Microsoft Word Алламбергенов А. doc


Anor sharbatining ahamiyati bo’yicha foydali maslahatlar



Yüklə 230,38 Kb.
səhifə19/21
tarix31.03.2022
ölçüsü230,38 Kb.
#84898
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
ANORDOSHLAR OILASINING BIOLOGIK

3.3. Anor sharbatining ahamiyati bo’yicha foydali maslahatlar


Shunday qilib, anor dasturxonimizga boshqacha ko’rk bag’ishlashi bilan birga, ko’plab xastaliklarga davo bo’luvchi tabiat ehsonidir. Uning shifobaxsh xususiyatlari qadim zamonlardayoq malum bo’lgan.

Chunonchi, ko’hna Rim va Yunon tabobatida nordon anor bezgak xurujiga taskin beruvchi, meda yallig’lanishida naf keltiruvchi omil sifatida qo’llanilgan. Abu Ali ibn Sino anorning xosiyatlari haqida to’xtalib, nordoni safroni bosishi, chiqindilarning ichki a’zolarga oqishini to’xtatishi, po’sti, ayniqsa, kuydirilgani jarohatlar uchun dori bo’lishi, urug’i asal bilan birga tish og’rig’i va quloq og’rig’iga foyda keltirishini alohida ta’kidlagan.

Bulardan tashqari, anor po’sti qon tupurganda, milkdan qon oqqanida yaxshi samara bersa, uning qaynatmasi gijjalarni haydash xususiyatiga egadir. Anor issiqlanishdan kelib chiqadigan ko’krak og’rig’i, iztirobli yo’talni to’xtatib, tinim bag’ishlaydi, taloq kasalliklari, yurakning bejo urishida ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Odamning tovushini tozalab, ravon qiladi, tanani semirtiradi. Ovqatning oson hazm bo’lishiga yordam beradi. Shuningdek, yuz terisini tiniqlashtiradi. Xalq tabobatida anor po’stlog’i, mevasi, meva po’sti va guli istisqo (vodyanka), qo’tir, yo’tal, ichburug’, sariq kasalliklariga davo sifatida qo’llaniladi. Anor sharbati esa zangila (lavsha) kasalligiga davo bo’ladi.

Zamonaviy tibbiyotda anor mevasi va uning sharbati ishtaha ochuvchi, og’ir xastaliklarni boshidan kechirgan kishilarga darmon bag’ishlovchi vosita sifatida tavsiya etiladi.

İldizining po’stlog’idan tayyorlangan ekstrakt, po’stlog’i tarkibidagi pelterinning tanin va sulfat kislotasi bilan umumlashmasi lentasimon gijjalarni tushirishda qo’l keladi. Meva po’stining qaynatmasi dizenteriya kasalini davolashda yaxshi natija beradi.

Uy sharoitida anor po’stlog’idan qaynatma tayyorlash uchun og’zi yopiladigan chinni yoki sirlangan idishga 200 gramm suv va bir choy qoshiq maydalangan meva po’sti solinib, 15 daqiqa davomida qaynatiladi. Qaynatma 2 soat davomida tindirib qo’yilgach, suzib olinadi. Undan kuniga ovqatdan oldin uch marta bir osh qoshiqdan ichiladi.

Bundan tashqari, anorning foydasi haqida birqancha tavsiyalar bor:



  1. Anor po`stidan qaynatma tayyorlash uchun og`zi yopiladigan chinni, sirlangan yoki haroratga chidamli idishga bir stakan miqdorda (200 gramm) suv quyib, ustiga maydalangan meva po`stidan bir choy qoshiq solib, 10-15 daqiqa davomida past olovda qaynatiladi. Dori hajmini 200 grammga etkazish uchun biroz qaynab turgan suv qo`shiladi. Keyin 2 soat davomida tindirilib, suzib olinadi. Qaynatmadan kuniga uch mahal bir oshqoshiqda ovqatdan oldin ichiladi. Undan og`iz bo`shlig`ini chayishda ham foydalanish mumkin.

  2. Shirin anor ildizining po`stidan sharbat tayyorlash uchun uning 20 misqoliga (1 misqol = 4,25 g) 4 kosa suv solib, sopol idishda bir kosa qolguncha qaynatiladi va suziladi. Oldin yarim misqol qand eb, ustidan shu qaynatma ichiladi. Boshqa hech narsa emasdan biroz yurilsa, qovoq urug’iga o’xshagan gijjalarni tushiradi.

  3. Anor, olma, behi, limon, otquloq, oshqovoq, nilufar va kashnich teng miqdorda aralashtirib qaynatiladi. Uning quyuq sharbatiga asal qo`shilib iste`mol qilinsa, safro qusish, ko`ngil behuzur bo`lishi, tinka qurishi kabi xastaliklarga shifo bo`ladi.

  4. Anorning urug`i asal bilan birga tishga, burunga surtilsa foydasi katta bo’ladi.

  5. Anorning hamma turlari xafaqonga foyda qiladi va shirini ko`ngilni ochadi.

  6. Surunkali qabziyat va bavosir xastaligi bor kishilar anor mevasini iste`mol qilmasliklari lozim.

  7. Anor sharbati ishtaha ochadi, ovqat hazmini osonlashtiradi, tumov, gripp, zotiljam xastaliklarida ijobiy natija berib, haroratning pasayishiga moyillik yaratadi.

  8. Anorni ko`p iste`mol qilish oshqozonni zaiflashtirib, undagi me`yorning buzilishiga sabab bo`ladi.

  9. Nordon anor ko`krak va tomoqni dag`allashtiradi, shirini esa ularni yumshatadi hamda ko`krakka quvvat beradi.

  10. Sariq xastaligida jigarni kuchaytirishda, yurak, taloq kasalliklarini davolashda anorning foydasi juda katta.

  11. Oshqozon-ichak faoliyati buzilganda, kamqonlikda har kuni uch mahal ovqatdan yarim soat oldin yarim stakandan anor sharbati ichilsa, muolaja 2 oydan 4 oygacha davom ettiriladi va 1 oylik tanaffus bilan shu tartibda anor sharbatini iste`mol qilinsa yaxshi natija beradi.

  12. Organizmni tozalash. Buning uchun 3 hafta davomida anor sharbati ichish tavsiya etiladi. Birinchi haftada kuniga yarim stakandan, ikkinchi haftadan esa bir stakandan qabul qilish mumkin.

  13. Harorat ko`tarilganda, tumov va tomoq og`rig`ida anor sharbatiga ozgina asal qo`shib ichilsa, yaxshi natija beradi.

  14. Shishlarni ketkazish va safro haydash xususiyatiga ega bo’lib, kuniga 1/3 stakan sharbat qabul qilish kifoya.

  15. Ishtahasizlikda – ovqatlanishdan 4 soat oldin yarim stakan sharbat ichiladi.

  16. Yurak xastaliklarida 3 oy davomida nonushtadan yarim soat oldin yarim stakan anor sharbati ichish tavsiya etiladi.

  17. Qandli diabetda 1 osh qoshiq asal solingan yarim yoki 2 stakan anor sharbatini kuniga uch mahal ichish mumkin.

Oddiy anor (Granat obıknovennıy) –Punica granatum Anordoshlar — Punicaceae oilasiga mansub bo’lib, bo’yi 1,5-5 m keladigan buta yoki kichik daraxt.

Barglari ellipssimon yoki teskari tuxumsimon, qalin, yaltiroq bo’lib, kalta bandi yordamida poyasi bilan shoxlarida qarama-qarshi joylashgan. Qizil gullari yakkayakka, ba’zan 2-5 tadan bo’lib shoxlariga o’rnashgan. Mevasi – yirik sharsimon, ko’p urug’li sersuv soxta meva.

Urug’lari to’qqizil, och qizil, pushti yoki oq rangli, sersuv, shirin yoki nordon mazali et bilan o’ralgan.Yovvoyi anor Markaziy Osiyoning va Kavkazning quruq subtropik mintaqasida tog’larining toshli qiyaliklarida o’sadi. Markaziy Osiyo, Kavkaz va Qrimda xalq selektsiyasi navlari madaniy holda ko’plab etishtiriladi.

Tibbiyotda ushbu o`simlikning poyasi, shoxi, ildiz po’stlog’i hamda mevasi ishlatiladi. Po’stlog’i tarkibida 0,25% alkaloidlar (pel’terin, izopel’terin va boshqalar), smola, betulin kislotasi, oshlovchi va boshqa moddalar, meva po’stida – 28% gacha oshlovchi modda, ursol kislota, eyiladigan qismidaqandlar, limon, olma kislotalar va C vitamini bor.

Anor po’stlog’i preparatlari (qaynatmasi va pel’terin alkaloidi tuzlari) organizmdan lentasimon gijjalarni haydash uchun, meva po’sti qaynatmasi – ich ketishda va yaralarni davolashda qo’llaniladi. Meva po’stidan tanin, shirasidan limon kislotasi olinadi.

Anorning nordon mevalari tarkibida (shirasida) 9% gacha limon kislotasi borligidan foydalanib, Ibn Sino anor po`sti qaynatmasi bilan qon tupurish, milk qonashi va me’da kasalliklari (ich ketish, qon aralash ich ketish) ni davolagan. Shuningdek, uni yaralarni yuvishda, tishni mustahkamlovchi sifatida og’izni chayish uchun hamda siydik haydovchi vosita sifatida ham qo`llagan.

Xalq tabobatida anor po’stlog’i bilan meva po’stining qaynatmasi, gulining damlamasi, mevasi va uning shirasini istisqo, ich ketishi, dizenteriya, sariq kasalliklarini, qo’tirni davolashda hamda qon oqishini to’xtatishda (qon tupurganda, milkdan qon oqqanda), siydik va gijja haydashda, og’riq qoldirishda ishlatiladi. Tsinga kasalligining oldini olish va davolash, ishtaha ochish uchun anor mevasi shirasini ichish tavsiya etiladi.

Mamlakatimiz hududi juda katta bo`lib, turli iqlimli tumanlarni o`z ichiga oladi. Shuning uchun ham mamlakatimiz o`simliklar dunyosi – florasi turli o`simliklarga boy. Ularning ichida dorivorlari ham ko`p bo`lib, har yili ming tonnalab dorivor o`simliklar mahsuloti tayyorlanadi hamda kasalliklarni davolash va oldini olish uchun ishlatiladi.

Mamlakatimizda yovvoyi holda o`sadigan o`simliklarning tabiiy boyligi har qancha ko`p bo`lmasin, baribir ularni ham chegarasi bor.

Cheksiz miqdorda er yuzida hech qanday boylik bo`lmaganidek, o`simlik dunyosining zahirasi ham cheksiz emas. Shuning uchun ham tabiiy holda o`sadigan o`simlik boyliklaridan to`g`ri foydalanilmasa, bu „cheksiz boyliklar“ bir vaqtlar kelib, er yuzida yo`q bo`lib ketishi mumkin.

Dorivor o`simliklar va tabiiy boyliklarni muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlarida o`z ijobiy aksini topdi. Bu borada 1972 yil dekabr` oyida qabul qilingan „Tabiat muhofazasini kuchaytirish va tabiiy resurslardan foydalanishni yaxshilash to`g`risida“ va 1977 yilda Sobiq Ittifoq Oliy Kengashi tomonidan qabul qilingan „O`rmonlar muhofazasini va o`rmon resurslaridan foydalanishni bundan keyin yaxshilash choralari to`g`risida“gi qarori va boshqa qarorlari diqqatga sazovordir.

Ma`lumki, hamdo`stlik mamlakatlarining hududini o`ndan bir qismini o`rmonlar tashkil qiladi. Ular ichida juda ko`p miqdorda turli dorivor o`simliklar o`sadi. Shuning uchun ham o`rmonlarni muhofaza qilish ularda yovvoyi holda o`sadigan dorivor o`simliklarni muhofaza qilish muhim ahamiyatga ega.

Tabiatni, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy boyliklardan (o`rmon, suv va suv boyliklari, er osti boyliklari va boshqalar) to`g`ri va oqilona foydalangan holda, ularni kelgusi avlodlar uchun saqlab qolish zarurligi bizning asosiy qonunimiz - Respublika Konstitutsiyasida o`z aksini topgan.

Akademiklar E.M.Lavrenko va A.L.Taxtadjyanlar tashabbusi bilan tuzilgan „Qizil kitob“ning yo`qolib ketgan va yo`qolib ketish xavfi bo`lgan o`simliklarni, jumladan dorivor o`simliklarni tabiiy o`sish sharoitida saqlab qolishda, ya`ni ularni muhofaza qilishda ahamiyati juda kattadir. „Qizil kitob“da yo`qolib ketgan va yo`qolib ketish xavfi bo`lgan o`simliklarni faqat ro`yxati keltirilgan bo`lmay, kitobda shu o`simliklarni tabiiy o`sish sharoitida saqlab qolish va tiklash qanday choralar ko`rish lozimligi hamda yo`qolib ketish sabablari keltirilgan.

Sobiq Ittifoq „Qizil kitob“iga 444 ta, O`zbekiston „Qizil kitob“iga 163 ta o`simlik, shu jumladan 20 tadan oshiq dorivor o`simliklar kiritilgan. Ularning xomashyosini turli maqsadlar uchun yig`ish qat`iy man etiladi. Shuning uchun zarur bo`lsa ularni plantatsiyalarda o`stirish talab etiladi.

O`zbekiston dorivor o`simliklaridan quyidagilar “Qizil kitob”ga kirgan:



  1. Anjir (yovvoyi holda o`sadigani).

  2. Anor (yovvoyi holda o`sadigani).

  3. Bozulbang.

  4. Viktor qoraqabug`i.

  5. etmak.

  6. Solab turlari.

  7. Tilla rang adonis va boshqalar.

Ma`lumki hududlarda o`sadigan o`simlik va yashaydigan hayvonlarni tabiiy sharoitda saqlab qolish uchun qo`riqxonalar tashkil qilishni ahamiyati kattadir.

Dorivor o`simliklarni tabiatdagi zaxirasini saqlab qolish va har yili ulardan ma`lum miqdorda mahsulot tayyorlab turish maqsadida, yuqorida aytib o`tilgan tadbirlardan tashqari yana quyidagi qoidalarga rioya qilish maqsadga muvofiqdir:



  1. Dorivor o`simlik mahsulotlarini o`z vaqtida to`g`ri va kerakli miqdorda tayyorlash, to`g`ri quritish va saqlash lozim. Bu esa yovvoyi holda o`sadigan dorivor o`simliklarni ortiqcha yig`ib, keyinchalik ularni mog`orlatib va chiritib yoki qurtlatib ketishi natijasida tashlashdan saqlaydi.

  2. Dorivor o`simlik mahsulotlarini ilmiy asoslangan reja bo`yicha, ko`p o`sadigan joylarni va zaxirasini to`g`ri aniqlab bilgan hamda tayyorlanadigan joylarini vaqt-vaqtida almashtirib turgan holda yig`ish lozim. Agarda shu keltirilgan qoidalarga amal qilinsa, bu dorivor o`simliklarni tabiatda o`sish joyini saqlab qolish mumkin.

  3. Ko`p yillik o`simliklarning er ustki qismi (bargi, guli, mevasi) dan dori tayyorlanadigan bo`lsa, ularning ildizi bilan sug`urib olmaslik lozim. Bordi-yu, er ostki organlari (ildizpoya, ildiz, tuganak) kavlanadigan bo`lsa, mevasi pishib to`kilgandan so`ng yig`ish kerak. Aks holda shu dorivor o`simliklar keyinchalik o`sha joyida o`sib chiqmasligi mumkin.

  4. Yovvoyi holda o`sadigan dorivor o`simliklar dori tayyorlash uchun yig`ib olingandan so`ng (ayniqsa, er osti organlari kavlab olingandan so`ng) ularning keyinchalik yana o`sib chiqishiga katta ahamiyat berish lozim. Buning uchun bir erdan necha yilgacha o`simlik mahsulotini yig`ish mumkin va necha yil dam berish kerakligi haqidagi qoidalarga qat`iy rioya qilish kerak.

  5. Dorivor o`simliklardan kompleks va hamma qismlaridan to`liq foydalanish zarur bo`lganda ularning xom ashyosini kamroq tayyorlash kerak. Natijada tabiiy o`sish joyida ularning zaxiralarini saqlab qolish mumkin bo`ladi.

Agarda dorivor o`simliklar ildizpoyasi, ildizi, tuganak yoki piyozi dorivor mahsulot bo`lsa, shu o`simliklarning er ustki qismini kimyoviy va farmakologik jihatdan o`rganib, er ostki organlari o`rnida ishlatishga tavsiya etish, shu o`simlikning tabiiy o`sish joyidagi zaxirasini saqlab qolishda ahamiyati juda katta.

Bu ham dorivor o`simliklarni muhofaza qilishning asosiy tadbirlaridan biridir.



  1. Dorivor o`simliklarni sug`oriladigan erlarga ko`proq ekib o`stirish va ularni agrotexnikasini yaratilsa, respublikamizda tabiiy sharoitda o`sayotgan dorivor o`simliklar zaxirasini saqlab qolish imkoniyati yaratiladi.

Yuqorida keltirilgan dorivor o`simliklar zaxirasini tabiatda saqlab qolish tadbirlariga birinchi galda bu ishga mutasaddi rahbarlar o`zlari qat`iy rioya qilishlari va boshqalardan ham buni talab qilishlari lozim.

Shu ishlarning hammasi amalga oshirilsa, tabiat boyliklaridan biri bo`lgan dorivor o`simliklar tabiiy o`sish joylarida uzoq vaqtlar saqlanib qoladi va insonga ko`p xizmat qiladi.





Yüklə 230,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə