Microsoft Word axloq odob hadis ziyouz com doc



Yüklə 169,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/43
tarix22.05.2023
ölçüsü169,22 Kb.
#111877
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43
Axloq-odobga oid hadis namunalari

www.ziyouz.com kutubxonasi 
18
229.
O’zaro savdolashuvchilar to ajralishguncha ixtiyorlidirlar (savdoni buzish huquqiga egadirlar). 
Har ikkisi to’g’ri so’zlab, mol aybini oshkora aytib savdo qilsalar, savdolari barakali bo’lur. Agar yolg’on 
gapirib mol aybini yashirsalar, savdoning barakasi yo’qolur. 
230.
Rostgo’ylikda xavfu xatar ko’rsanglar ham rost so’zlanglar. Shunda najot topasizlar. Garchi 
foyda ko’rib turgan bo’lsangiz ham yolg’ondan saqlaninglar. Chunki bari bir yolg’onning oxiri voy. 
231.
Farovonlik vaqtlaringda Tangrini tanib, unga iltijo qilib yur, toki qiyinchilik vaqtingda u ham 
seni tanisin. 
232.
Muqim turadigan joyingdagi yomon qo’shnidan, Tangridan panoh tilagin. Sahrodagi qo’shni 
esa tez ko’chib ketuvchidir. 
233.
Nikoh ila turmush qurib, ko’payinglar. Zero, men qiyomat kuni boshqa ummatlar oldida 
sizlarning ko’pligingiz bilan faxrlanaman. 
234.
Bir-birlaringizga xayr-ehsonli, mehr-oqibatli bo’lib, qo’l berib so’rashib yuringlar, shunda 
dillaringizdagi g’illu g’ashlik ketadi. 
235.
Bir-birlaringizga ehson qilinglar, chunki ehson muhabbatni oshiradi va dildagi g’ashliklarni 
yo’qotadi. 
236.
Gunohidan tavba qiluvchi kishi gunohsiz odam bilan barobardir. 
237.
Vazminlik, tejamkorlik, bama’ni xomushlik payg’ambarlik (sifati)ning yigirma to’rtdan bir 
bo’lagidir. 
238.
Rostgo’y, ishonchli savdogarlar payg’ambarlar, siddiqlar va shahidlar bilan birga bo’lurlar. 
239.
Qo’rqoq savdogar boylikdan mahrum, qo’rqmas savdogar omadlidir. 
240.
Tadbirkorlik – turmushning yarmiga, do’stlashish – aqlning yarmiga, g’am-tashvish – 
keksalikning yarmiga teng, ahlu ayolning ozligi esa boylikning ikkidan biriga teng. 
241.
Uch xil sifat bordirki, kimda-kim ularga ega bo’lsa, Tangri qiyomat kuni uni himoya qilib, o’z 
jannatiga kirgizur: 
1.
Zaiflar bilan xushmuomala bo’lish. 
2.
Ota-onasiga shafqatli bo’lish. 
3.
Qo’l ostidagilarga himmatli bo’lish. 
242.
Uch xil sifat bordirki, ular kimda bo’lsa, Tangri uni yengil hisob qilib, o’z rahmati ila jannatga 
kirgizadi: 
1.
Seni mahrum qilganlarga ehson qilishing. 
2.
Senga zulm qilganlarni afv qilishing. 
3.
Qarindoshlar bilan silai rahmda bo’lishing. 
243.
Uch xil sifat bordirki, kim ularni Tangriga ishonchli holda va savob umidida qilsa, Tangri unga 
yordam berishi va baraka ato etishi haqdir: 
1.
Qulni ozodlikka chiqarishga harakat qilsa. 
2.
O’sha umidda oila qursa. 
3.
Qo’riq yerni o’zlashtirsa. 


Axloq-odobga oid hadis namunalari 

Yüklə 169,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə