Microsoft Word axloq odob hadis ziyouz com doc



Yüklə 169,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/43
tarix22.05.2023
ölçüsü169,22 Kb.
#111877
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   43
Axloq-odobga oid hadis namunalari

www.ziyouz.com kutubxonasi 
13
139.
Mo’min kishi o’zining yaxshi xulqi bilan kechasi qoim
30
va kunduzi soimlar
31
darajasiga erishadi. 
140.
Ayol diyonati yoki molu dunyosi, yoxud jamoli uchun nikoh qilinadi. Sen diyonatlisini tanlagin
baraka topgur! 
141.
Tilamchilik quyidagi uch toifadan birigagina joizdir: 1. Xun to’lovchiga. 2. Og’ir qarzdorga. 3. 
Miskin-qashshoq kishiga. 
142.
O’lim – dahshatli hodisadir. Qachonki tobutni ko’rsangiz darhol (hurmat yuzasidan) 
o’rinlaringizdan turinglar. 
143.
Bir mo’min bemor yotgan mo’min birodarlarini ko’rgani borsa, bosib o’tgan yo’llarida jannat 
bog’larida yurgandek bo’ladi. 
144.
Ummatlarim hech qachon zalolatli ishga birlashmaydilar. Qachonki odamlar o’rtasida ixtilofni 
sezsalaring, ko’pchilik tomonga o’tib olinglar. 
145.
Imonli odam va’daga vafodor bo’ladi. 
146.
Mo’minlar bir-birlarining og’riqlariga sherik bo’lishlari kerak. Bu bosh og’riganda bamisoli butun 
tana og’rigani kabidir. 
147.
Kishilarning molini nohaq yeyishga o’ch odamlar qiyomat kuni do’zaxga mahkumdirlar. 
148.
Kishilar o’rtasidagi nizo va muammolar xususida to’g’ri fikr beradigan va odilona hukm 
chiqaradiganlar yaxshi odamlardir. 
149.
Har bir odamning amakisi izzat-hurmat va munosabatda o’z otasi kabidir
32

150.
Senda Tangriga va Uning rasuliga ma’qul va mahbub ikki xislat bor: muloyimlik va og’irlik. 
151.
Haq (qarz) egasi gapirishga haqlidir. 
152.
Har bir narsaning avji bor. Omadi kelgan kishi o’zini to’g’ri tutib yursa, undan yaxshilik 
kutinglar. Mabodo shuhratparastlik va manmansirashga o’tsa, uni mukammal odam hisoblamanglar. 
153.
Yer yuzidagi ulamolar bamisoli osmondagi yulduzlar kabidir. Yerda ham, suvda ham ularga 
qarab yo’l topiladi. Yulduzlar botsa, yo’lchilar adashishi mumkin. 
154.
Bergan narsasini qaytarib oladigan kishi go’yo it qayt qilgan narsasini yana qayta yeyaverishi 
bilan barobardir. 
155.
So’zda sehr bor, she’rda esa hikmat. 
156.
Sochi oqargan mo’ysafidni, Qur’onni yod olib, uning ma’nolariga behuda chuqur ketmagan va 
uni tark ham qilmagan qorilarni va odil podshohni hurmatlash – Tangrini ulug’lash bilan barobardir. 
157.
Ko’rmagan tushini ko’rgandek gapirib berish – yolg’onning yolg’onidir. 
30
Qoim – ibodat bilan bedor. 
31
Soim – ro’zador. 
32
Amaki- ota o’rnidadir. 


Axloq-odobga oid hadis namunalari 

Yüklə 169,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə