Microsoft Word axloq odob hadis ziyouz com doc



Yüklə 169,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/43
tarix22.05.2023
ölçüsü169,22 Kb.
#111877
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43
Axloq-odobga oid hadis namunalari

www.ziyouz.com kutubxonasi 
14
158.
Avvalgi payg’ambarlarning so’zlaridan odamlarda qolgani: “Uyalmasang, xohlagan ishni 
qilaver!” 
159.
Mo’minning o’limidan so’ng ham (uning foydasiga) yozilib turadigan amallar: tarqatgan ilmi, 
qobil farzandi, meros qoldirgan Qur’oni, qurgan masjidi, mehmonxonasi, chiqargan suvi, sog’lik va 
hayotlik paytida qilgan sadaqasidir. 
160.
Sudxo’rlik gunohidan ham ashaddiyroq gunoh mo’min kishining obro’sini nohaq to’kishdir. 
161.
Sizlar odamlarni molu dunyolaringiz bilan mamnun qila olmaysizlar, balki ochiq yuz va yaxshi 
xulqlaringiz bilan minnatdor qilishlaringiz mumkin. 
162.
Baxtsizlik uch narsadadir: otda, xotinda va hovlida
33

163.
Faqat xayrli va savobli ishlar buyurilganda, unga itoat qilish kerak. 
164.
Ayollarga erkaklar o’z tug’ishgan opa-singillari kabi bo’lishlari kerak. 
165.
Men ham sizlarga o’xshagan bir insondurman. Gumon bilan aytilgan so’z xato ham ham, to’g’ri 
ham chiqib qolishi mumkin. Lekin sizlarga Tangri aytgan deb biror xabarni yetkazsam, men hech 
qachon Tangri nomidan yolg’on gapirmagan bo’laman. 
166.
Sizlardan oldin o’tgan qavmlar nima uchun halok qilinganlar? Chunki ular hurmatli odamlar 
o’g’rilik qilsa kechirganlar, ammo zaif va bechora hol odamni esa jazolaganlar. 
167.
Ikki kishining birga o’tirib qilgan suhbatidagi gaplari omonatdir. Suhbat qurgan kishilar 
Tangrining omonati bilan tarqagaylar. Suhbatdoshining sirini fosh qilish taqiqlangandir. 
168.
Men barcha yaxshi axloqni takomillashtirish uchun yuborilganman. 
169.
Qalb – doimo o’zgarib turishi sababli qalb deb ataladi. Go’yoki u sahrodagi bir shoxchaga ilinib 
qolib, goh u yoqqa, goh bu yoqqa ag’darilayotgan barg kabidir. 
170.
Yaxshi odam bilan o’tirish go’yo mushku anbardek, yomon odam bilan birga bo’lish esa 
temirchining bosqoni kabidir. Mushku anbari bor kishidan xushbo’y hid taraladi, sen undan uni sotib 
olishing yoki xushbo’y hididan bahramand bo’lishing mumkin. Temirchining bosqoni esa kiyimingni 
kuydirib qo’yishi yoki loaqal undan qo’lansa hid yetishi mumkin. 
171.
Men la’nat aytishga emas, balki rahmat uchun yuborilgandirman. 
172.
Men ham hazil-mutoyiba qilaman, lekin haq gapni so’zlayman. 
173.
Men odamlarning qalblariga yorib kirish yoki ularning qornilarini yorib ko’rish uchun 
buyurilmaganman. 
174.
Ikki zaif toifa, ya’ni yetim va ayol haqqini yemoqlikni sizlarga harom qilaman. 
175.
Amirlik (podshohlik) nimaligini sizlarga aytsam, u birinchidan, malomatga qolish, ikkinchidan
pushaymonlik, uchinchidan, qiyomat kunidagi azobga qolish. Odil podshohlar bundan mustasno. 
33
Ya’ni: yomon ot, yomon xotin, yomon qo’shni ma’nosida. 


Axloq-odobga oid hadis namunalari 

Yüklə 169,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə