Microsoft Word axloq odob hadis ziyouz com doc



Yüklə 169,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/43
tarix22.05.2023
ölçüsü169,22 Kb.
#111877
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43
Axloq-odobga oid hadis namunalari

www.ziyouz.com kutubxonasi 
17
208.
Qaysi bir qavm boshlig’i o’z qo’l ostidagi odamlarga xiyonat qilib, ularni aldasa, u qiyomat kuni 
do’zaxga mahkum bo’ladi. 
209.
Qaysi bir ayolning uchta farzandi yoshligida olamdan o’tsa, ular qiyomat kuni unga do’zaxni 
to’sib turuvchi parda bo’ladi. 
210.
Surma ko’zni ravshan qilib, kipriklarni o’stiradi. 
211.
Maqbara va hammomdan boshqa yer yuzining hammasi namoz uchun yaroqlidir. 
212.
Oila nafaqasidagi tejamkorlik tirikchilikning yarmiga teng. Odamlar bilan do’stlashish aqlning 
yarmiga teng. Savol so’rash odoblarini bilish ilmning yarmiga barobar. 
213.
Izn uch martagacha so’raladi. Agar izn berilsa, kiring, yo’qsa qaytavering! 
214.
Islom, ya’ni musulmonchilik oshkora narsadir, imon esa dildadir. 
215.
Omonatni saqlab, vaqtida qaytarish kishining rizqini ziyoda qiladi. Omonatga xiyonat qilish esa 
qashshoqlik keltiradi. 
216.
Tinchlik va xotirjamlik ikki ulug’ ne’matdirki, bundan ko’p odamlar mahrumdirlar. 
217.
Sabr va bardosh Tangridan, shoshqaloqlik esa shaytondandir. 
218.
Imon bilan amal bir-biriga juda yaqindir. Ular bir-birisiz durust emas. 
219.
Barmoq bilan ko’rsatiladigan darajada shuhratga ega bo’lish – yomondir. Ammo Tangri uni 
takabburlikdan saqlasa, zarari yo’qdir. 
220.
Zakotini ado etuvchi, mehmondo’st va musibatli kishiga hamdard bo’lgan odam baxillik va 
qizg’anchilikdan xalosdir. 
221.
Taomning barakasi – undan oldin va keyin qo’l yuvishdadir. 
222.
To’yda miskinlar qolib, faqat boy’largina yeb ketadigan taom yomon taomdir. 
223.
Uyiga mehmon qo’nmaydiganlar yomon odamlardir. 
224.
Oddiy kiyim kiyish ham imondandir. 
225.
Barcha yaxshilik – xushxulqlikdadir. Barcha gunoh va yomonlik – dildagi g’ashlik va uyatli 
ishdadir. 
226.
Yaxshilik – nafsingiz taskin topib, dilingiz orom oladigan ishdir. Yomonlik yoki gunoh esa uning 
aksidir, garchi muftiylar fatvo bersalar ham, o’z qalbingizga qarab ish tuting. 
227.
Yaxshilik – eskirmaydi, gunoh – unutilmaydi, jazolovchi (Tangri) esa o’lmaydi. Xohlagan ishni 
qil, diyonating qanday bo’lsa, jazoing ham shunday bo’ladi. 
228.
Barcha balo - tildandir. 


Axloq-odobga oid hadis namunalari 

Yüklə 169,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə