Microsoft Word anton burini ziyouz com doc



Yüklə 145,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/46
tarix13.03.2022
ölçüsü145,39 Kb.
#84461
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
anton bo\'rini

TELRAMUND BILAN SAYR 

Antonning onasini ko‘rishga bir dugonasi kuchugi bilan kelgandi. Baland bo‘yli, qizil 

sochli bu ayolning ismi Gudrun edi. Sarg‘ish tukli, ko‘rshapalaklarnikiga o‘xshash uzun 

quloqli kuchukchaning oti Telramund ekan. Anton u yoqdan bu yoqqa otayotgan charm 

to‘pchani Telramund zavq bilan turtib-turtib keltirayotgandi. Mushuk kitob javoni ustida 

o‘tirgan joyidan ularga qarab mirilladi. “Buncha ziqnalik qilasan”, — dedi Anton unga 

ta’na qilib va qo‘lidagi to‘pchani yana uloqtirib yubordi. Telramund shalpang quloqlarini 

osiltirib shosha – pisha uning ketidan yugurdi. 

“Boshqa joy yo‘qmi sizlarga?” – dedi Antonning onasi o‘ta qat’iy va baland ohangda. 

Anton to‘pchani ushlab turgan qo‘lini pastrga tushirdi, Telramund qo‘rqqanidan qotib 

qoldi. “Mayli, o‘ynayveringlar”, — dedi Antonning onasi bir ozdan so‘ng. “Asabim tez-tez 

buziladigan bo‘lib qolgan. Uyqum ham yomonlashgan”.  

“Balki yotadigan joying yaxshi emasdir?” – dedi Gudrun.  

Antonning onasi kuldi. “Har doimgi joyimda yotaman. Bundan ham yaxshiroq joy 

bo‘ladimi?” 

“Yerdan nur taralishi haqida hech eshitganmisan?” — so‘radi Gudrun. 

“Ha, ammo men bunaqa gapga ishonmayman”, — javob qildi Antonning onasi . 

“O‘zing bilasan, — dedi Gudrun. – Har holda men bir temir tayoqchali ayolni bilaman, u 

senga joying yaxshi yoki yomonligini aytib berishi mumkin. U giyohlardan foydalanish 

sirlarini ham biladi. Burungi zamonlarda bundaylarni jodugar deb atashgan”. 




Anton bo’rini uchratgan kecha (qissa). Edith Shrayber-Vike 

 

 




Yüklə 145,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə