Microsoft Word dinda savol2 ziyouz com doc


Savol: Namozni ta’xir qilish (kechiktirish) degan gapni qanday



Yüklə 119,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/49
tarix21.08.2023
ölçüsü119,67 Kb.
#120769
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49
Muhammad Sharif Juman, Ahmad Muhammad. Dinda savolim bor... (2-kitob)

 
Savol: Namozni ta’xir qilish (kechiktirish) degan gapni qanday 
tushunish kerak? 
Javob: Namozni ta’xir qilish ikki qismdir. Birinchisi - har bir namozni oxirgi vaqtida 
o‘qish. Ya’ni uning vaqti kirishi bilan ham emas yoki o‘rta holatda emas, balki vaqt 
chiqishiga juda oz fursat qolguncha beparvo o‘tirib so‘ng shoshilinch suratda o‘qimoqlik. 
Ikkinchisi umrining avvalgi damlarida g‘aflat, beparvolik ila qarilik chog‘imda o‘qirman, 
deb ta’xir qilishlik. Bu ikki holat ham musulmon kishi uchun ayb va nuqson hisoblanadi.
 
Savol: Namoz ba’zi holda zimmadan soqit bo‘ladi deb eshitdim. 
Kimlarning zimmasidan namoz soqit bo‘ladi? 
Javob: Namoz aqli mushavvash majnun kishilardan va ayollardan hayz va nifos 
vaqtida soqit bo‘ladi. 
 
Savol: Ba’zi namozxonlar xufton namozidan so‘ng vitr o‘qimay 
masjiddan chiqib ketishadi. Shu to‘g‘rimi? 
Javob: Vitr namozining vaqti qizil shafaq yo‘qolgach xufton namozidan so‘ng tong 
otgunchadir. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Kechaning oxirida uyg‘ona olmay vitr namozini 
qoldirishdan qo‘rqqan vitrni kechaning avvalida o‘qisin, kechaning oxirida uyg‘onishga 
ko‘zi yetgan vitrni kechaning oxirida o‘qisin. Zero, kechaning oxiridagi o‘qish afzaldir», 
deb marhamat etganlar. (Imom Muslim va Termiziy rivoyati)
Xufton namozining sunnatini o‘qib masjiddan chiqib ketuvchilar shu fazilat umidida 
bo‘lishsa kerak. 
 
Savol: Ayrimlar bomdodga azon aytilgandan so‘ng masjidga kelib
«tahiyyat» va boshqa nafl namozlar o‘qishadi, keyin bomdod sunnatini 
boshlashadi. Shu mumkinmi? 


Dinda savolim bor. 2-kitob 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
9

Yüklə 119,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə