79
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda agrotexnika qoidalariga va o’g’it solish meyorlariga
qatiy amal
qilish muhimdir. Chunki zararkunandalar va yovvoyi o’tlar bilan kimyoviy vositalar yordamida kurashish
ekologik muvozanatning buzilishiga olib keladi. Bu krizisni bartaraf etish yo’llarini axtarish bir necha
yo’nalishlarda olib borilmoqda.
Qishloq xo’jaligi zararkunandalari va kasalliklarga chidamli o’simlik navlarini o’stirish borasida ishlr
qilinmoqda. Zararli hasharotlarning tabiiy dushmanlari ko’paytirilib, biologik ko’payish usullari borasida katta
izlanishlar olib borilmoqda. Faqat, hasharotlarning malum turlarining biokimyoviy sistemasiga tasir ko’rsatib
boshqa organizmlarga zarar keltirmaydigan yuqori, texnologiyali pereparatlar ishlab chiqilmoqda.
Elektr stantsiyalar va elektr korxonalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish murakkab ekologik
muammolar bilan bog’liqdir. Energiya zarurligi - insonning asosiy ehtiyojlaridan biridir.
Energiya nafaqat
hozirgi zamondagi murakkab inson jamoasining normal hayotiy faoliyati uchun, balki har bir insonning
yashashi uchun ham juda zarurdir. Hozirgi vaqtda elektr energiya asosan gidroelektr stantsiyalar, issiqlik va
atom elektr stantsiyalarda olinadi.
Gidroelektrstantsiyalar yuzaki qaralganda tabiatga zarar keltirmaydigan ekologik toza karxona
hisoblanadi. Odamlar katta daryolarda ko’plab yirik gidroelektrstantsiyalar qurdi. Endilikda esa, bu yirik
inshootlarning ham tabiat va insonga katta zarar keltirgani malum bo’lib qoldi.
Birinchidan, daryoning katta tekisliklarida to’g’onlar qurish suv havzalari ostida katta hududlar - foydali
erlar qolib ketishiga olib keldi. Ko’plab odamlar o’z joylaridan ko’chirildi va yaylovlardan mahrum bo’ldilar.
Ikkinchidan, daryolar to’sib qo’yilib, to’g’onlar baliqlar migratsiyasi uchun xalaqit berdi.
Uchinchidan, havzalarda suv to’planib uzoq turib qoladi va sifati pasayadi. Suv havzalarining
mustahkamligi
kamayib borib, daryo va daryo yaqinida yashovchi organizmlarga xavf tug’diradi, malum
tasirlar ko’rsatadi.
To’rtinchidan, mahalliy suvning ko’payishi tuproq suviga tasir qiladi. Buning oqibatida esa erlarni suv
bosishi, qirg’oqlar ko’chishi, har xil eroziya sodir bo’lishi kuzatilmoqda.
Issiqlik elektrstantsiyalari (IES) ham mamlakatning elektr energiyaga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishda
muhim o’rin to’tadi. Ko’mirda malum darajada radioaktivlik xususiyati mavjudligini hamma ham
bilavermaydi.
IESda katta miqdorda yoqilg’i yonadi va ko’p miqdorda radioaktiv chiqindilar havoga chiqadi.
Shuningdek, organik yoqilg’ilar yonishi tufayli ham tabiatga juda ko’p zarar keltiriladi.
IESda yonilg’i sifatida mazut va gazdan foydalaniladi. Ekologik nuqtai nazardan suyuqlik va ayniqsa gaz
bilan ishlaydigan energetik qurulmalar qattiq yoqilg’ilar bilan bilan ishlaydiganlariga qaraganda tozaroq
hisoblanadi. IESlarni gaz bilan ishlashga o’tkazish energetik qurilmaning FIK ancha oshiradi va ekologik
holatni yaxshilaydi.
Atom - energetik stantsiyalari oddiy elektr stantsiyalarga nisbatan ekologik jihatdan ancha toza. Ammo
ular ancha xavflidir. Buni Chernobil atom elektr stantsiyasida ro’y bergan halokat isbotlaydi.
Shunday qilib,
energetika, aftidan, insoniyat oldiga hal etilishi lozim bo’lgan muammolar qo’yadi. Bu
muammolarni hal etish borasida bir necha yo’nalishlarda ishlar olib borilmoqda.
Ekologlar noananaviy, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishning istiqbolli ekanini
takidlaydilar. Bular, eng avvalo, quyosh va shamol energiyasi, er bag’rining issiqligi, okeanning mexanik va
issiqlik energiyasidir. Mamlakatimizda quyosh (issiqlik) energiyasidan foydalanish
borasida katta ishlar
qilinmoqda.
Radioaktiv ifloslanish boshqa ifloslanishlardan ancha farq qiladi. Radioktiv nuklidlar - bu nobarqaror
kimyoviy elementlarnig yadrosidir. Ular o’zlaridan zaryadli zararlar chiqaradi va qisqa to’lqinli elektromagnit
nurlanishlar tarqatadi.
Aynan xuddi ana shu zarralar va nurlanishlar inson organizmda turli xastaliklar, xususan, nurlanish
kasalligi keltirib chiqarishi mumkin.
Biosferada hamma joyda radioaktivlikning tabiiy manbalari mavjud. Inson ham boshqa tirik organizmlar
singari hamisha tabiiy nurlanishlarga duchor bo’ladi. Tashqi nurlanish kosmosdan tarqalgan nurlar va atrof -
muhitda mavjud bo’lgan radioaktiv nuklidlar hisobiga sodir bo’ladi. Ichki nurlanishni havo, suv va oziq
moddalari orqali inson organizmiga kirib qolgan radioaktiv elementlar keltirib chiqaradi.
Eng xatarlisi biosferaning anropogen radioaktiv, yani inson faoliyati natijasida ifloslanishidir.
Hozirgi
vaqtda radioaktiv elementlardan turli sohalarda keng foydalaniladi. Ularning saqlashda va tashishdagi
etiborsizliklar tufayli jiddiy radioaktiv ifloslanishlar yuz beradi.
Chernobil atom stantsiyasidagi portlash tufayli yadro yoqilg’isining atigi 5 % atrof - muhitga tarqalgan
edi. Bu ko’plab kishilarning nurlanishiga sabab bo’ldi. Katta hudud radiatsiya bilan shu darajada ifloslanadiki,
u joylarda yashash salomatlik uchun xavfli bo’lib qoldi. Radiatsiya halokat joyidan yuzlab va minglab kilometr
uzoqlikka tarqaldi.
80
Hozirgi vaqtda harbiy sanoat va atom elektr stantsiyalari chiqindilarini to’plash va saqlash keskin
muammo bo’lib bormoqda. Har yili ular borgan sari atrof - muhit uchun katta xavf - xatar tug’dirmoqda.
Shunday qilib, yadro energiyasidan foydalanish insoniyat oldiga yangi jiddiy muammolar qo’ydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. P.Baratov. Tabiatni muhofaza qilish. T. «O’qituvchi» 1991. 253 b.
2. X.T.Tursunov. Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. T. 1997. 34 - 42 betlar.
3. V.A.Radkevich. Ekologiya. Minsk. «Vısshaya shkola», 1983. 270 - 294 b.
4. N.M.Chernova, A.M.Bılova. Ekologiya. M.«Prosveshenie», 1988. 239 – 249 b.
5. A.S.To’xtaev. Ekologiya. T.«O’qituvchi», 1998. 131-143 b. 153.
MA’RUZA – 16
Mavzu: Atmosfera havosini muhofaza qilish.
Reja:
1. Atmosfera ifloslanishi haqidagi tushuncha.
2. Atmosfera ifloslanishining oqibatlari.
3. Inson talablari.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Rxsat etilagan miqdor (REM), kislotali yomg’irlar, smog
biologik ifloslovchi birikmalar, chang, tutun, gologenlar, organik brikmalar, og’ir zarracha,....
Tabiiy savol tug’iladiki, havoning ifloslanishi yaqinda paydo bo’ldimi yoki biz
bu muammoga endi
etibor berdikmi?
Albatta, havo ifloslanishining fotokimyoviy tutun shaklidagi ko’rinishi yangi xodisalardandir, ammo,
uni tutun bilan ifloslanishi esa qadimdan mavjuddir.
Atmosfera haqidagi birinchi ilmiy manaba bo’lib, Arastuning asarlari hisoblanadi. Arastu o’zining
asarlarida, er shar shaklidaligi va uni havo kobig’i o’rab turishi haqida fikrlar bildirgan. Atmosfera so’zi
grekcha so’z bo’lib, atmos – bug’, sfera – shar manosini anglatadi.
14 - asrda Angliya parlamentining yig’ilishida Kirol Eduard shaharlardagi havo ifloslanishini oldini
olish maqsadida ko’mir yoqilishni taqiqlagan ekan. “Hammangizga malum bo’lsinki, ko’mir yoqganlikda
kim ayblansa, uning boshi tanasidan judo bo’lar!” degan Kirol Eduard.
1661 yilda angiyalik olim Evelin o’zining asarida havo ifloslanishining muammosini echish
maqsadida bir nechta taklif kiritgan edi. Evelin havoni ifloslantiruvchi zavod va fabrikalar shahardan
tashqarida joylashishi va shahar atrofiga daraxtlar ekishni taklif qilgan edi. O’shanda uning takliflari rad
etilgan edi, ammo xozirda ular muammoninig bir echimi sifatida foydalanib kelinmoqda.
Yuqorida keltirilgan faktlardan ko’rnib turibdiki, havoning ifloslanishi
qadimda ham xozirda ham
mavjud bo’lgan insoniyatning dolzarb muammolaridandir.
Er kurrasini o’rab olgan havo qoplami - atmosfera deyilib, erning landshafti hayotida juda muhim vazifani
bajaradi.
Atmosfera. Atmosfera erning himoya qatlami bo’lib, tirik organizmlarni turli ultrabinafsha
nurlardan, samodan tushadigan meteortlarning zarrachalaridan saqlaydi. Agar atmosfera bo’lmaganda - er
yuzasi kechqurun – 100 °S sovib, kunduzi 100 °S isib ketgan bo’lardi. Faqat atmosfera tufayli erda hayot
mavjud. Atmosfera tabiatning eng muhim elementlaridan biri bo’lib, tirik organizmlarning yavdashi uchun
juda ham zarurdir. Chunki, organizm, xususan inson suvsiz, ovqatsiz bir necha kun yashashi mumkin,
lekin U
havosiz faqat 5 minut yashaydi, xolos. Demak, erda hayotning, ayniqsa inson yashashi toza havoga bog’liq
ekan.
Atmosfera ifloslanishi haqidagi tushuncha. Atmosferaning ifloslanishi o’zi nima?
Muxandislarning Birlashgan Xayati quyidagicha tarif beradi: atmosferaning ifloslanishi deb, atmosferada
insonga, o’simliklarga, hayvonlarga, hayot va mulk osoyishtaligiga zarar etkaza oladigan bir yoki bir necha
ifloslantiruvchilarning mavjudligiga aytiladi.
Ifloslantiruvchilarga atmosferaning ichki kobig’ida joylashgan tutun, bug’lar, yonib bo’lgan kog’oz,
chang, qurum, axlat, uglerod bug’lari, gazlar, tuman, xushbo’yliklar, maxsus moddalar, radioaktiv