Microsoft Word Алламбергенов А. doc



Yüklə 230,38 Kb.
səhifə20/21
tarix31.03.2022
ölçüsü230,38 Kb.
#84898
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
ANORDOSHLAR OILASINING BIOLOGIK

Xulosa


O`zbekiston aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta`minlash iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lib, qishloq xo`jaligida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bilan uzviy bog`liqdir. Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sanoatini rivojlanishida qishloq xo`jaligida etishtirilayotgan mahsulotlarning sifati va hajmi muhim ahamiyatga ega. Chunki, qayta ishlash sanoatini birinchi galda mahsulot bilan ta`minlash yaxshi darajada bo`lishi lozim. Buning uchun qishloq xo`jaligida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati va hajmini oshirib borish darkor.

Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida qayta ishlashlangan mahsulot ichki bozorni to’ldirishi, joylarda yangi ish o’rinlarini yaratishda, el dasturxoniga ozuqaviy qimmatga ega bo’lishi bilan birga shifobaxsh xususiyatlarga ega bo’lgan mahsulotlar bilan ta’minlashda mazkur ishning foydasi bo’ladi, deb o’ylayman. Ishlab chiqaruvchiga yaxshi daromad keltiradigan turli assortimentli, masalan, anor sharbati va konsentratlari iste’molchining talabini yil mobaynida qondirishga xizmat qiladi.

Ma`lumki, bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi bo`yicha jami 4,3 mln gektar sug`oriladigan maydonlarda qishloq xo`jaligi ekinlari etishtiriladi. Respublikamizda er va suv resurslarini cheklangan, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan talabi esa yuqori. Oziq-ovqat sanoatini salomatlik uchun muhim bo’lgan turli shifobaxsh, parhez mahsulotlar bilan to’ldirib borish hamda bu borada amaliy takliflar tayyorlash bugunning dolzarb muammolaridan biri bo`lib qolmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda iste`mol bozorini mamlakatimizda ishlab chiqariladigan sifatli mahsulotlar bilan to`ldirish iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo`nalishlaridan biri hisoblanadi.



Olib borilgan ilmiy izlanishlar asosida quyidagi xulosalarga kelindi:

  1. Anor (Punica granatum L.) anordoshlar oilasiga kiruvchi, bo`yi 5 m gacha boradigan buta. U subtropik o`simlik bo`lib, O`zbekistonda uning 40 dan ortiq navi bor.

  2. Anorning po`stidan tayyorlangan sharbat oshqozon va ichak

shamollashida, zotiljamni davolashda ishlatiladi. Mevasi turli kasalliklarni, ishtaha ochish, sariq, qichima, tish tushishi va yurak ish faoliyatini yaxshilashda hamda davolashda qo`llaniladi.

  1. Uning bargi va meva po`sti choy o`rnida ichiladi. Anor tarkibida 4% limon kislota, 21% qand, 20-30% tanid, oz miqdorda kraxmal, yog`, sariq bo’yoq moddasi, mineral tuzlar, 0,2-3,5 % psevdopelterin va pelterin alkaloidlari hamda provitamin A, 0,114 mg/% B1, 0,044 mg/% B 2, 0,319 mg/% PP, 0,88 mg/% E, 39105,6 mg/% C vitamini va 1,02 mg/% karotin bo`ladi.

  2. Salomatlik uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan anorni O`zbekiston va Qoraqalpog’iston sharoitida ko`paytirish lozim va anorzorlarni barpo etish darkor. Qishda anor tuproqqa ko`miladi (oktyabr oxiridan boshlab) va mart oylarining boshidan boshlab ochiladi.

  3. Anorning «qozoqi anor», «Achchiq donak», «Oq danak», «Desertniy», «qizil anor», «Qaim anor», «Bedana» singari navlarini ekib, mo`l hosil olish mumkin. Anorning eski shoxlari har 10-15 yilda qirqib tashlanadi va yashartilib boriladi.

  4. Anor mevasi 150-200 grammdan 1-1,2 kg ga cha (ul’fi) bo’ladi. O’sish davri 180-225 kun, gullashi 50-75 kun, mevasining o’sish va etilishi 120-160 kun davom etadi. Mevasi uzib olingandan keyin ular to’liq pishadi, meva tarkibidagi kislotalar kamayadi. Anor mevasi o’z vaqtida uzib olinmasa, unda yorilib ketadi. Anorning mo’l hosildor navlari «Oq danak», uning mevasi 300-350 gramm, «Achchiq danak» da 300-400 grammga cha etadi.

  5. Konserva korxonalarida anor sharbati maxsus texnologiya va uskunalar yordamida olinadi. Oz miqdorda anor sharbatini to’g’ridan to’g’ri xo’jaliklarda oddiy uskunalardan foydalanib tayyorlash mumkin. Sharbat tayyorlashda etilgan, butun yoki yorilgan mevalar ishlatiladi. Olingan mevalar umumiy ifloslanish qoldiqlarini yo’qotish uchun yaxshilab yuviladi.

  6. Meva sharbati – meva va sabzavotlardan olinadigan shirin suyuqlik, meva suvidir. Asosan, olma, uzum, shaftoli, olxo’ri, o’rik, anor, sabzi va boshqalardan olinadi.

  7. Meva sharbatining 2 xili: tiniq va meva eti bilan tayyorlanadigan turlari ishlab chiqariladi. Eti bilan tayyorlanadigan meva sharbatiga o’rik, shaftoli, olxo’ri va boshqa sharbatlar kiradi.

  8. Sanoatda 2 yoki bir necha xil meva-sabzavotlar sharbatlari aralashmasidan iborat bo’lgan omixta (aralash) sharbatlar ham ishlab chiqariladi. Meva sharbatining tabiiy (qand qo’shilmagan) va 5-15% qand qo’shilgan xillari

bor.

  1. Meva sharbatida meva va sabzavotlar tarkibidagi barcha foydali oziq moddalar (qand, organik moddalar, kislotalar, vitaminlar, mineral tuzlar, pektin, klechatka va xushbo’y moddalar) bo’lib, ta’mi saqlanadi. Meva sharbati tarkibida 515% qand, 0,3-3,0% organik kislotalar, turli vitaminlar, mineral tuzlar va boshqa moddalar bor. Meva sharbati chanqovbosdi spirtsiz ichimliklar, sirop (shirin suv), likyor va boshqalar tayyorlash uchun ishlatiladi.

  2. Anor donachalaridan etsiz sharbat tayyorlanadi. Sharbat turli tuzilishdagi presslarda olinadi. Eng ko’p tarqalgan mexanik yoki gidravlik harakatni yuzaga keltiruvchi vintli yoki shnekli presslardir.

  3. Tabiiy sharbatlarning inson salomatligi uchun foydali jihatlari ko`p. Ammo ular ichida yangi siqib olingan anor sharbati o`zining ancha shifobaxsh ekani bilan boshqalaridan ajralib turadi.



Yüklə 230,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə