Microsoft Word dinda savol2 ziyouz com doc


Savol: Xushu’ va xuzu’ nima? Namoz qanday holda xushu’ va xuzu’



Yüklə 119,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/49
tarix21.08.2023
ölçüsü119,67 Kb.
#120769
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   49
Muhammad Sharif Juman, Ahmad Muhammad. Dinda savolim bor... (2-kitob)

 
Savol: Xushu’ va xuzu’ nima? Namoz qanday holda xushu’ va xuzu’ 
bilan o‘qilgan bo‘ladi? 
Javob: Xushu’ va xuzu’ so‘zlari bir ma’noda – bo‘ysunmoq ma’nosidadir. Ahli haqiqat 
istilohida ular «Haqqa bo‘ysunmoq» ma’nosini anglatadi. Namoz o‘qishda butun fikrni 
namoz arkonlarini to‘la ado etishga qaratib, undan o‘zga fikrda bo‘lmay, makruh 
sanalgan amallarni qilmay namoz o‘qish xushu’ bilan namoz o‘qishdir. («Tafsiri 
Nasafiy»). 
 
Savol: Namozda nigoh qaerda bo‘lishi hamda qo‘l va oyoqlar holati 
haqida bayon qilsangiz? 
Javob: Erkak kishi «Allohu akbar» deb namozni boshlashda (engi uzun bo‘lsa) ikki 
qo‘l kaftini yengidan to‘liq chiqarib, barmoqlarini o‘z holicha tutib, kaftni qiblaga qaratib


Dinda savolim bor. 2-kitob 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
8
boshni engashtirmay bosh barmoqlarni quloqlar yumshog‘iga tekkizadi. Ayollar esa 
qo‘llarini yenglaridan chiqarmagan holda yelkalarigacha ko‘taradilar. So‘ng o‘ng qo‘l 
kaftini chap qo‘lning kafti orqasiga qo‘yib, o‘ng qo‘l bosh barmog‘i va chimchilog‘i bilan 
chap qo‘l oshig‘i ushlanadi. Bunda qolgan uch barmoq chap qo‘l bilagida bo‘ladi. Ayollar 
o‘ng qo‘lning hamma panjalarini chap qo‘l kafti ustiga qo‘yishadi. Shu holda qo‘llarini 
erlar kindik ostida, ayollar ko‘kraklari ustida tutadilar. Qiyomda erkaklarning oyoqlari 
orasi to‘rt enli bo‘lishi kerak. Ayollar oyoqlarini juftlab turadilar. Erkaklar ruku’da qo‘l 
barmoqlari orasini ochib ikki tizzani mahkam changallaydilar. Ayollar barmoqlarini 
jamlab tizzalarini tutadilar. Sajdada qo‘l va oyoq barmoqlari qiblaga qaratiladi. Qo‘l 
barmoqlari juftlanib, bosh barmoq qosh to‘g‘risiga qo‘yiladi. Bu holda quloq ustidan 
tushgan narsa qo‘l ustiga tushadigan bo‘lsin, bilaklar yerga tegmasin. «Fatovoi 
Olamgiriya» va «Munyatul musalli» kitoblarida namoz o‘quvchining sajda holida 
oyoqlarini yerdan ko‘tarishi namozni fosid qilishi – buzishi aytilgan. Agar bir oyog‘ini 
ko‘tarsa, makruh bo‘ladi. 
Qa’dada erkaklar chap oyoqlarini to‘shab unga o‘tiradilar. O’ng oyoqlarini, panjalarini 
qiblaga qilib tik tutadilar. Qo‘llar, barmoqlar o‘z holicha tutilib, songa qo‘yiladi. Barmoq 
uchlari tizza bilan teng bo‘lishi lozim. Ayollar chap quyrug‘i bilan o‘tirib, o‘ng tomondan 
ikki oyog‘ini chiqarib, o‘ng boldirini chap boldiri ustiga qo‘yadi. Ayollar sajdada ikki 
bilagini yerga qo‘yadi. 
Namozxon qiyomda sajda qiladigan joyiga, ruku’da oyoqlarining ustlariga, sajda 
qilgan vaqtida burnining yumshog‘iga, o‘tirganda ko‘kragiga, salom berganida yelkasiga 
qarashi lozim. 

Yüklə 119,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə