Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/70
tarix15.10.2018
ölçüsü0,58 Mb.
#74297
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   70

Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
71
Mas’ud: «Savolingni qaytadan ber, balki amir tushunmagandir?» dedilar. Savol va javob 
ayni yuqoridagi kabi takror bo‘ldi. Shunda Ibn Mas’ud: «Menimcha, o‘sha odam Alloh 
yo‘lida, haqni topgan holda o‘ldirilsa, o‘sha holdagina jannatdadir», deya o‘z fikrlarini 
aytadilar. Abu Muso (r.a.) Ibn Mas’udning (r.a.) ijtihodini yuksak baholab: «Haqiqat Ibn 
Mas’ud aytganidek», dedilar. Haq tolibining insofi shunday bo‘ladi. Agar yuqoridagi kabi 
savol darajasi juda past bo‘lgan faqihga aytilsa ham, u buni inkor qiladi va: «Haqni 
topgan holda, deb izoh berish shartmi? Bu narsa barchaga ma’lum-ku?»  deya e’tiroz 
bildirishi tabiiy. 
 
Endi bugungi munozara sohiblarining holatiga boq! Agar raqib tomonidan haqiqat 
yuzaga chiqsa bormi, uning yuzlari xijolatdan qizarib, bor kuchini raqibga qarshi ishga 
soladi. Va umrining oxirigacha uni yomonlash bilan mashg‘ul bo‘ladi. Ajablanarli tomoni 
shundaki, o‘zlarining yuqoridagi kabi o‘rinsiz tortishuvlarini hech uyalmasdan, haq ustida 
bir-biriga hamkor bo‘lgan sahobalar munozarasiga o‘xshatib yuborishadi. 
 
7. Qarshisidagi munozarachi hamkorini bir dalildan boshqa dalilga, bir mushkuldan 
boshqa mushkulga o‘tishiga mone’lik qilmasligi lozim. Salaflarning munozara uslublari 
shunday edi. O‘z foydasi yoki zarariga bo‘lsa ham, tortishuvchi bid’at bo‘lgan tortishuv 
uslubining barcha tomonlaridan voz kechishi matlubdir. Sening bu so‘zing qabuli 
qilinmaydi, chunki oldingi so‘zinga zid, deya e’tiroz etilmaydi. Haqni qabul qilish, unga 
qaytish botilni yo‘qotuvchi bo‘lgani bois vojibdir. Holbuki, tortishuvchilarning barcha 
majlislari mudofaa va mujodala bilan to‘la bo‘ladi. Hatto dalil keltirgan bir kishi o‘zining 
gumoni ila illat deb, unga asoslangan holda aslga qiyosini zikr qilganida, hukm aynan 
mana shu illat bilan muallal (illatli) ekaniga daliling nima? deya darrov e’tiroz bildiriladi. 
Dalil keltiruvchi, menimcha illat mana shu, agar bundan ham to‘g‘riroq, ravshanroq biror 
fikring, raying bo‘lsa, ayta qol, birgalikda tadqiq qilamiz, deydi. Shunda uning raqibi, sen 
zikr qilgan ma’nolardan boshqa ko‘plab ma’nolar bor, men o‘sha ma’nolarni yaxshi 
bilaman, faqat ularni aytish mening majburiyatim emas, deb javob qiladi. Dalil 
keltiruvchi, bundan boshqa biror da’voying bo‘lsa, keltir, degan kabi taklif bilan 
mujodalani davom ettiradi. Raqibi, bu mening vazifam emas, deb o‘zini xalos qiladi va 
hokazo. Munozara majlislari shunday savol-javoblar bilan davom etaveradi. Bu miskin 
raqibining, men bilaman, faqat aytmayman, chunki bu mening vazifam emas, degan 
so‘zlari shariatga nisbatan tuhmat ekanini qaerdan bilsin. Agar mening vazifam emas, 
deb da’vo qiluvchi ma’nolarni bilmasa, faqat xasimini ojiz qoldirish uchun shunday da’vo 
qilayotgan bo‘lsa, u fosiq, kazzobdir. O‘zida bo‘lmagan narsani da’vo qilgani uchun 
Allohga osiy va Uning g‘azabiga duchor bo‘ladi. Mabodo, o‘zi aytgani kabi bilaturib, 
burchim emas, deya aytmasa, unda shar’iy amrni yashirgani uchun fosiqdir. Axir undan 
musulmon birodari tushunib olish va bilish uchun so‘ragan edi. Agar u kuchli dalil 
keltirsa, uni olishi, mabodo u dalil zaif bo‘lsa, u holda zaif jihatlarini tushuntirib berib
uni jaholat qorong‘uligidan ilm nuri sari eltishi kerak. Diniy ilmlar haqida so‘ralgan kishi, 
agar bilsa bilimini yashirmay, javob berishi vojib ekaniga hech qanday ixtilof yo‘q.  
 
Ashobi kiromning mashvarati va salafi solihlarning biror masala haqidagi muzokaralarini 
yaxshilab o‘rganib chiq. Ajabo, ular orasida yuqoridagi kabi munozaraning bo‘lib 
o‘tganini hech eshitganmisan? 
 
Ulardan biri-birini bir dalildan ikkinchi dalilga, qiyosdan asarga yoki xabardan oyatga 
o‘tishdan man’ qilganmi? Ularning barcha munozaralari boshqacha edi. Ular aqliga 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
72
kelgan fikr va tushuncha qanday bo‘lsa, shundayligicha o‘rtaga tashlar va unga ko‘ra 
muzokara qilar edilar.  
 
8. Munozara foydali ilmlar ila mashg‘ul bo‘lgan kishilar bilan qilinishi lozim. Ammo 
tortishuvchilarning ko‘plari yetuk va zabardast olimlar bilan munozara qilishdan o‘zlarini 
chetga olishadi. Chunki haqiqat o‘shalarning tilida izhor bo‘lib qolishidan qo‘rqishadi. 
Shuning uchun tortishuvchilar faqat ilm darajasi yuqori bo‘lmagan kishilar bilan 
munozara qilishga o‘ch bo‘lishadi. Zero, ular botil fikrlarini o‘zidan past darajadagi 
kishilar orasigagina tarqatishlari mumkin. 
 
*** 
 
Bu sakkizta shartdan tashqari munozara qilishning yana ko‘plab daqiq talablari, shartlari 
mavjud. Ammo shu    shartlar bilan ham kim Alloh uchun, kim boshqa narsalar uchun 
munozara qilayotganini bilib olasan.  
 
Xulosa qilib aytganda, mujtahid munozarachining qalbiga o‘rnashib olgan va halokat sari 
yetaklaydigan shayton bilan bahsni to‘xtatib, savob olish yoki ajrda nasibador bo‘lish 
uchun harakat etishi lozim. Bunday munozaralar shayton uchun kulgu, muxlis bandalar 
uchun ibratdir. Shayton bandaning ustiga balo-ofat zulmatlarini solib qo‘yib mazax 
qiladi.  
 
Shaytonning bu nayranglari kelasi bo‘limlarda bayon etiladi. Allohdan go‘zal yordam va 
tavfiq so‘rab qolamiz! 
 
 
Munozara va undan kelib chiquvchi yomon axloqlarning ofatlari bayoni 
 
Bilgilki, boshqani mag‘lub etish, mot qilish, odamlar oldida fazilat va sharafni ko‘rsatish 
maqsadida munozara qilish Allohning huzurida mazmum, iblis nazdida esa, mahmud 
bo‘lgan barcha xulqlarning manbaidir. Ushbu munozaralar kibr, manmansirash, hasad, 
nafsni ulug‘lash, mansabparastlik va shu kabi botiniy buzuqliklarning biridir. Ichkilik 
ichish yoki fahsh ish qilish orasida       ixtiyorli bo‘lgan kishi ichkilik ichsa, mast bo‘lib 
fahsh ishlarni ham bajarishiga olib keladi. Shu kabi boshqalarni mot qilish, munozarada 
g‘olib kelish, mansabparastlik va manmansirash muhabbati kimgaki g‘olib kelsa, uni 
iflosliklar ichiga boshlab boradi, qalbida yomonliklarning  jamlanishiga vosita bo‘ladi. Bu 
yomon axloqlarning barchasi dalillar, oyatlar va hadislarga asoslangan holda «Rub’ul 
muhlikot» bo‘limida zikr etiladi. Ushbu o‘rinda esa, salbiy munozarani keltirib 
chiqaruvchi yaramas xulqlarning bir qismini aytib o‘tamiz. 
 
1. Hasad. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Olov o‘tinni yegani kabi hasad ham 
yaxshiliklarni yeydi»,
115
 deganlar. Tortishuvchi hasaddan xoli bo‘lolmaydi. Chunki gohida 
g‘olib bo‘lsa, gohida mag‘lub etilishi muqarrar. Ba’zida uning so‘zi maqtalishi, ba’zida 
esa, boshqaning gapi maqtovga sazovor bo‘lishi mumkin. Modomiki, dunyoda biror 
kishining ilmi va qarashlari boshqanikidan kuchli ekanini zikr qilish yoki «falonchi sendan 
yaxshiroq qarashga va to‘g‘riroq fikrga ega», deyilish ehtimoli bor ekan, tortishuvchi, 
albatta, raqibiga hasad qila boshlaydi va undagi ne’matning zavol topishini, odamlarning 
muhabbati va hurmat-ehtiromlari o‘zi tomonga ko‘chib o‘tishini chin dildan xohlaydi. 
Hasad – olov-otash. Bas, kimki hasadga mubtalo bo‘lsa, bu dunyoda azobga, iztirobga 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə