Allohning izni bilan
Shunga o’xshash hayollar bilan o’tgan yillarimga nazar tashlar ekanman, xonamning
eshigi g’ichirladi. Tushimmi yo o’ngimmi? Eshik tomonga o’girildim. Ikkita ayol, oppoq,
top-toza libosda. O’rangan. Boshlari ustida o’zgacha nur. Yuz – ko’zlaridagi nurlar
ichimga kirib, iliqlik paydo bo’ldi. Ko’z-ko’zga to’qnashdi. Shunchalar muloyim, mehribon
boqishlari, tabassumlari borki, go’yo atrofni o’zlariga rom etishdi, meni o’sha sirli olamga
tortishdi. Bular kim? Hamshiralar emas, Hamshiralarning boshlari ochiq, bo’ylari kichik,
ular unchalik yoqimli ham emas. Tunning bu paytida meni kim ham yo’qlardi. Bu nurli
chehralarning, umuman, boshqacha ta’sir kuchini sezdim. Xona ularning ajib nuriga
to’ldi. Ular quloqlarimni, miyamni, butun vujudimni chulg’agan, ta’sirlantirgan bir
ohangda:
-Alloh shifo bersin, qizim, -dedi o’ng tomondagi ayol. Ikkinchisi esa qo’llari oldinda,
bog’li, go’yoki “tayorlan” degandek qarab turardi. Men rahmat deya olmadim. Chunki
karaxt bo’lib qolgandim. Yuzlariga hayajon, qiziqish bilan titrab qarab turardim. Shu
qadar hayajonda edimki, yuragimning otashi ko’ksimni kudirar, go’yo parcha-parcha
bo’lib ketgudek edi.
-Siz kimsiz, nima istaysiz mendan, -deya so’ramoqchi edim, mendan oldin ayol gap
boshladi.
-Bizlar Allohning izni va Payg’ambarimizning sav amri ila nochor qolgan, yordamga
muhtoj va yordamga munosib bo’lgan musulmonlarga ko’maklashamiz.
So’zlari shunchalik ta’sirli va muloyim ediki, har bir so’zi menga xush yoqar, ichimni
kuydirardi. Bir zumda bu so’zlar minglarcha, milyonlarcha aks-sado bera boshladi.
“Allohning izni va Payg’mabarimizning amri ila nochor, yordamga muhtoj va yordamga
munosib musulmonlarga ko’maklashamiz”.
Qandaydir umid paydo bo’ldi:demak, meni Alloh va Payg’ambar nazardan chetda
qoldirmadi, yordamga loyiq inson ekanman, shundaymi? Bu juda muhim. Balki so’nggi
najot yo’li…Men shularni o’ylarkanman, kelgan ayollar fikrlarimni o’qirdilar.
-Alloh hamma narsani ko’rguvchi, bilguvchi va ko’mak berguvchidir. Payg’ambarimiz
esa, ummatlarida boxabar, nochor qolganlar ko’mak uchun shoshilguvchidir. Olamning
ajoyib tartibi Allohnung ilmi va qudratidandir. Son-sanoqsiz ne’matlar esa, Allohning
qullariga ikromidir. Alloh qullarini O’zini tanishi va qullik vazifasini ado etishlari uchun
Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul
Dostları ilə paylaş: |