Microsoft Word axloq odob hadis ziyouz com doc



Yüklə 169,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/43
tarix22.05.2023
ölçüsü169,22 Kb.
#111877
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43
Axloq-odobga oid hadis namunalari

www.ziyouz.com kutubxonasi 
19
244.
Uch xil narsa bordirki, qimor o’ynashlik bilan barobardir: 
1.
Qimor. 2. Oshiq o’ynash. Kaptarbozlik
38

245.
Uch xil yomon sifat bordirki, ular (ma’naviy) faqirlikdandir: 
1.
(Yomon) podshohkim, yaxshiligingga shukur qilmaydi, yomonligingni kechirmaydi. 
2.
(Yomon) qo’shnidirkim, sendan yaxshilik ko’rsa yashiradi, yomonlik ko’rsa oshiradi. 
3.
(Yomon) xotindirkim, birga bo’lsang ozor beradi, yo’q bo’lsang xiyonat qiladi. 
246.
Uch xil narsaga qasamyod qilaman: 
1.
Sadaqa qilgan bilan bandaning moli kamayib qolmaydi. 
2.
Qaysi bir bandaning moliga zulm bilan xiyonat qilinsa-yu, u unga sabr aylasa, albatta 
Tangri uning izzat va sharafini ziyoda etadi. 
3.
Qaysi bir banda tilamchilik eshigini ochib qo’ysa, Tangri unga faqirlik eshigini ochib qo’yadi. 
247.
Sizlarga bir hadisni aytaman, sizlar uni yodda tutinglar! Dunyo to’rt toifa odamlar uchun 
yaratilgandir: 
1.
Har kimga Tangri ham boylik, ham ilm ato qilgan bo’lsa, u shu boyligidan faqat o’zigina 
foydalanmay, balki qavm-qarindoshlariga ham inoyat qilib tursa va ilmi sababi Tangrining 
haqqini ham ado etsa, bu martabalarning eng afzalidir. 
2.
Kimgaki faqatgina ilm berilib, boylik ato qilinmagan bo’lsa: “Menda ham davlat bo’lganda 
edi, falonchi kabi ishlar qilur edim”, - deb sof niyat bilan aytsa, u shu niyati bilan saxiy 
boyning savobiga ega bo’lur. 
3.
Agarda kimgaki, molu dunyo berilib, ilm ato qilinmagan bo’lsa, qavm-qarindoshlariga 
muruvvatda bo’lmay, Tangrining haqini ham ado etmagan bo’lsa, bu martabalarning eng 
yomonidir. 
4.
Kimgaki ilm ham, molu dunyo ham nasib etmagan bo’lsa, u: “Molim va ilmim bo’lganda edi, 
men ham falonchilar kabi yaxshi amalda bo’lur edim”, - desa, bu niyati ila ular bilan 
savoblari barobar bo’ladi. 
248.
Uch xil duo bordirki, ular shaksiz mustajob bo’lgay:
1.
Ota-onaning farzand haqiga qarg’ab turib qilgan duosi. 
2.
Musofirning duosi. 
3.
Mazlum kishining duosi. 
249.
Uch xil ish bordirki, ularni ummatlarim hech tark qila olmaydilar: 
1.
Zotu nasabi bilan faxrlanish. 
2.
O’likka dod-voy solib yig’lash. 
3.
Yulduzlar bilan fol ochish. 
250.
Uch xil sifat egalari bordirki, qiyomat kuni ularga men dushmandurman, vaholonki, kimga 
xusumatda bo’lsam, unga xusumatim qattiq bo’ladi: 
1.
Kimki mening nomim bilan
39
biror narsani birovga berib, so’ng unga xiyonat qilsa. 
2.
Hur odamni qul deb sotib, pulini yeb yuborsa. 
3.
Mardikorni to’la ishlatib, haqini to’liq bermasa. 
251.
Uch xil kishilar borki, ularning obro’sini to’kib haqoratlash mumkin: 
1.
Fisq-fasod ishlarni oshkora qiluvchi odamni. 
2.
Zolim podshohni. 
38
Hammomda ashula aytish, hazil mutoyiba qilish va kuy qilib hushtak chalish odobsizlik hisoblanadi. 
39
Xudoning nomi bilan demoqchi. 


Axloq-odobga oid hadis namunalari 

Yüklə 169,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə