65
MA’RUZA – 13
Mavzu: Quruqlik va suv ekotizimlari
Reja:
1.
Quruqlik va suv ekotizimlarining asosiy xususiyatlari.
2. Suv muhitidagi hayot
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: pelagial, bental, gidrobiont, nekton, plankton, bentos,
neyston, pleyston, perifiton,
supralitoral, litoral, sublitoral, batial, abissal, leytik, lotik, limnik, profundal
zonalar, cho’l, adir tog’, yaylov zonalari.
1 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Quruqlik va suv ekotizimlarining asosiy
xususiyatlarini bayon etish. Suv muhitidagi hayot va quruqlik ekotizimlarining suv muhitidan farqli belgilari
haqida fikr yuritish, talabalar ongiga singdirish.
Evolyutsiya jarayonida quruqlikda yashovchilarda o’ziga
xos anatomo - morfologik, fiziologik, xulqiy
va boshqa moslanishlar kelib chiqgan. Ularda nafas olish jarayonida kislorodni o’zlashtirish chun organlar
hosil bo’lgan. Masalan: o’simliklarda og’izchaning bo’lishi; hayvonlarda o’pka va traxeya. Noqulay
sharoitdan himoyalanish uchun murakkab moslanishlar ishlab chiqilgan (hayotiy tsikllarning davriyligi va
maromi, to’qimalarning tuzilishi); tuproq bilan aloqaning o’rnatilishi (o’simlik ildizi, hayvonlar qoldig’i);
ozuqa axtarish maqsadida hayvonlarda judayam kuchli harakatchanlikning
ishlab chiqilishi; uchuvchi
hayvonlarning paydo bo’lishi - ular esa havo oqimi bilan o’simliklarning meva, urug’, changlarini bir joydan
ikkinchi joygatashiydi.
Er yuzasidagi ekotizimlar ko’p yarusli bo’lib, ular har xil balandliklarda vertikal joylashgan
qatlamlarga ega. Masalan, o’rmonlarda bir necha yaruslarni ajratish mumkin:
1. Daraxtlar
2. Butalar
3. Butachalar
4. Ko’p yillik
5. Bir yillik
6. Lianalar va hoqazo
Hayvonlar ham o’rmonda har
xil yaruslarni egallab, yani har xil balandlikda yashaydilar. Ko’pgina
qushlar o’z inlarini erda qursa, ayrimlari daraxtlarning ustiga quradi. Har bir yarusdagi mavjud o’simlik,
umurtqali va umurtqasiz hayvonlar o’rtasida kuchli bog’lanishlar kuzatiladi.
Quruqlik muhitida suv muhiti kabi aniq ajratilgan iqlim zonallikni ko’rishimiz mumkin.
O’simlik va hayvonlar har qaysi zona uchun xos bo’lgan sharoit bilan chambarchas bog’liq bo’ladi,
chunki ular shu erlarda yashaydilar va birinchi navbatda kompleks iqlim omillariga moslashadilar. Bu esa
tuproq sharoitiga, relefiga, geografik va joyning boshqa xususiyatlariga ham bog’liq bo’ladi. G.Valter asosan
6 ta iqlim zonasini ajratadi.
1. Ekvator
2. Tropik
3. Quruq
subtropik
4. Almashinib turuvchi
66
5. Mo’tadil
6. Arktik
Har bir iqlim zonasi o’zining o’simlik va hayvonot olami bilan tavsiflanadi. Eng boy hayotiyligi va
hosildorligi bilan tropik o’rmonlar, yirik daryolarning qirg’oqlari, subtropik o’rmonlar ajralib turadi.
Cho’llarda, sahrolarda esa kam bo’ladi.
O’ziga xos o’simliklar dunyosi va landshaftiga ega bo’lgan biogeotsenozlar geografik zonallik bilan ham
chambarchas bog’liq bo’ladi. Geografik zonallik natijasida
biomlar deb ataluvchi yirik regional ekotizimlar
hosil bo’ladi. Bunday biomlarga tundra, tayga, o’rmon, cho’l, dasht va tropik o’rmonlar misol bo’ladi.
Markaziy Osiyo regionining ekotizimlari.
Bu regionning fizik - geografik sharoiti va landshafti ham juda xilma-xildir. Shimoliy-g’arbiy xududlar
cho’l va chala cho’llardan iborat bo’lib, yozi quruq issiq,
kishi sovuq, yog’ingarchiliqning kam bo’lishi
bilan tariflanadi.
Tog’ oldi va tog’ xududlarida chala cho’llar, quruq cho’llar, to’qaylar, aralash va archali o’rmonlar, alp
o’tloqlari hamda sovuq tog’ cho’llari kabi biomlar uchraydi.
O’rta Osiyo va Kavkaz atrofida dengiz sathidan ko’tarilgan sari iqlim hamda tuproq sharoiti o’zgarib
boradi. Joyning absolyut balandligi qancha yuqori bo’lsa, iqlim shuncha salqin bo’ladi. Bunday holat faqat
tuproqni emas, balki o’simliklar dunyosini ham o’zgartiradi. Natijada tekisliklarda o’sadigan, issiqsevar yoki
kserofit o’simliklar o’rnini asta-sekin sovuqga chidamli yoki mezofil o’simliklar egallaydi. Tabiatdagi bu
hodisa vertikal zonalliq deyiladi.
Bundan tashqari, 1969 yili ota-bola K.Z.Zokirov va P.K.Zokirovlar tamonidan o’simliklarning
ekologik klassifikatsiyasi taklif qilindi. Bunda O’rta Osiyo o’simliklari baland mintaqalar bo’yicha
tarqalishiga asosan quyidagi zonallikga (poyasga) bo’linadi:
1. Cho’l zonasi - O’rta Osiyoning butun tekislik qismi. Dengiz sathidan 500 - 600 m. balandlikda
joylashgan.
2. Adir zonasi - Cho’l va tog’ zonalari o’rtasida joylashgan. Dengiz sathidan 500 - 700 m. bazi joylari
esa 1200- 1600 m balandlikda joylashgan.
3. Tog’ zonasi - bu zona dengiz sathidan 1200-1500 dan 2700 - 2800 m gacha bo’lgan
balandliklarni egallaydi.
4. Yaylov zonasi - Dengiz sathidan 2700-2800 m balandlikdan eng yuqori cho’qqilargacha bo’lgan
joylar yaylov zonasi hisoblanadi.
Er- havo muhitida, yani quruqlik ekotizimlari uchun quyidagi xususiyatlar tegishlidir yoki ular suv
muhitidan quyidagi belgilari bilan farq qiladi:
1. Quruqlikda asosiy chegaralovchi omil - bu namlik hisoblanadi.
2. Harorat quruqlikda suv muhitiga nisbatan ko’proq o’zgarib turadi.
3. Tuproq organizmlar uchun asosiy tayanch vazifasini bajaradi.
4. Quruqlikda turli geografik to’siqlar (tog’lar,
daryolar, cho’llar) organizmlarning erkin harakat
qilishiga halaqit beradi.
5.
Substrat xarakteri - quruqlik ekotizimlari uchun muhimdir. Tuproq har xil biogen
elementlarning manbai bo’lib, yuqori taraqqiy etgan ekologik muhitdir. Quruqlikda yuqori taraqqiy
etgan o’simlik va hayvon taksonomik guruhlari uchraydi, ularning eng murakkablari
ustunlik (dominantlik) qiladi.
2 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Gidrobiontlarning ekologik
guruhlarini tahlil qilish,
suv o’simlik va hayvonlarining moslanish xususiyatlarini bayon qilish, okeanlarning ekologik zonalari
haqida tushuncha berish.
Malumki, hamma tirik organizmlar uchun suv, tuproq, havo - asosiy hayot muhiti hisoblanadi.
Bulardan suv - muhit sifatida ko’pgina organizmlarga xizmat qiladi. Suv muhitida yashovchi organizmlarga –
g
i d r o b i o n t l a r deb ataladi.
Dunyo okeanida suv qatlami - pelagial («re1agos» - dengiz); suv tubi - bental («benthos» -
chuqurlik) deyiladi.
Pelagial organizmlar suvning malum qatlamlarida faol suzishi yoki turishi mumkin. Shunga ko’ra,
pelagial organizmlar ikkita guruhga bo’linadi:
1. Nekton;