67
2. Plankton.
Chuqur joyda yashovchilar
esa uchinchi guruhni, yani 3. Bentosni hosil qiladi, yoki aytish
mumkin - yashash muhitiga bog’liq ravishda suv organizmlari quyidagi hayot shakllariga bo’linadi:
1. Nekton («nektos» - suzib yuruvchi). Bular suv qatlamida faol holda suzib yuruvchi, suvning chuqur joyi
bilan aloqasi yo’q hayvonlardir. Asosan ular yirik bo’ladi. Masalan: baliqlar, kitlar, kalmarlar. Ko’pgina
dengaz baliqlari suv qatlamlarida juda katta tezlik bilan harakat qiladilar. Masalan: soatiga 45 - 50; 100-110 km
va qilich - baliqlar soatiga 130 km. gacha tezlikda harakat qiladilar.
2. Plankton («planktos» - adashib yuruvchilar). Bular tez faol harakatlanmaydigan organizmlar. Ular
oqimga qarshi tura olmaydilar. Suv qatlamida uning oqimi yoki to’lqinlari tasirida harakatlanadi. Bular
asosan mayda hayvonlar - zooplankton, (kichik qisqichbaqasimonlar) bir hujayrali suv o’tlari -
fitoplanktonlardir (yashil, ko’k-yashil, diatom suv o’tlari). Plankton organizmlar suv
yuzasida yoki chuqurlikda
hattoqi tubida joylashadilar.
Suv yuzasida joylashganlari:
Z. Neyston (suzuvchi) masalan: chivinlar, uning lichinkalari kiradi;
4. Tanasining yarim qismi suvda, qolgan yarmi suv yuzasida joylashganlari esa Pleyston nomini olganlar.
Bunga misol qilib ryaskani olish mumkin.
Plankton organizmlari xajmi jixatidan ham farqlanadi:
Nannoplankton - judayam kichik (judayam kichik suv o’tlari va bakteriyalar kiradi).
Mikroplankton - kichik (ko’pchilik suv o’tlari, sodad hayvonlar)
Mezoplankton -o’rtacha (uzunligi 1sm dan oshmaydigan hayvon va o’simliklar)
Makroplankton - yirik (meduzalar, krevetkalar)
Megaplankton - judayam yirik (yirik bir metrdan oshiq keladigan hayvonlar)
5. Bentos («benthos" - chuqurlik). Suvning tubida yopishib va o’rmalab yurib yashaydigan
organizmlar.
Ular ham 2 ga bo’linadi:
1. Fitobentos
2. Zoobentoslarga.
Dengiz fitobentoslari asosan bakteriya va suv o’tlari (diatom, yashil, qizil, qo’ng’ir)dan iborat.
Dengiz tubining qoyali va tosh maydonchalarida fitobentoslar juda ko’p bo’ladi. Masalan: laminariya, fukuslar.
Ayrim hollarda 1 m joyda 30 kg gacha biomassa hosil qiladi.
Chuchuk suvlarda qirg’oqdan ichkariga tomon fitobentos poyaslari aniq ko’rinib turadi.
Masalan: 1 - poyasda yarim botiq o’simliklar (qamish, rogoz, osoqa); 2 - poyasda botiq o’simliklar yani
suzuvchi barglari bilan (kubushka, kuvshinka, ryaskalar, vodoqraslar); 3 - poyasda esa botib o’suvchi
o’simliklar - rdestlar, elodeyalarni ko’rish mumkin ekan.
Chuchuk suv havzalarida zoobentoslar dengiz, okeanlarga qaraganda kam uchraydi. Bular
asosan - soddalilar, chuvalchanglar, molyuskalar, hasharotlarning lichinkalari hisoblanadi.
1. Perifiton («peri» - atrofida, oldida). Bular yuksak o’simliklarning poyasiga yopishib ko’tariluvchi
molyuska, kolovratka, gidra va boshqalar hisoblanadi.
Suv organizmlarining ekologik plastikligi.
Suv organizmlari erdagilarga qaraganda
kam ekologik plastiklikga ega, chunki suv turg’un muhit
hisoblanadi. Dengiz o’simlik va hayvonlari eng kam plastiklikga egadir. Ular suvning sho’rlanishi va
haroratning o’zgarishilarini judayam sezadilar.
Yuqori ekologik plastiklikga ega bo’lgan gidrobnontlar keng tarqalgandir. Masalan: Elodeya. Ekologik
plastikligi tor organizm tipik stenoterm - lotos (nilufar) o’simligi hisoblanadi. U faqat yaxshi isigan kichik suv
havzalarida o’sadi.
Suv o’simliklarining moslanish xususiyatlari.
Suv o’simliklarining ekologiyasi, erda o’sadiganlardan keskin farq qiladi. Birinchi navbatda
ularning ildiz tizimi, o’tkazuvchi to’qimalari kuchsiz taraqqiy etgan. Ildiz tizimi substratda yopishib, o’simlikni
suvda
ushlab turishga xizmat qiladi, mineral oziqlanish va suv bilan taminlamaydi. Ularning oziqlanishi butun
tanasi orqali sodir bo’ladi. Kuchli taraqqiy etgan ildizpoyasi (ayrim turlarda), vegetativ ko’payish va oziq
moddalarni to’plash maqsadida xizmat qiladi. Mexanik to’qimalari kuchsiz rivojlangan. Barg, poya,
ildizlarida havo bilan to’lgan hujayra oraliqlari, bo’shliqlari mavjud. Shuning uchun ham ular suv yuzasida
oson suzib yuradi.
Suv hayvonlarining moslanish xususnyatlari.
O’simliklarga qaraganda hayvonlarning suv muhitiga moslashuvi yanayam xilma-xildir. Ularning ichida
anatomo - morfologik,
fiziologik, hulq - atvor va boshqa moslashuv belgilarini ajratish mumkin.
68
Suv qatlamlarida uchraydigan hayvonlarda birinchi navbatda suzishini tezlashtiradigan, suv oqimiga
qarshi tura oladigan moslanishlar mavjud. Suv tubidagilarda esa aksincha: suv yuziga chiqmaslik, kuchli
oqadigan suvlarda ham tubida o’zini ushlab tura olishi kabilar rivojlangan.
Faqat suv muhitidagina - harakatsiz, sutstratga yopishib yashaydigan hayvonlarni ko’rish mumkin.
Ularga tana tuzilishining o’ziga
xos ekanligi, (tana zichligi suvning zichligidan katta), maxsus moslamalarning
(substratga yopishib turishi uchun) bo’lishi xarakterlidir.
Suvda tovush havodagiga nisbatan tez tarqaladi. Shuning uchun ham kuz yordamida mo’ljal olishdan
ko’ra gidrobiontlar uchun tovush yordamida mo’ljal olish afzal hisoblanadi. Hayvonlar judayam nozik to’lqin
uzunliklari o’zgarishini ham sezar ekan. Masalan: meduzalar, baliqlar, qisqichbaqasimonlar, molyuskalar,
sutemizuvchilar tovush chiqarish orqali aloqada bo’ladilar. Bazi bir gidrobiontlar ozuqa topishda aks sadodan
foydalanadilar.
Okeanlarning ekologik zonalari.
Suv muhitida gorizontal, ayniqsa vertikal holdagi zonallik xarakterli hisoblanadi. Yuqorida qayd
etilgani kabi suv qatlami – pelagial zona, okean tubi – bental zona deb ataladi. Bental zona o’z navbatida
supralitoral, litoral, sublitoral, batial, abissal zonalarga bo’linadi. Supralitoral – okeanlarning
qirg’oqi hisoblanadi. Litoral zonaning yuqori qismi, yani suv tulkini eng yuqori ko’tarilib boradigan
joylardan iborat bo’lib, bu erlarda quruqlikda va okeanda yashaydigan organizmlar tarqalgan.
Litoral – dengizning qirg’oq tubi hisoblanadi va suv qaytgan vaqtda qurib qoladi. Bu zonaga suvning
pasayishi chegarasi bilan eng yuqori ko’tarilishi oralig’i deb qarash mumkin. Bu zonada yashovchi
organizmlar
sutka davomida 2 marta suv bilan taminlanib, 2 marta undan holi
bo’ladi. Chegarasi 40 - 50 m chuqurlikgacha
boradi.
Harorat va suvning sho’rlanishi keskin o’zgarib turadi, suv pasayganda quyosh nurlari bu zonaga
tik tushadi. Sublitoral - okeanning qirg’oq bo’yi hisoblanadi. U litoral zona bilan qo’shilgan holda 40 -
50 m. dan 200 m. gacha va undan chuqurroq joylarni egallaydi. Bu erlar bentos suv o’tlari va sanoat uchun
ahamiyatli umurtqasiz hayvonlarga boy hisoblanadi.
Batial – 200 - 2000 m. gacha qiyalikdagi
chuqurliklarni egallab olgan, yani nerit va abissal zonalar
oralig’ini tashkil etadi. Bu zonaning yuqori qismiga kuchsiz yorug’lik tushishi, quyi qismiga esa mutlaqo
ko’zga ko’rinadigan nurlarning etib bormasligi bilan xarakterlanadi. Harorat va suvning sho’rlanishi ham
o’zgarib turadi. Nerit zonaga nisbatan shag’al, chig’anoqlardan iborat hamda loy qatlami bilan ajralib turadi.
Abissal – dunyo okeanining tubiga to’g’ri keluvchi dengizning 2000 m. dan ortiq
chuqurliklarini egallaydi. Bu zonada suvning harakati judayam sekin, harorat 0°S atrofida. mutlaqo yorug’lik
tushmaydi. Shuning uchun yashil o’simliklar bo’lmaydi.
Suv havzalari ham ikkita katta guruhga bo’linadi:
1. Tinch turib qolgan suv havzalari yoki lentik muhit. Bunga ko’llar, havzalar va botqoqlar kiradi.
2. Oqar suvlar – lotik muhit deb ataladi. Bunga daryolar va soylar kiradi.
Tinch yoki lentik suv havzasida uchta zonani ajratish mumkin:
1. Litoral zona - suvning chuqur bo’lmagan qismi. YOrug’lik bu erga suv tubigacha etib boradi.
Yuksak
o’simliklar va bazi bir suv o’tlari uchraydi.
2. Limnik zona – Suvning undan pastroq qismi bo’lib, bunga yorug’lik kam holda tushib turadi. Bu
zonadan keyin esa yorug’lik tushmaydi. Natijada biomassa to’planmaydi. Limnik zonaning pastki
chegarasi kompensatsiya gorizonti deyiladi.
3. Profundal zona - Bu joyga yorug’lik tushmaydi.
Mustaqil ish topshiritspari:
1. Quruqlik va suv muhitidaga vertikal zonallikni bir-biriga taqqoslagan holda referat tayyorlang.
Er-havo muhiti haqidagi malumotlarni o’qib, o’zlashtirib oling. Er -havo muhiti - yashash muhiti ekanligi
haqida xulosa chiqaring.
Manba: V.A.Radkevich. Ekologiya. Minsk. «Vshsheyshaya» shkola», 1983. 111-
1236.