Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/70
tarix15.10.2018
ölçüsü0,58 Mb.
#74297
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   70

Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
79
uchun o‘rganmoqchi bo‘ldik, ammo ilm Allohdan boshqasi uchun bo‘lishdan bosh tortdi», 
deydi. Bu degani: «Ilm bizdan bosh tortdi, haqiqatini kashf qilmadi, faqat qobig‘i, 
lafzlarinigina izhor qildi», deganidir. 
 
Agar sen, bir guruh ulamo, fuqaholarni ko‘rdim, ular furu’ va usul ilmlarida yetuk 
darajaga erishganlar, hatto xalq ularni hurmat-e’tibor bilan eslaydi, vaholanki, ular 
mazmum xulqlardan poklanmaganlar, deb aytsang, senga javoban shunday deyiladi: 
Ilmlar martabasi va oxirat ilmini bilganingdan so‘ng, yuqoridagi kabi olimlar mashg‘ul 
bo‘lgan ilmlarning foydasi ozligi va Allohga qurbat niyatida qilingandagina ilm foyda 
berishi senga ayon bo‘ladi. Bu haqda biz yuqorida ishoralar keltirdik. Unga qo‘shimcha 
va izohlar, inshaalloh, yana zikr etiladi. 
 
Ikkinchi vazifa: Ilm tolibi dunyoviy mashg‘ulotlarini ozaytirmog‘i, ahli va vatanidan 
yiroqda bo‘lmog‘i lozim. Chunki ular bilan aloqa talabani maqsadidan chalg‘itadi. Alloh 
taolo:  
 
«Alloh bir kishining ichida ikki qalb qilgan emasdir» (Ahzob surasi, 4-oyat), deydi.  
 
Fikrlar turli tomonga sochilgani sayin, narsaning haqiqatini bilish qiyinlashaveradi. 
Shuning uchun hukamolar: «Sen o‘zingni ilmga to‘la bag‘ishlamaguningcha ilm senga 
biror narsasini bermaydi. Butun borlig‘ingni ilmga bag‘ishlaganingda ham, uning biror 
qismiga yetishishing yana dargumon», deyishgan. Har tarafga sochilgan fikr, xayol 
ko‘plab ariqlarga tarqalib ketgan suvga o‘xshaydi. Uning bir qismini yer shimadi, qolgani 
havoda bug‘lanadi, ekinga hech narsa yetib bormaydi. 
 
Uchinchi vazifa: Talaba ilmiga kibrlanmasligi, ustoziga qarshi chiqmasligi shart. Balki 
barcha ishda butunlay ishining jilovini muallimiga topshirmog‘i, johil kasalning mehribon 
va hoziq tabibga quloq tutganidek, uning nasihatiga quloq solmog‘i, unga tavoze’ 
ko‘rsatmog‘i, xizmatini qilish bilan savob va sharaf talab etmog‘i lozim. Sha’biy 
aytadilar: «Zayd ibn Sobit (r.a.) janoza namozini o‘qib bo‘lgach, xachirini olib kelishdi. U 
kishi endi minmoqchi bo‘lganlarida, Ibn Abbos (r.a.) kelib, xachirning uzangisidan 
ushladilar. Shunda Zayd: «Ey Rasulullohning amakivachchasi, qo‘ying!» dedilar. Ibn 
Abbos esa: «Ulamo va ulug‘ kishilarga shunday muomala qilishga buyurilganmiz», deya 
javob berdilar. Bu so‘zlarni eshitgan Zayd ibn Sobit (r.a.) u zotning qo‘llarini o‘pdilar va: 
«Biz ham Payg‘ambarimiz ahli baytlariga ehtirom ko‘rsatishga amr etilganmiz»,
128
 
dedilar. 
 
128. Tabaroniy, Hokim va Bayhaqiylar rivoyat qilishgan.  Hokim Muslim shartlariga binoan isnodi sahih, degan. 
 
 
Janob Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Laganbardorlik mo‘minning xulqi 
emasdir. Faqat ilm talabida mumkindir»,
129
 deganlar. 
 
Tolibi ilm ustoziga takabburlik qilishi joiz emas. Mashhur, nomdor ustozlardan 
boshqasidan so‘rashdan o‘zni katta olish ayni ahmoqlikdir. Chunki ilm najot va saodat 
sababchisidir, o‘ziga tashlanmoqchi bo‘layotgan yirtqichdan qutulish uchun yordam 
beradigan kishining mashhur yoki  mashhur emasligiga qarab o‘tirilmaydi. Allohni 
tanimaydiganlarga tashlanadigan jahannam yirtqichlari esa, dunyodagi har qanday 
yirtqich hayvondan vajohatliroqdir. Qolaversa, hikmat mo‘minning yo‘qotgan moli, uni 
qaerda topsa, olaveradi va uni topishda yordamlashgan kishiga kim bo‘lishidan qat’iy 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
80
nazar, tashakkur bildiradi. 
 
Shoir shu ma’noda aytadi: 
         
Sel baland to‘siq bilan urushgan yanglig‘, 
Ilm ham kibrli yoshga urush ochgandir. 
 
Tavoze’ hamda ustozni jon qulog‘i bilan tinglash bilangina ilmga yetishish mumkin. Zero, 
Alloh taolo: 
 
«Albatta, bunda uyg‘oq qalb egasi bo‘lgan yoki o‘zi hozir bo‘lib, quloq tutgan 
kishi uchun eslatma bordir» (Qof surasi, 37-oyat), deb aytadi. 
 
129. Ibn Adiy, Muoz va Abu Umomadan zaif isnod ila rivoyat qilgan. 
 
 
Oyatdagi «qalb egasi»dan murod ilmni qabul qiluvchi, fahmlovchi kishidir. Shogird 
ustozining tavsiyalariga quloq solmagunicha, qalbini ilm eshitish uchun hozirlamagunicha 
uni  fahmlay olmaydi. Muallimning ko‘rsatmalarini go‘zal tarzda eshitishi, unga itoatda 
bo‘lishi,  shukrini, xursandligini, minnatdorligini izhor etishi lozim. Talaba ustozga 
nisbatan yumshoq tuproqdek bo‘lishi kerak. Qachon yumshoq tuproqqa mo‘l yomg‘ir 
yog‘sa, darrov o‘ziga singdiradi. Xuddi shuning singari ustoz dars davomida biror 
narsaga buyursa, o‘z fikridan voz kechib, so‘zsiz unga itoat etish talabaning burchidir. 
Zero, ustozning yanglish so‘zi uning o‘z nazdidagi to‘g‘ri so‘zidan foydaliroq. Manfaati 
katta bo‘lish bilan birga, eshitilishi g‘aroyib sanalgan daqiq narsalar tajriba orqali 
bilinadi. Aslida tabib harorati baland kasalga ba’zan quvvatini oshirish uchun muolajani 
buzadigan darajada haroratni ko‘taruvchi dori bersa, tabobatdan xabari yo‘q kishi 
taajjublanadi. Alloh taolo Hazrati Muso (a.s.) bilan Xizr (a.s.) orasidagi bo‘lib o‘tgan 
voqeani shunday hikoya qiladi: 
 
«U (Xizr) aytdi: «Aniqki, sen men bilan birga ilm muammolariga sabr qila 
olmaysan. Zotan, o‘zing egallab, xabardor bo‘lmagan narsaga qanday sabr 
qilasan?!» (Kahf surasi, 67-68-oyatlar). Shundan so‘ng Xizr (a.s.) Musoga (a.s.) sukut 
saqlashni va barcha fe’llariga rozi bo‘lishni shart qilib qo‘ydi. Ya’ni: 
 
«U (Xizr) aytdi: «Bas, agar menga ergashsang, o‘zim senga aytmagunimcha, 
biror narsa haqida so‘rama» (Kahf surasi 80-oyat). Muso (a.s.) esa savol 
beraverdilar va bu hol ularning ajralishiga sabab bo‘ldi. 
 
Xulosa qilib aytganda, talaba ustozining aytganidan chiqib, o‘z fikrini ustun qo‘ysa, sen 
uni omadsiz va zararga mahkum bil. Agar sen, Alloh taolo: «Agar bilmasangizlar, ahli 
zikrlardan so‘ranglar», deya bizni so‘rashga buyurgan-ku, desang bu gaping to‘g‘ri. 
Faqat ustoz so‘rashga izn bergan narsalar haqida savol berish lozim. Onging, farosating 
yetmaydigan narsa haqida so‘rashing yaxshi emas. Shuning uchun ham Xizr (a.s.) 
Musoga (a.s.)  vaqti kelmasdan oldin savol berishni man’ qildilar. Ustozing sening 
nimaga layoqatli ekaningni va sirni oshkor qilish vaqti qachon kelishini yaxshi biladi. 
Nimaniki ustozing senga ochsa, demak, u haqida so‘rash vaqti kelgan. Tadrijiy 
bosqichlarning qaysi birini izhor qilish vaqti kelmagan bo‘lsa, u haqda so‘rash mavridi 
ham yetmagan bo‘ladi. Hazrati Ali (r.a.) aytadilar: «Olimga ko‘p savol bermaslik, 
javobiga e’tiroz qilmaslik, erinib turganida javob berishga zo‘rlamaslik, o‘rnidan turishga 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə