Microsoft Word anton burini ziyouz com doc



Yüklə 145,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/46
tarix13.03.2022
ölçüsü145,39 Kb.
#84461
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46
anton bo\'rini

www.ziyouz.com kutubxonasi 

5

Anton quloq soldi. U jodugar bilan tanishishni ko‘pdan buyon orzu qilardi. 



“Agar seni haqiqatan ham kamroq urushadigan qilib qo‘yadigan bo‘lsa, o‘sha jodugarni 

tezroq chaqirtirsak yaxshi bo‘lardi”, - dedi Anton. 

“Ehtiyot bo‘l, u seni tyulenga (bu so‘z olmon tilida “dengiz to‘ng‘izchasi” degan ma’noga 

ega) aylantirib qo‘ymasin. Jodugarlarga bu hech narsa emas”. 

“Mayli,- dedi Anton. – Shunday qilsa, maktabga bormaydigan bo‘lardim”. 

Xonaga kiriladigan joydan taqir – tuqur eshitildi. Telramund Antonning etiklaridan birini 

sudrab keldi. Shundan keyin uning sport poyafzalini ham keltirdi. 

“U sayr qilishga chiqmoqchi”, — dedi Gudrun.  

Anton ikkinchi etigini ham oldi-da, Teltamundni sirtmog‘idan tortdi. “Yur Telramund, 

istirohat bog‘iga boramiz!” 

Telramund akkilladi, vovvulladi va jo‘shib Antonga talpina boshladi. Mushuk uni kitoblar 

javoni ustida o‘tirgan joyidan nafrat bilan kuzatib turardi. 

”Uni faqat sirtmoqda olib yur”, — dedi Gudrun qat‘iy ohangda. 

Anton tushunarsiz holda to‘ng‘illab qo‘ydi. 

Istirohat bog‘iga kiraverishda, u Telramundni qo‘yib yubordi. 

Istirohat bog‘i it zoti uchun sirli voqealar makoni ekan. Telramund shosha – pisha 

daraxtlarni, toshlarni, kurtaklarni hidlab chiqdi. Ahyon-ahyonda oyog‘ini ko‘tarib mavjud 

voqeliklarga ayrim qo‘shimchalar ham kiritib qo‘ydi.To‘satdan u tikilib qoldi. Istirohat 

bog‘idagi o‘rindiqda o‘tirgan bir keksa ayol kabutarlarni oziqlantirayotgandi. 

“Telramund!”— chaqirdi Anton. Biroq endi uni to‘xtatib bo‘lmasdi. U qattiq vovillab, o‘zini 

shosha-pisha yemish cho‘qiyotgan to‘daning o‘rtasiga tashlandi. Kabutarlar bir-birlariga 

urulishib, uchib ketishdi, bir bolakay chinqirib yubordi, keksa ayol esa ovozi boricha 

javrab qoldi.  

Telramund qilgan ishidan mamnunday edi. U nariroqqa chopib borib lola jo‘yagini qaza 

boshladi. Yer nam va yumshoq edi, so‘nggi paytlarda yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgandi. Bir 

uzun tukli itni sirtmoqlab olgan ayol Antonning yonida to‘xtadi. 

“Buning zoti qanaqa?” – so‘radi u. 

“Ko‘proq taksa (oyoqlari kalta, gavdasi uzun it), ozroq spaniel (ovchi itning bir turi), 

ozgina mittibashara”, — dedi Anton barmoqda hisoblagan holda. — Siznikining-chi?” 

“Sof afg‘on zot”, — javob berdi ayol. 

“Zoti bittaginami? – so‘radi Anton hayratlanib. — Baribir chiroyli ekan”. 

Ayol g‘alati qaradi va itini yetaklab tez-tez yurib ketdi. 

Telramund lola jo‘yagida kovlagan chuquridan chiqib keldi. Endi u sarg‘ish emas, balki 

butunlay to‘q jigar tusda edi. 

“Ey yermonqoziq, - dedi Anton koyib. — Buning uchun uyda yana gap eshitaman-ku”. 

U sirtmoqni Telramundning bo‘ynidagi halqaga mahkam bog‘lab qo‘ydi. 

“Bu iflos hayvonga yaqinlashma”, – Anton kimdir shunday deganini eshitib qoldi. Ayol 

itini jahd bilan Telramunddan chetlashtirishga urinayotgandi. Itning basharasi ajinli 

bo‘lib, ko‘zlari kirtaygan, boshi doka bilan o‘rab qo‘yilgan edi. 

“Buning tishi og‘riyaptimi?” – so‘radi Anton qiziqib. 

“Yo‘q quloqlari qirqilgan!” Ayol ketmoqchi bo‘ldi. 

“Bu nima deganingiz?” – so‘radi Anton. 

“Quloqlar...” Ayol bir oz jim turib qoldi. – Ular qisqartiriladi”.  

“Quloqlar qanday qisqartiriladi?” – so‘radi Anton esankirab. 

“Bu hayvonlar shifokorining ishi”, — dedi ayol. 

Antonning jahli chiqdi. “Quloqlarni kesadilar demoqchimisiz?”  

“Ha, shunday. Quloqlarni va dumni. Bokser (olmon buldogi) zotli itlar shunday qilinadi. 

Yuraqol, Bodo”. Ayol tisarilayotgan itini yetaklab ketdi. 




Anton bo’rini uchratgan kecha (qissa). Edith Shrayber-Vike 

 

 




Yüklə 145,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə