Microsoft Word axloq odob hadis ziyouz com doc



Yüklə 169,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/43
tarix22.05.2023
ölçüsü169,22 Kb.
#111877
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43
Axloq-odobga oid hadis namunalari

www.ziyouz.com kutubxonasi 
11
106.
Gunohning kattasi: Tangriga shirk keltirmoqlik
26
, nohaq qon to’kmoqlik, ota-onaga oq 
bo’lmoqlik va yolg’on guvohlik bermoqlik. 
107.
Bu dunyoda bema’ni gaplarni ko’p gapiradigan odamning gunohi qiyomat kuni ko’p bo’lur. 
108.
Lazzatlarni yo’qotuvchi narsa (o’lim)ni ko’proq eslanglar. Kimki, kambag’allikda o’limni ko’proq 
eslasa, boy bo’lur, boylikda o’limni kamroq eslasa, qashshoq bo’lur. 
109.
Inson xatoni ko’proq o’z tili bilan sodir qiladi. 
110.
Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-odobini ham yaxshilangizlar. 
111.
Nonni e’zozlanglar. 
112.
Imon jihatdan mo’minlarning komilrog’i – xulqi yaxshi bo’lgani va xotinlarga yaxshi muomala 
qiladiganidir. 
113.
Ogoh bo’lingki, g’azab bamisoli inson ichidagi yonib turgan cho’g’dir. Bilasizlarki, g’azabi kelgan 
kishining ko’zlari qizarib, tomirlari shishib ketadi. Agar birortalaringiz shunday holatga tushib 
qolsalaringiz yerga o’tirib olinglar! Ogoh bo’lingki, odamlarning yaxshisi – g’azabi sekin kelib, asliga 
tez qaytadiganidir. Ularning yomoni esa g’azabi tez kelib, asliga sekin qaytadiganidir. G’azabi sekin 
kelib, sekin ketsa yoki tez kelib tez ketsa, bu ham durust. Ogoh bo’lingki, savdogarlarning yaxshisi 
savdo-sotiq ishlarida xushmuomala bo’ladi, yomoni esa qo’pol muomalali bo’ladi. Ana shunday 
xislatlardan loaqal bittasiga ega bo’lsa ham durust. 
114.
Ogoh bo’lingki, har bir xiyonatchi qiyomat kuni xiyonati miqdorida tanilish uchun bayroq 
ko’tarib yuradi. Ogoh bo’lingki, xiyonatning kattasi amirlarning xalq ommasiga qilgan xiyonatidir. 
Ogoh bo’lingki, haq gapni bilgan kishining u gapni gapirishiga odamlarning haybati to’sqinlik qilmasin! 
Ogoh bo’lingki, jihodlarning afzali zolim podshoh oldida aytilgan haq so’zdir. Ogoh bo’lingki, 
umringizning qolgan qismi, bamisoli yashab turgan kuningizning qolgan qismi kabidir. 
115.
Avvalo onangga, yana onangga va yana onangga, so’ng otangga yaxshilik qil. 
116.
Tangri go’zaldir, go’zallikni yaxshi ko’radi. 
117.
Tangri afv etuvchidir va afv etuvchi kishilarni do’st tutadi. 
118.
Tangri saxiydir, saxiylarni do’st tutadi. Axloqi oily kishilarni yoqtirib, axloqsizlarni yoqtirmaydi. 
119.
Qozilar zulm qilmasalar, Tangri ular bilan birgadir. Zulm qilishlari bilanoq o’zi ulardan 
uzoqlashib shaytonni qoldirib ketadi. 
120.
Tangri ummatlarimni zalolat
27
ishiga birlashtirmaydi. Tangri ko’pchilikka yordam beradi. Kimki 
ko’pchilikdan ajralsa, do’zaxga yo’l olgan bo’ladi. 
121.
Tangri sizlarning tashqi ko’rinishlaringiz yoki molu dunyolaringizga emas, balki dillaringizga va 
ishlaringizga qarab baho beradi. 
122.
Tangri fahsh
28
ishlarni qiluvchi va behayo so’zlarni gapiruvchi kishini yomon ko’radi. 
25
Tangri belgilab qo’ygan jazolarni. 
26
Tangrini birdan ortiq demoqlik va undan boshqalarda ham ilohiy kuch bor deb bilmoqlik. 
27
Zalolat – noto’g’ri yo’l. 


Axloq-odobga oid hadis namunalari 

Yüklə 169,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə