlёzmasi Angliyaning
Oksford shah’ridagi Bodli kutubxonasida saqlanmoqda. Kitobning G’uriylar va
turkiy xalqlar tarixiga oid qismi matnini ingliz sharqshunosi Denison Ross 1927
yili chop qilgan.
8.3.11. “Tarixi Masudiy”
Ananaviy tarixiy asarlardan yaqqol ajralib turadigan “Tarixi Masudiy”
(“Masud tarixi”) asarning muallifi Abulfazl Muh’ammad ibn al-Husayn al-kotib
al-Bayh’aqiydir (995-1077). U Nishopur viloyatiga qarashli Harisobod qishlog’ida
badavlat mansabdor oilada tug’ilgan, asosan Nishopur shah’rida talim olib,
balog’atga etgan.
Abulfazl Bayh’aqiy taxminan 1021 yili G’aznaviylar davlatining devoni
rasoili - xorijiy mamlakatlar bilan aloqa yurituvchi mah’kamaga dabirlik
mansabiga qabul qilindi va vazir Abu Nasr Mishkon rah’barligida 19
yil ysha
mansabda xizmat qildi. Abu Nasr Mishkon vafotidan swng 1039 yili Abulfazl
Bayh’aqiy uning wrniga devon boshlig’i etib tayinlandi. 1041 yili Sulton Masud
wldirilgandan swng u saroy xizmatidan chetlatildi va faqat Sulton Abdurashid
1050 yili h’okimiyat tepasiga kelgach, yana wz wrniga tiklandi. Abulfazl
Bayh’aqiy bu lavozimda 1059 yilgacha, yani Sulton Farruh’zod (1053-1059 yy.)
saltanatining oxirigacha
davlat xizmatida bwldi, keyin istefoga chiqib, ilmiy ish
bilan mashg’ul bwldi. U 1077 yili vafot etgan.
Abulfazl Bayh’aqiy “Ziynat ul-kitob” (“Kitoblar ziynati”), “Tarixi oli
Mah’mud” (“Mah’mud xonadonining tarixi”) ёki “Jomi fi tarixi oli Sabuqtegin”
(“Sabuktegin xonadoni tarixidan h’ikoyalar majmuasi”) nomli asarlari bilan
mashh’ur. “Tarixi Bayh’aq” (“Bayh’aq (viloyati) tarixi”) asar muallifi Abulh’asan
Ali Bayh’aqiy, XII asrning ikkinchi yarmida wtgan va kwpincha ibn Funduq nomi
bilan mashh’ur bwlgan olimning maoumotiga qaraganda, Abulfazl Bayh’aqiyning
“Tarixi oli Mah’mud” asari wttiz jilddan iborat bwlgan. Lekin bu ulkan asarning
faqat oltinchi jildining ikkinchi qismi, 7, 8, 9 jildlari h’amda 10-jildining
bir qismi
etib kelgan, xalos. Bu qismlar Sulton Masud (1030-1041 yy.) davri tarixini wz
ichiga oladi va “Tarixi Masudiy” nomi bilan malum va mashh’ur.
“Tarixi Masudiy” asarida boshqa tarixiy kitoblardan farqli muallif wzi
kwrgan va ishonchli kishidardan aniqlagan malumotlarni, shuningdek, h’ukumat
mah’kamalarida saqlangan rasmiy h’ujjatlar asosida h’amda maishiy tafsilotlarga
h’am aloh’ida etibor berilgan.
Bu xususiyat asarning daliliy malumotlarga boyligi,
voqealarning keng va
atroflicha baёn etilishi va nih’oyati zwr badiiy mah’orat bilan ёzilganligi, uning
boshqa tarixiy asarlardan aloh’ida ajratib turadi.
Kitobda asosan Sulton Masud davri G’aznaviylar saltanati ixtimoiy-siёsiy
ah’voliga keng wrin berilgan. Bundan tashqari, asarda Safforiylar, Somoniylar,
Saljuqiylar tarixiga oid muh’im malumotlar h’am bor. Ayniqsa, G’aznaviylar bilan