Microsoft Word Амалиёт Махсулот сифати ва сифатни бошкариш 2016 lotin


Loyiha va ishlanmani verifikatlash (tekshirish)



Yüklə 1,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/100
tarix28.11.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#135423
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   100
Mahsulot sifati va sifatni boshqarish

Loyiha va ishlanmani verifikatlash (tekshirish)
Loyihalash va ishlab chiqishning chiqish ma’lumotlarini 
loyihalash va ishlab chiqishning kirish ma’lumotlari va talablariga 
muvofiq kelishga ishonch hosil qilish uchun rejalashtirilgan chora- 
tadbirlarga muvofiq verifikatlash (tekshirish) o‘tkazilishi kerak. 
Verifikatlash (tekshirish) natijalari va zarur bo‘lgan harakatlar 
bo‘yicha yozuvlar saqlanishi kerak.
Mahsulot ishlab chiqishda oraliq bosqichlarda belgilangan 
talablar mahsulot ishlab chiqilishigacha bajarilishiga ishonchni 
ta’minlash maqsadida olingan natijalarni (loyihalash bosqichlari 
chiqish ma’lumotlarini) loyiha kirish ma’lumotlari bilan doimiy 
solishtirishni amalga oshirish kerak.
115


Tashkilot chiqish ma’lumotlarini loyihalash va ishlab chiqish 
bo‘yicha kirish ma’lumotlariga muvofiqligiga ishonch hosil qilishi 
uchun loyiha va ishlab chiqishni tekshirishni amalga oshirishi kerak.
Mahsulotni loyihalash va ishlab chiqish bo‘yicha ishlarni 
bajarish vaqtida verifikatlashni o‘tkazish ishlab chiqishning har bir 
etapi yoki ba’zi etaplar bajarilgandan so‘ng, shuningdek ishlab 
chiqish tugatilgandan so‘ng amalga oshirilishi mumkin.
Loyihani tekshirish natijalari ro‘yxatga olinishi, saqlanishi va 
va qidirilishi yengillashtirilishi kerak.
Loyiha va ishlanmani validatlash (tasdiqlash)
Tayyor mahsulot berilgan yoki mo‘ljallangan qo‘llanish 
talablari muvofiq kelish qobiliyatini tasdiqlash uchun, agarda bu 
haqida ma’lum bo‘lsa, loyihalash va ishlab chiqishni rejalashtirilgan 
chora-tadbirlarga muvofiq validatlash (tasdiqlash)ni o‘tkazish zarur.
Agarda bu mumkin bo‘lsa validatlash (tasdiqlash) mahsulotni 
yetkazib berilguncha yoki ishlatilgunga qadar tugatilishi kerak. 
Validatlash (tasdiqlash) natijalari va zarur harakatlar bo‘yicha 
yozuvlar olib borilishi va saqlanishi kerak.
Tashkilot loyihalash va ishlab chiqish natijalarini tasdiqlash 
tartibini o‘matishi kerak.
Loyihani 
tasdiqlash tahlil 
va uning 
asosida loyihani 
tekshirishning ijobiy natijalaridan so‘ng amalga oshirilishi kerak.
Loyihani tasdiqlash jarayoniga iste’molchi jalb qilinishi 
mumkin.
Odatda 
tasdiqlash 
mahsulot 
iste’molchiga 
yetkazib 
berilgungacha amalga oshirilishi kerak.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə