77
Aholi, sanoat va transport zich joylashgan shaharlar biosfera ifloslanishining
asosiy manbalari
hisoblanadi. Yirik shaharlarni
xuddi harakatdagi vulqonlarga o’xshatsa bo’ladi. Ular har kuni atrof - muhitga
minglab tonna zararli birikmalar, iflos oqavalar, qattiq chiqindilar, issiqlik chiqarib turadi. Shaharlarda
aholining kasallanish darajasi ham yuqori hisoblanadi.
O’zbekistonda aholining 40 % - shaharlarda yashaydi.
Inson kundalik hayot ehtiyojlarini qondirish uchun tabiatni o’zgartiradi va undan foydalanadi.
Tabiatni foydalanish muhim siyosiy va iqtisodiy muammo hisoblanadi. Tabiiy resurslardan foydalanish,
muhitning ifloslanishi - davlatlararo kelishmovchilik, hatto urush harakatlarini keltirib chiqarishi mumkin.
Tabiatdan foydlanish talablarining buzilishi katta iqtisodiy zarar etkazmoqda.
Bizda ham tabiiy muhit holati ancha ayanchli holga kelib qolgan. Er osti boyliklarining isrofgarchilik
bilan o’zlashtirilishi natijasida katta maydondagi unumdor erlar yaroqsiz ahvolga tushgan. Suv, havo,
tuproq ifloslangan. Cho’lga aylanish, sho’r bosish, jarayonlari tezlashgan. Orol dengizi, Orol bo’yi
muammolari yana ko’plab ekologik jumbog’larni keltirib chiqarmoqda.
O’zbekistonda turli xastaliklarning ko’payishi va atrof - muhitning ifloslanishi o’rtasida bevosita
bog’lanishlar kuzatilmoqda.
Insonning sog’ - salomatligi ijtimoiy omillarlan tashqari ko’p jixatdan atrof -
muhitnish ekologik holatiga
ham bog’liqdir. Tabiiy muhit qanchalik toza, havo, er usti va er osti suvlari, tuproq, o’simlik, hayvonot
olamining tozalik darajasi tabiiy meyorda bo’lsa, inson sog’ligi ham shuncha mustahkam bo’ladi. Shundagina
kishi organizmi tashqaridan to’satdan bo’ladigan bazi xurujlarga bardosh bera oladigan va qarshi kurasha
oladigan darajada rivojlanadi.
Bizda ham noqulay ekologik vaziyatlar turli kasalliklarning yoyilishiga olib kelmoqda.
Yu.Shodimetov (1994)ning takidlashicha, O’zbekistonda keyingi 15 yilda (1976 - 1990 y) katta yoshdagi
aholi va bolalar orasida umumiy kasalga chalinish (har 10 ming kishi hisobiga) muntazam o’sib borgan.
1991 yilga nisbatan 1993 yilda sanoati rivojlangan va transport harakati kuchli bo’lgan shahar va
viloyatlarda kishilarning kasalliklarga chalinishi ancha ko’p bo’lgan. Bularga misol qilib: Farg’ona,
Andijon, Olmaliq, Chirchik, Toshkent shaharlarini, Sariosiyo tumani, Xorazm ziloyati va Qoraqalpog’iston
Respublikasini alohida ko’rsatish mumkin.
Respublikadagi
sanoat korxonalarining havo, suv, tuproq, umuman atrof - muhitning ifloslanish
darajasini o’rganish shuni ko’rsatadiki, 1990 yilning oxirlarida O’zbekiston qishloq xo’jaligining 87,2 %
korxonalari ekologiya - gigiena talablariga javob bermagan va tabiiy muhitni bulg’ash manbalari bo’lgan.
Barcha sanoat korxonalarining 20 % ekologik jixatdan toza, ishlab chiqarish korxonalarini 216
tasi (25
%) ekologik jixatdan juda xavfli hisoblangan (Shodimetov, 1994).
Aholi sog’ligini saqlashda shahar va qishloqlarda kanalizatsiya tarmoqlari bilan taminlanganlik
ham muhim o’rin tutadi.
Kanalizatsiya tizimining bo’lishi - aholi yashaydigan joylarda er osti va er usti suvlariga kanalizatsiya
chiqindilari aralashuvining oldini oladi.
Professor Yu.Shodimetovning tahliliga ko’ra, respublikamizning ayrim joylarida tabiiy muhitning
ifloslanishi oqibatida, ayniqsa qishloq joylarida 14 yoshgacha bo’lgan bolalarda temir moddasi
etishmaydigan kamqonlik, sil kasalligi va yuqori nafas yo’llariga mikroblar o’tiradigan
kasalliklar tez -tez
uchrashi kuzatilmoqda.
Mineral o’g’itlar dexqonchilikda keng miqyosda ishlatiladi. Bularning ichida eng xavflisi - amiakli selitra
hisoblanadi. U ko’proq sabzavot - poliz ekinlariga ishlatilishi oqibatida ularning tarkibida nisbatan ko’proq
uchraydi.
Mutaxassislarning aniqlashicha, nitratlar bakteriyalar hayot faoliyatida havfli hisoblangan nitritlargacha
qaytarilishi mumkin. Nitratlar ikkilamchi aminlar bilan reaktsiyaga kirishib, nitrozaminlargacha aylanadi.
Jaxon miqyosidagi olimlarning ilmiy - tadqiqot ishlari shuni ko’rsatadiki, nitrozaminlar rak paydo
qiluvchi omil hisoblanadi. Respublikada tuzalishi murakkab bo’lgan bu kasallik bilan og’rigan
bemorlarning soni muntazam ravishda oshib bormoqda. Rasmiy malumotlarga qaraganda so’ngi 10 yilda bu
kasallik 17 % ga ko’paygan.
Azot nitrati bilan to’yingan poliz mahsulotlari ozuqalik va biologik qimmatini kamaytiradi, ularning
saqlanishi mudlatini qisqartiradi. Mirzacho’l qovunlari katta, chiroyli, toshbosar va yirik qilib etishtiriladi, lekin
bozorlarda 3 - 4 kun
orasida aynib, chiriydi, suv bo’lib oqib ketadi.
Qovunda mumkin bo’lgan nitratning miqdori har kg ga 60 mg dan ortmasligi lozim.
Orolbo’yida amalga oshirilgan yalpi tibbiyot ko’rigi (3 mln. dan ortiq aholi tekshiruvdan o’tkazilgan)
aholining ko’proq qizilo’ngach raki, qon va qon paydo qiluvchi azolar, yurak - qon tomir tizimi, asab,
kamqonlik va boshqa kasalliklar bilan og’rigani aniqlanadi. Bunga asosiy sabab - Amudaryo suvining
ifloslanganligi, suv tarkibida turli pestitsidlar, erigan mineral o’g’itlar, neft mahsulotlari va boshqa organik
birikmalarning mavjudligidir.
78
Hozirda Orolbo’yi aholisining toza ichimlik suvi bilan taminlash borasida talay ishlar amalga oshirildi.
Nukus va Urganch shaharlari tomon katta diametrli quvurlar yotqizildi va ular orqali ko’p miqdorda toza
ichimlik suvi yuborilmoqda.
Aholini toza ichimlik suvi bilan taminlash bilan qishloq joylarida ko’pgina kasalliklarning keskin
kamayishigaerishish mumkin.
Atrof muhit ifloslanishining sotsial – iqtisodiy oqibatlari. Inson faoliyati natijasida bitta korxona
chiqindilari bilan atmosfera, daryo, ko’l ifloslanishi va hatto o’rmonlar yo’qolib ketishi mumkin. Bu lokal
(mahalliy) ekologik mummolariga misol bo’la oladi. Foydali qazilmalarni qazib olish va
ularni qayta ishlash
natijasida dengizlar, suv havzalari, shaharlarning tabiiy muhiti ifloslanishi, hududlarning buzilishini hududiy
(regional) ekologik muammolar tarzida qarash mumkin.
Ammo insonning xo’jalik faoliyati yanada global xarakterga ega bo’lib borib, biosferada kechadigan
jarayonlarga ancha katta tasir ko’rsata boshlaydi.
Insoniyat biosferadagi qator jarayonlarning borishini, xususan, qator elementlar migratsiyasi va
kimyoviy aylanshini sezilarli darajada o’zgartirib yubordi.
Hozirgi vaqtda, garchan juda sekinlik bilan bo’lsa-
da, butun biosferada sifatiy va miqdoriy jihatdan qayta qurish yuz bermoqda. Endilikda yaqin vaqtlarda hal
etilishi zarur bo’lgan qator murakkab ekologik muammolari yuzaga keldi.
So’ngi yillarda olimllar atmosferaning azon qatlamining yupqalashib, emirilib borayotganini bot - bot
takidlashmoqdalar. Xolbuki azon qatlami ultrabinafsha nurlarining zararli tasiridan tirik jonzotlarni himoya
qiladi. Bu jarayon ayniqsa sayyoramiz kutblarida tez kechmoqda. U erda "azon tuynigi" hosil bo’lishi
kuzatilmoqda. Ultrabinafsha nurlar tasirida kislorod (O
2
) molekulalari erkin atomlarga parchalanadi. Ular o’z
navbatida kislorodning boshqa molekulalariga birikib, ozon (O
3
) hosil qiladi. Kislorodning erkin atomlari azon
molekulalari bilan reaktsiyaga kirishib, kislorodning ikki molekulasini hosil qiladi. Shunday qilib,
kislorod va
azon o’rtasida muvozanat o’rnatiladi va taminlanadi.
Biroq freon tipidagi ifloslantiruvchilar azonning parchalanish jarayonini tezlashtiradi. Bu kislorod va
azon o’rtasidagi muvozanatni buzadi, yani azon kontsentratsiyasi kamayadi. Butun sayyora miqyosidagi xavf -
xatarni etiborga olib, xalqaro jamoatchilik bu muammoni hal etishga dastlabki qadamlarini qo’ydi. 1999 yilda
freon ishlab chiqarishni yarim barovar kamaytirish borasida xalqaro shartnoma imzolandi.
"Parnik effekt" - atmosferada temperaturaning ortishidir. Yangi malumotlar bo’yicha, XX asrning 80
yillarida XIX asrning oxiridagiga qaraganda shimoliy yarim sharda harorat 0,5 - 0,6
o
S ga ko’tarilgan. Bashorat
bo’yicha XXI asr boshlarida sayyoradagi o’rtacha harorat yana 1,2
o
S ga ko’tarilishi mumkin. Olimlar
haroratning bu tarzda ko’tarilishini birinchi navbatda atmosferada karbonat angidrid gazi va aerozol (freon)lar
miqdorining ortishiga bog’lab tushuntiradilar. Bunda Erning issiqlik nurlanishini havo kuchli yutadi. Buni
parnikdagi holatga o’xshatish mumkin. Ravshanki, bunday "parnik effekti"ning yaralishida TETs va AESdan
ajraluvchi issiqlik ham malum rol o’ynaydi.
Iqlimning isishi muzliklarning intensiv erishi va dunyo okeani sathining ko’tarilishiga olib kelishi
mumkin. Buning oqibatida yuzaga keladigan o’zgarishlarni oldindan bashorat qilish qiyin.
Ayni muammoni karbonat angidrid gazi va boshqa ifloslantiruvchilarning atmosferaga tarqalishini
kamaytirib va tabiatdagi uglerod aylanishida muvozanatni taminlab hal etish mumkin. O’rmonlarning yalpi
tarzda yo’qolishi - hozirgi zamondagi global ekologik muammolardan biridir.
O’rmon turkumlari tabiiy ekosistemalarning normal "ishlashi"da muhim rol o’ynaydi. Ular antropogen
asosda kelib chiqqan atmosferadagi iflosliklarni yutadi,
tuproqni eroziyadan saqlaydi, sirtqi suvlarning normal
oqimlarini tartibga soladi, tuproq suvlari darajasi pasayishiga, daryolar, kanallar va suv havzalarining qurib
qilishiga to’sqinlik qiladi.
O’rmon maydonlari kamayishi biosferada uglerod va vodorod aylanishi jarayonini buzadi.
O’rmonlarning yo’qolishi ularning flora va faunalari xilma - xil turlarining halok bo’lishiga olib keladi. Inson
o’rmonlarni yo’qotib, o’z sayyorasi qiyofasining manzarasini tobora qashshoqlashtirmoqda.
Oltingugurt ikki oksidi va azot oksidi yuzaga keltiradigan kislota yomg’irlari ekosistemalarga, ayniqsa
o’rmonlarga katta zarar keltiradi. Kislota yomg’irdan katta yaproqli daraxtlardan ko’ra nina barglilari ko’proq
zarar ko’rishi aniqlangan. Kislota yomg’iri atrof - muhitga boshqa zararli tasirlar ham ko’rsatadi.
Ishlab chiqarish chiqindilari jiddiy ekologik muammoga aylandi. Hozirgi
vaqtda atrof - muhitni
ifloslantiruvchi sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalari chiqindilari midoqorini kamaytirishga harakat
qilinmoqda. Bu maqsadda murakkab filtirlar ishlab chiqilmoqda va o’rnatilmoqda, qimmatbaho tozalash
qurilmalari tindirgichlar barpo etilmoqda. Ammo tajribalar ko’rsatadiki, ular garchan ifloslanish xavfini
pasaytirsa-da, lekin muammoni butunlay hal etishga yordam bera olmaydi. Malumki, eng mukammal tozalash
ishlaridan keyin ham, tozalangan oqova suvlarda 10 % ga yaqin ifloslantiruvchi moddalar va erigan mineral
moddalar qoladi. Aftidan, muammoni chiqitsiz texnologiya ishlab chiqish va uni amalga joriy etish yo’li
bilangina hal etish mumkin.