Microsoft Word anton burini ziyouz com doc



Yüklə 145,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/46
tarix13.03.2022
ölçüsü145,39 Kb.
#84461
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
anton bo\'rini

www.ziyouz.com kutubxonasi 

3

suzib o‘tayotgandi.  



— “Bu nima?” Anton karavotidan sakrab tushib, deraza oldiga bordi. Yer yuzini qalin 

tuman qoplagandi. “Tuman uzra ko‘tarilib, mo‘raladi oppoq oy”, — takrorladi Anton 

hayron bo‘lib. Keyin derazadan o‘girilib, karavoti tomon qadam tashladi. 

Shu payt unga ko‘zi tushdi. 

Bo‘ri xonaning o‘rtasida o‘tirgan holda, chaqnoq ko‘zlari bilan Antonga tikilib turardi. 

Katta baroq bo‘rining xonada ekanligi g‘alati hol edi. Undan qo‘rqmayotgani Antonga 

yanada g‘alati tuyuldi. 

Sen meni chaqirding-a, — dedi bo‘ri. 

— Ataylab emas, — dedi Anton. 

— Sehrli she’rni aytding-ku. Tegishli kunda, tegishli soatda. 

Bu tasodif edi, — dedi Anton. 

— Tasodif bunaqa bo‘lmaydi, — javob qildi bo‘ri. – Yur, men bilan. 

— Hosir-a, kechasi, boz ustiga tumandami? – so‘radi Anton.  

— Ha, hozir, kechasi va tumanda, – dedi bo‘ri.  

Anton jinsisini kiydi va shkafdan jemferini oldi. “Uyimizning darvozasi yopiq-ku”, — dedi 

u ikkilanib. 

Biz uchun emas, — uqtirdi bo‘ri.  

Bu tush bo‘lsa kerak, — o‘yladi Anton. – Yarim kechada kattakon bo‘ri bilan 

ketayotganim rost bo‘lishi mumkin emas. Bo‘ri qalin tuman oralab juda tez chopib keta 

boshladi. 

— Sekinroq, men yetolmayapman! – hansiradi Anton. 

— Menday yugur! – dedi bo‘ri. – Sen endi bizlarning birimiz ekanligingni xayolingga 

keltir.  

Anton urinib ko‘rdi. Shu zahotiyoq u qiynalmasdan yugurib borayotganini his qildi.  

“Qani endi soatlab shunday yuguradigan bo‘lsaydim”, — o‘yladi u. 

“Keldik”. Bo‘ri bahaybat, keksa eman tagida to‘xtadi. “Bu madad maydoni”, — dedi u 

tantanali tarzda. Eman shitirladi, bo‘ri jim o‘tirib atrofga quloq soldi. Qayerdandir 

uvillashlar eshitildi. Anton bir oz sovqotdi. 

— Endi men sening madadkor hayvoningman, — dedi bo‘ri. – Qachon senga kerak 

bo‘lsam, shu yerdan topasan. 

— Madadkor hayvonim? – takrorladi Anton hayratlanib. – Bunaqasi bo‘lishi mumkinligini 

sira bilmas ekanman. 

— Sen bilganlaringdan ko‘proq bilasan, — javob qildi bo‘ri. Yana olisdan uvillash 

eshitildi. 

Ular meni chaqirishyapti, — dedi bo‘ri. – Men ketishim kerak. 

— Men esa uxlashim kerak”, — pichirladi Anton. Shunday deyishi bilan ko‘zlari yumildi. 

Anton uyg‘onganida, quyosh chiqqandi. U atrofga alangladi. Yo‘q, u eman tagidagi 

maysalar ustiga emas, o‘z karavotida yotgan ekan. Oyoqlari uchida mushugi jimgina 

uxlayotgandi. 

Antonning onasi xonaga kirdi. U Antonnig jinsisini va pastda sochilib yotgan bir nechta 

narsalarni yig‘ishtirib oldi. 

— Shunday issiq havoda senga qalin jemfer nima uchun kerak bo‘lib qoldi?, — so‘radi u 

hayron bo‘lib. 

— Tumanli kechalar uchun, — javob qildi Anton uyqusirab. 

Onasi boshini silkitib jemferni yana shkafga tiqib qo‘ydi. {mospagebreak heading=Anton 

burini uchratgan kecha}  




Yüklə 145,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə