69
2. Cho’l, adir, tog’ va yaylov zonalari ularning o’simliklari va hayvonat
olami haqida mustaqil
tayyorlaning. Zonalarning bir-biridan farqlari, o’simliklardagi, hayvonlardagi farqlari va turlar haqida
tushuncha hosil qiling.
Manba: 1. A.S. To’xtaev. Ekologiya. T.O’kituvchi», 1998 149-153 6.
2. K.X. Xaydarov, K.X.Xojimatov. O’zbekistan o’simliklari. T.«O’qituvchi», 1992. 43-91 b.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. V.A.Radkevich. Ekologiya. Minsk. «Vısshaya shkola», 1983. 91-123 b.
2. N.M.Chernova, A.M.Bılova. Ekologiya. M.«Prosveshenie», 1988. 62-72 b.
3. A.S.To’xtaev. Ekologiya. T.«O’qituvchi», 1998. 53-56 b. 141
MA’RUZA – 14
Mavzu: Biosfera haqida talimot
Reja:
1. Biosfera haqida tushuncha. Biosfera haqida xozirgi zamon ilmiy qarashlarining
shakllanishida V.I. Vernadskiyning roli. Biosfera qatlamlari.
2. Tirik va biokos moddalar. Biosferada moddalarning aylanishi.
3. Noosfera. Biosfera va inson faoliyati.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Biosfera, atmosfera, litosfera, gidrosfera,
troposfera,
stratosfera, ozon qatlami, biokos, biogen, o’lik va tirik moddalar, moddalarning kichik va katta doiradagi
aylanishi, noosfera.
1 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Talabalarga biosfera haqida tushuncha berish.
V.I.Vernadskiyning «Biosfera talimoti» haqida va uning buyuk olim ekanligini talabalar ongiga etkazish.
Biosfera qatlamlari haqida malumot berish.
Biosfera haqida tushuncha. Biosfera haqida xozirgi zamon ilmiy qarashlarining shakllanishida
V.I. Vernadskiyning roli. Biosfera qatlamlari. Erning tirik organizmlar tarqalgan va uning hayot faoliyati ruy
beradigan joy yoki qobiq – biosfera deyiladi. «Biosfera» grekcha so’z bo’lib - «bios» - hayot, «sfera» - shar
degan manoni beradi. Bu termin 1875 yilda paydo bo’lib, uni birinchi marta avstraliyalik geolog E. Zyuss –
tirik organizmlar yashaydigan er qobig’ini belgilash maqsadida qo’llagan.
Biosfera talimotining asoschisi akademik Vladimir Ivanovich Vernadskiy hisoblanadi (1863- 1945).
Buyuk olim V.I.Vernadskiy kuchli qobiliyat egasi bo’lib, o’ziga malum bo’lgan bilimning rivojlanishini
10 yillab oldindan ko’ra bilgan. Uning ishlari XX - asrning ikkinchi yarmida yuksak baxolanadi, yani ekotizim
kontseptsiyasi paydo bo’lgandan keyin. 30 - yillardayoq u inson tamonidan yaqin kelajakda
yadro energiyasi
zaxiralaridan hamda koinotning o’zlashtirilishini oldindan aytib bergan. U mineralogiya, geokimyo,
biogeokimyo, radiogeologiya fanlarini yaxshi bilgan.
V.I. Vernadskiy ijodining cho’qqisi bo’lib, 1926 yilda «Erning biosfera talimoti»ni yaratilishi
hisoblanadi. Shu yili uning Sankt - Peterburgda, 3 yildan keyin Parijda, keyinroq Berlinda «Biosfera v
kosmose», «Oblast jizni» kabi ocherklari bitta umumiy nom bilan «Biosfera» nomi bilan bosilib chiqadi.
Bu ocherklar o’zining dolzarbligini hali ham yo’qotmagan.
U ilmiy ishlari bilan bir qatorda katta jamoat ishlarini olib borgan. U Ukraina Fanlar Akademiyasini
tashkil qilgan va uning birinchi prezidenti bo’lgan.
Uning taklifi bilan Geografiya instituti, Mineralogiya va Geokimyo institutlari tashkil qilingan. Doimiy
muzliklarni o’rganish komissiyasiyai tashkil qilishni ham birinchi bo’lib taklif qilgan inson hisoblanadi.
Erning tirik organizmlar va biogen cho’kindi tog’ jinslari tarqalgan qismini rus olimi akademik V.I.
Vernadskiy – biosfera deb atagan. Bunda u uchta asosiy komponentlarni ajratadi: tirik organizmlar. mineral
modlalar - biogen moldalarning aylanma harakatida ishtirok etuvchilar; tirik modlalarning hayot faoliyati
mahsulotlari - ular vaqtincha biogen aylanmada ishtirok etmaydigan.
Vernadskiy talimotiga asosan - biosferada tirik modda va yashash muhiti bir - biriga bog’liq bo’lib, bir
–
biriga tasir qilib, bir butun dinamik tizimni hosil qiladi.
70
Planetamizning taraqqiyot tarixida va hozirgi hayotida biosferaning roli katta, chunki er -geografik
qobig’i taraqqiyotida biokimyoviy, geokimyoviy jarayonlarning ro’y berishida «tirik organizm» larning
ishtiroki juda ham muhimdir. Organizmlar - tog’ jinslarining nurashida, tuproq hosil bo’lishida, relef
shakllarini o’zgaririshda, qazilma boyliklarining paydo bo’lishida va hakazo ishtirok etadi.
Biosfera sayyoramizdagi «hayot qobig’i» hisoblanib, tirik organizmlarning o’zaro chambarchas aloqa,
munosabatlaridan iborat murakkab ekotizimlar
majmuini tashkil qiladi, V.I. Vernadskiy
tushunchasiga ko’ra, biosferaga xozirgi vaqtda faqatgina erning kobig’ida tarqalgan tirik organizmlar
kirib qolmay, balki uning tarkibiga qadimgi davrlarda organizmlar ishtirokida hosil bo’lgan litosferaning
qismi ham kiradi.
Biosfera tarkibiga tirik organizmlar va ularning yashash joylari kiradi. Bunda organizmlar
o’rtasida murakkab o’zaro bog’lanishlar mavjud bo’lib, bir butun organik harakatdagi tizimni tashkil etadi.
Biosfera atmosferaning quyi qismi, gidrosferani va litosferaning yuqori qatlamlarini o’z ichiga oladi.
Er sharining tashqi qattiq kobig’i - litosfera deb ataladi («litos» - grekcha tosh degan manoni beradi).
Gidrosfera - erning suvli, suyuq qobig’i (okean, dengiz, ko’l va daryolar, muz va botqoqlik va 5 km.
gacha chuqurlikda bo’lgan er osti suvlari kiradi). Lito va gidrosfera ustida 100 km balandlikgacha
atmosfera davom etadi. Atmosfera - er kurrasini o’rab olgan havo qoplami. Agar atmosfera bo’lmasa, unda er
yuzasi kechqurun – 100 °S ga sovub, kunduzi 100
0
S ga isib ketadi. Erning himoya qoplami ham
hisoblanadi.
Atmosfera - tabiatning eng muhim elementlaridan biri bo’lib, tirik organizmlarning yashashi uchun
juda ham zarurdir.
Chunki organizm, xususan inson suvsiz, ovqatsiz bir necha kun yashashi mumkin, lekin u
havosiz faqat 5 minut yashaydi, xolos. Demak, erda hayotning mavjudligi, ayniqsa inson yashashi toza havoga
bog’liq ekan. Inson bir sutkada 1 kg ovqat, 2 l suv istemol qilsa, nafas organlari orqali 25 kg havoni yutadi.
Shuning uchun havo ifloslansa, har bir organizmning fiziologik holati ham o’zgaradi.
Toza havo - o’simlik,
hayvonlar, qishloq xo’jalik ekinlari uchun ham zarurdir, yana antibiotiklar,
yarim o’tkazgichlar, aniq ulchagich asboblari ishlab chiqaradigan sanoat tarmoqlari uchun ham toza havo
kerak.
Atmosferaning ifloslanishi
- faqat sayyoramizdagi tirik mavjudotlarning, inson salomatligiga salbiy
tasir etib qolmay, balki xalq xo’jaligiga ham juda katta zarar etkazadi. Shu sababli ham bugungi kunda eng
muhim masalalardan biri - atmosfera havosini toza saqlashdir.
Atmosfera haqidagi malumotlar «tabiatni muhofaza qilishning ekologik printsiplari» mavzusidagi
yanada batafsil yoritiladi.
Atmosferaning o’rta xisobda 15 km balandlikgacha bo’lgan pastki qatlami - troposfera deyiladi.
(grekcha «trope» - o’zgarish) degani. Troposferadagi havoda muallaq holdagi suv bug’lari bo’ladi va er
yuzasining notekis isishidan ular kuchib yuradi.
Troposfera ustida balandligi 100 km ga etadigan stratosfera bor. Strosferada 20 - 22 km balandlikda erkin
O
2
quyosh nuri tasirida ozonga aylanadi. (O
2
—> O
3
). Ozon tirik organizmlar uchun halokatli bo’lgan
quyoshning ultrabinafsha nurlarini qaytaradigan -
yupqa ozon qatlamini, ozon ekranini hosil qiladi. Mana shu
ozon qatlamidan ham yuqoriga ko’tariladigan hamma tiriklik halokatga uchraydi. Ozon qavati faqat
tiriklikni saqlab qolmasdan - evolyutsiya taraqqiyotini ham taminlab turadi.
Atmosfera – juda ko’p xilma - xil tirik organizmlar bilan to’yingan bo’lib, ular havoda aktiv yoki
passiv harakatda bo’ladi. Bakteriya va zamburug’larning sporalari 20 - 22 km. balandlikda uchraydi,
asosiy qismi 1 - 1,5 km balandlikda tarqalgan.
Litosferaning yuzasi, atmosferaning erga yaqin qatlami, chuqur bo’lmagan suvlar hamda
gidrosferaning yuzada qatlamida tirik moddalarning to’planishini Vernadskiy «Hayot pardasi» deb ataydi. (tirik
moddalar qatlami).
Umuman, biosfera - murakkab tizim bo’lib, o’lik va tirik tabiatni o’z
ichiga olgan murakkab
komponentlardan iboratdir. Bunda doim modda va energiya almashinuvi tsikllari boradi.
2 - asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi : Tabiatdagi tirik va o’lik moddalar, biokos va biogen
moddalar haqida fikr yuritish, tushuncha xosil qildirish. Biosferada moddalarning aylanishi hamda tirik
moddalarning asosiy funktsiyalari xaqida malumot berish.
Tirik va biokos moddalar. Biosferada moddalarning aylanishi. Sayyoramizdagi barcha tirik
organizmlar yig’indisini V.I. Vernadskiy tirik modda deb ataydi. Tirik moddalarning eng muhim
xususiyatlari esa uning umumiy vazni, kimyoviy tarkibi va energiyasi hisoblanadi.
Tirik moddalar - bir tekis tarqalgan joylar, suv qatlami, yani tuproq, uning qatlamidagi o’simlik ildizlari,
zamburug’lar,
mikroorganizmlar, tuproqda hayot kechiruvchi boshqa hayvonlar, o’simliklarning er osti
organlari qismi joylashgan qatlam hisoblanadi. Bu erda o’simliklarning sporalari, chang donachalari va
urug’larining asosiy massasi ham uchib yuradi. Biosferada faqat tirik moddaning bo’lishi xarakterli bo’lib