www.ziyouz.com
kutubxonasi
35
bo’limdagi pokiza yuzli, dindor assistant esimga tushdi. U har gal xonamga kirganida
menga dalda berar, Allohga ishonishni va sabrli bo’lishni uqtirardi. Hatto bir kuni
qo’limda “O’zimni topdim” kitobingizni ko’rib:
-Men ham o’qidim. Juda yaxshi foyda oalsan, -degandi. Ha, bu masalada shu assistent
yordam bera oladi. Uni topib, hamma narsani tushuntirishim va yordam so’rashim lozim.
Ertalab birinchi qilgan ishim uni topish bo’ldi. Unga hamma narsani tushuntirdim.
Farishtadek bir o’spirin. Meni ko’zyoshlari ila tingladi. Menga yordam berishini so’rab
yolvordim.
-Xavotirlanman, -dedi. Hammasi yaxshi bo’ladi. Men senga yordam beraman.
Bir necha soatdan keyin muloyim, go’zal, mehribon va xushhulq bir qiz bilan kirib keldi.
-Senga unashtirilgan qizimni tanishtirmoqchiman va u sen istagan masalada
yordamlashadi, -dedi
Allohning ishlarini qarang, u ham huquqshunoslikda o’qir ekan. Xuddi ruhiyatshunosga
o’xshaydi. Juda ilg’or, juda ko’ngilga yaqin. Ko’rganlarimni unga ham tushuntirdim. Meni
quchoqlab, yig’lay boshladi.
-Sen gunohlaringni o’ylab, umidsizlikka tushma, -dedi u menga. Bular qanday yaxshu
mujdalar. Bizlar ibodatlarimizni, qulligimizni oqsatmaganimiz holda bunday lutfu ikromga
munosib bo’lolmadik. Allohning cheksiz marhamati, shafqati va sevgisi seni panohiga
olsin. Seni qutlayman. Hatto havasim kelyapti, senga hasad qilyapman
Shunday shirin so’zlar, go’zal harakatlar bilan meni umidlantirar, e’zozlar edi. Qo’llaridan
tutdim. Balki yoshi mendan kichikdir, bilmadim. Hech qisi yo’q. Menga yordam berishni
so’radim.
-Mening vaqtim oz, -dedim. Umrimni bir necha kunga sig’dirishim kerak. Menga yordam
ber. Qayerdan, qanday boshlay?
-Sen hafa bo’lma, shoshilma, -dedi. Endi sen bilan birgaman. Avval namozdan
boshlaymiz, keyin kitob o’qiymiz, suhbatlashamiz, kamchilikarimizni tuzatishga harakat
qilamiz.
-Xo’p, -dedim. Men bularni qilishim kerak Hali aqlim, qalbim so’roqlarga, shubhalarga
to’la, bulardan qutulishim, iymonli bo’lishni xohlayman.
-Qo’rqma, -dedi. Hammasi joyida bo’ladi…
Dostları ilə paylaş: |