Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/109
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55348
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   109

 
58
“Kitob ul-masolik va-l-mamolik” asarining arabcha matni ikki marta M.Ya. 
de Gue (1878) h’amda Kramers tarafidan (1938-1939) chop etilgan. Kramers 
nashri (u 1086 yili kwchirilgan va h’ozir İstambul kutubxonalaridan birida 
saqlanaёtgan mwtabar qwlёzmaga asoslangan) birmuncha nashr sifatida 
qadrlanadi.  
 
7.3.16.”Ah’san at-taqosim” 
”Ah’san at-taqosim” ёki “Ah’san at-taqosim fi marifat al-aqolim” 
(“İqlimlarni wrganishuchun eng yaxshi qwllanma”) nomli asar muallifi X asrning 
yirik geograf olimi al-Muqaddasiydir. Uning twliq ismi Abu Abdulloh’ 
Muh’ammad ibn Ah’mad ibn Abubakr al-Muqaddasiydir. Olim 947 yili Quddisi 
sharifda tug’ilgan, butun dunё musulmon mamlakatlari bwylab saёh’at qilgan va 
1000 yili vafot etgan.  
Al-Muqaddasiy saёh’at vaqtida twplagan h’amda boshqa manbalardan 
olingan aniq malumotlar asosida 985 yili wzining qimmatli asarini ёzib qoldirgan. 
Kitobning ikkita tah’riri mavjud. Birinchi tah’riri 986 yilda amalga oshirilgan 
bwlib Somoniylarga, 989 yilgi ikkinchisi esa Fotimiylarga bag’ishlangan. 
Asar muqaddima va ikki qismdan iborat. Muqaddimada muallif asarning 
ёzilish tartibini baёn etgan va wzidan avval wtgan geograf olimlarning asarlariga 
twxtalib wtgan. 
Birinchi qismda arab mamlakatlari, Arabiston yarim orolida joylashgan 
mamlakatlar İroq, Mesopotamiya, Suriya, Misr, Mag’rib h’amda Kichik Osiёning 
geografik h’olati, mashh’ur shah’arlari, osori atiqalari, ah’olisi va uning 
mashg’uloti, etiqodi h’amda urf-odatlari, ah’olidan twplanadigan soliq va jarimalar 
va ularning umumiy h’ajmi, shuningdek, h’ar bir mamlakat va viloyatning 
mamuriy tuzulishi h’amda mashh’ur kishilari h’aqida malumot berilgan. 
İkkinchi qismda Ajam mamlakatlari Xuroson, Seiston va Movarounnah’r 
tavsiflangan.   
”Ah’san at-taqosim” ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy h’amda madaniy h’aёtga oid 
qimmatli aniq malumotlari bilan blshqa geografik asarlardan ajralib turadi va arab 
mamlakatlari, shuningdek, Wzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy h’amda siёsiy 
tarixini wrganishda muim manba bwladi. 
Asarning arabcha matni de Gue tomnidan 1877 yili chop etilgan edi. U yana 
1906 va 1967 yillari nashr etildi. 
 
7.3.18.”Tarixi Yaminiy” 
”Tarixi Yaminiy”
17
 (“Yamin ud-davla tarixi”) asarining ijodkori Utbiydir. 
Uning h’aqiqiy ismi Abu Nasr Muh’ammad ibn Abdujabbor Utbiy (taxm.961-1077 
ёki 1036 yy.) bwlib, asli Eronning Ray shah’ridan. Olimning xonadoni badavlat va 
nufuzli zodagonlardan bwlib, uning tog’alari Somoniylarning vaziri sifatida xizmat 
qilishgan. 
                                                 
17
 Ямин (араб) - ўнг қўл, Султон Маҳмудга Бағдод халифаси ал-Қодир (991-1031 йй.) томонидан берилган 
лақаб, фахрий ном.
 


 
59
Abu Nasr Muh’ammad Utbiy h’am yuqori davlat lavozimlarida turgan, 
Somoniylarning Xurosondagi noibi Abu Ali ibn Simjur (989-998 yy.), swngra 
Ziёriylardan
18
 Shams ul-Maoliy Qobus ibn Vushmagir (998-1030 yy.)ning shaxsiy 
kotibi, keyinchalik G’aznaviylardan
19
 Sabuktakin (977-997 yy.), Sulton Mah’mud 
(998-1030 yy.) h’amda Sulton Masud (1031-1041 yy.) saroyida xizmat qilgan. 
Masalan, Utbiy Sulton Mah’mudning elchisi sifatida (999 y.) Garchistonga
20
 
borgan, keyin Ganj rustakda
21
 soh’ib barid bwlib ishlagan va 1023 yili Sulton 
Mah’mudning amri bilan xizmatdan chetlatilgan. 
Manbalarda, xususan as-Saolibiy tazkirasida aytilishicha, al-Utbiy bir nechta 
yirik asar ёzgan. Lekin ulardan faqat bittasi ”Tarixi Yaminiy” nomli tarixiy asari 
saqlanib qolgan, xalos. Uning yana “Latoif al-kuttob” (“Kotiblarning latif swzlari”) 
nomli bwlib, u bizgacha etib kelmagan
22
.  
”Tarixi Yaminiy” amir Sabuktakin h’amda Sulton Mah’mud zamonida 
G’aznaviylar imperiyasi tarkibiga kirgan Afg’oniston, Xuroson, Xorazm va qisman 
Movarounnah’rning 975-1021 yillardagi ijtimoiy-isёsiy tarixini baёn etadi. Asarda 
Qoraxoniylarning Movarounnah’rni bosib olishi (992-996 yy.) h’aqida keltirilgan 
malumotlar benih’oyat qimmatlidir. 
Asar wrta asr tarixshunosligiga xos og’ir saj – nasriy qofiyali uslubda 
ёzilgan. Unda h’ukmron sinfning maqsad va manfaatlari h’imoya qilinadi, xususan 
Sulton Mah’mud va uning yaqinlari kwklarga kwtarib maqtaladi. Shuning bilan 
birga, tarixchi uzluksiz davom etgan urushlar, zulm, turli-tuman soliq va jarimalar 
tufayli xonavayron bwlgan meh’natkash xalqning og’ir turmushiga h’am ayrim 
wrinlarda kwz tashlab wtadi. 
   ”Tarixi  Yaminiy”  asarining  arabcha matni 1874 yili Deh’li, 1874 yili 
Buloq va 1883 yili Loh’ur shah’arlarida chop etilgan. Undan ayrim parchalar 
K.Shefer, T.Nёldeke, G.Elliot va N.Douson tomonidan frantsuz, nemis va ingliz 
tillariga tarjima qilingan. Kitobning forscha tarjimalari bwlib, eng durusti Abu 
Sharif Nosih’ al-Jorbozaqoniy qalamiga mansub. Bu tarjima Eronda 1856, 1956 va 
1966 yillari chop etilgan. Asarni Londonda 1858 yili Reynolds ingliz tiliga tarjima 
qilgan.  
 
7.3.19.”Yatimat ad-dah’r” 
”Yatimat ad-dah’r” ёki ”Yatimat ad-dah’r fi mah’osin ah’l ul-asr” (“Asr 
ah’lining fozillari h’aqida zamonining durdonasi”) nomli tazkirani wz davrining 
yirik olimi va shoiri Abu Mansur Abdulmalik ibn Muh’ammad ibn İsmoil as-
Saolibiy yaratgan. U 961 yili Nishopurda tug’ilgan, ilm-fanning turli soh’alari 
tarix, adabiёt, mantiq, arab tili va boshqalarni yaxshi bilgan, asosan tulki terisidan 
pwstin tikib sotish bilan shug’ullangan va as-Saolibiy degan nom bilan mashh’ur 
                                                 
18
 Зиёрийлар – 927-тахминан 1090 йилларда Эроннинг Табаристон ҳамда Журжон вилоятларида ҳукмронлик 
қилган сулола.
 
19
  Ғазнавийлар – Хуросон,  Афғонистон  ва  Шимолий  Ҳиндистон  устидан 977-1186 йиллари  ҳукмронлик 
қилган сулола.
 
20
 Гарчистон – Мурғоб дарёсининг юқори оқимида жойлашган тарихий вилоят. Жанубда Ғазни, шимолда 
Марварруд, шарқда Ғур ва ғарбда Бодҳиз, Ҳирот вилояти билан туташ.
 
21
 Ганж рустак – Бодҳизнинг шарқий қисмида жойлашган вилоят.
 
22
 Ас-Саолибий. Ятимат ад-даҳр. Араб тилидан И.Абдуллаев таржимаси.-Тошкент: 1976.-95 бет.
 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə