Microsoft Word dinda savol2 ziyouz com doc


Savol: «Haqqulloh» deyilganda nima nazarda tutiladi?



Yüklə 119,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/49
tarix21.08.2023
ölçüsü119,67 Kb.
#120769
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   49
Muhammad Sharif Juman, Ahmad Muhammad. Dinda savolim bor... (2-kitob)

Savol: «Haqqulloh» deyilganda nima nazarda tutiladi? 
Javob: Alloh taolo hech narsaga muhtoj emas. Barcha narsani O’zi yaratgan. Xatari 
yo manfaati butun insoniyatga birday bo‘lgan narsalar «haqqulloh» deb ataladi. 
«Haqqulloh»ni poymol etish shaxs va jamiyatni tanazzulga olib keladi. («Kashful 
asror»). 
Savol: Namoz o‘qiyotganda oldimizdan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan kishini 
qaytarsak bo‘ladimi? 
Javob: Namoz o‘qiyotgan kishi o‘zi bilan oralig‘idan kesib o‘tuvchini qo‘l yo bosh bilan 
ishora qilib yoki tasbeh aytib qaytarishi kerak. 
Savol: Sutra nima? 
Javob: Sutra to‘siqdir. U barmoq yo‘g‘onligida, yarim metrdan uzunroq, cho‘p kabi 
narsa bo‘lib, ochiq joyda namoz o‘qilayotganda kesib o‘tuvchilar gunohkor bo‘lmasin 
deb, ikki qoshning biri to‘g‘risiga yerga sanchib qo‘yiladi. Katta masjidlarda ustun yo 
qiblaga qarab o‘tirgan kishi sutra o‘rniga o‘tadi. Jamoat bilan o‘qilayotgan namozda 
imomning sutrasi jamoatga ham kifoya bo‘ladi. 
Savol: Men yaqinda safarda bo‘lib qaytdim. U yerda bomdod 
namozining sunnatini o‘qimadim, qarindoshlarim meni gunohkor qilishdi. 
Uyga kelgach, hadis kitoblarida Payg‘ambarimizning bomdod namozi 
sunnatini o‘qimaganlarini ham, o‘qiganlarini ham topdim. Keyin ilmli deb 
bilgan ikki birodarimdan so‘radim. Biri, o‘qilmaydi, ikkinchisi, Imomi 
A’zam mazhabidagilar o‘qiydi, deb javob berdi. Sizlardan iltimos, menga 
aytilgan uchta javobning qay biri to‘g‘ri ekani haqida javob bersangiz, 
mendan boshqa muxlislaringizga ham foydali bo‘lsa ajab emas. 
Javob: Bomdod namozining sunnatini Payg‘ambarimiz alayhissalom, xoh muqim, xoh 
musofir bo‘lsin, hech qoldirmaganlar va u sunnati muakkada sanaladi. Shunga ko‘ra, 
bomdod farzining qazosi sunnati bilan birga ado etiladi. Endi uni safarda tark etish 
masalasiga kelsak, imkon boricha o‘qiladi, ammo o‘qilmay qolsa, gunoh bo‘lmaydi. 

Yüklə 119,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə