Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
87
namoyon narsalar orasida eng aziz va sharafli durdir. Va u ilohiy ishdir.
Alloh taolo
Qur’oni karimda ruh haqida shunday deydi:
«Sizdan ruh haqida so‘raydilar. Ayting: «Ruh Rabbimning ishidandir» (Isro
surasi, 85-oyat). Ruhning nisbati inson jasadidagi boshqa a’zolaridan ko‘ra sharafliroq.
Xalq-yaratilish ham, amr-ish ham Allohga xos. Ammo amr xalq qilishdan buyukroq.
Allohning omonati yuklangan qimmatbaho javhar mana shu ruhdir. Aynan mana shu
omonat yukini ko‘taruvchi bo‘lgani uchun ham inson osmonlaru yerdan va ulardagi bor
narsalardan musharraf qilindi. Chunki undan boshqa mavjudotlar bu omonatni qabul
qilishdan bosh tortgan edilar. Zero, ular amr olamidan qo‘rqardilar. Ammo bu gaplardan
ruhning qadimligi tushunilmaydi. Uni qadim deya da’vo qiluvchilar esa, aldangan, nima
deyayotganini bilmaydigan johillardir. Mavzudan tashqari bo‘lgani uchun ruh haqidagi
bayonni shu yerda to‘xtatamiz.
Demoqchi bo‘lganimiz shuki, ilohiy latofat bo‘lgan qalb Allohga yaqinlashtiruvchi birdan-
bir xususiyatdir. Chunki u Allohning ishi-amridandir.
Kelib chiqishi ham, qaytishi ham
Ungadir. Faqat amr qilish xalq qilishdan oliyroqdir.
Allohning omonati bo‘lgan jasad go‘yo qalbning ulovi, faqat uning harakati – sayri uchun
vosita vazifasini bajaradi. Haj yo‘lida tuya qanday ulov darajasida bo‘lsa, jasad ham
xuddi shunday ulov, suv to‘ldirilgan mesh jasadning ehtiyoji uchun qanday zarur bo‘lsa,
jasad uchun ruh ham shunday zaruriy ehtiyoj hisoblanadi. Har qanday ilm, agar uning
maqsadi jasad salomatligi bo‘lsa, demakki, u «ulov» manfaatlari jumlasidandir. Tib
ilmining ziynati, yuqorida zikr qilib o‘tganimizdek, jasadning salomatligi uchun juda
muhim bo‘lib, hatto inson tanho yashaganda ham unga
muhtoj ekani hech kimga sir
emas. Fiqh ilmining tib ilmidan farqi shundaki, inson tanho yashagan chog‘ida undan
behojat bo‘lishi mumkin. Lekin inson shunday yaratilganki, u tanholikda yashashi
mumkin emas. Chunki inson yer haydash, ekin ekish, non pishirish, oshpazlik qilish yoki
kiyim-kechak va maskan muammolarini hal qilishda bir o‘zi harakat qila olmagani bois
o‘z-o‘zidan boshqalar
bilan aralashib yurishga, hamkorlik qilishga majbur bo‘ladi.
Shunday ekan, odamlar bir-birlari bilan aralashganlari sayin shahvatlar va orzu-havaslar
ham g‘alayonga keladi, keyin ular orasida o‘zaro munozara va tortishuvlar boshlanadi.
Insonning ichida bir-biriga zid unsurlar aralashib ketganida va o‘zaro muvofiq
kelmaganida, halok bo‘lgani kabi, tashqarida ham o‘zaro tortishuv va munozaralar
tufayli halokatga yo‘liqadilar. Tib ilmi bilan inson ichidagi qarama-qarshi
aralashmalarning mo‘’tadilligi muhofaza etilsa, siyosat va adolat bilan inson tanasidan
tashqaridagi bahs-tortishuvlari mo‘’tadil qilinadi. Aralashmalarning mo‘’tadil yo‘lini
o‘rgatuvchi ilmga tib, muomala va fe’llarni mo‘’tadillashtiruvchi ilm turiga fiqh deyiladi.
Bu ilmning barchasi ulov vazifasini bajaruvchi jasad muhofazasi uchundir. Nafsiga qarshi
mujohada qilmaydigan, qalbining islohi bilan shug‘ullanmaydigan, faqatgina tib va fiqh
ilmi bilan ovora bo‘lgan kimsalar xuddi haj uchun yo‘lga tushmasdan,
faqatgina tuya
sotib olish, uni to‘ydirish yoki mesh sotib olib, uni tikish bilan ovora bo‘lganga o‘xshaydi.
Mukoshafa ilmiga olib boruvchi qalb islohi yo‘liga kirganlar esa, haj uchun yo‘lga
chiquvchi yoki uning arkonlarini bajaruvchiga o‘xshaydi. Avvalo, sen bularni yaxshilab
tushunib ol va bularning hammasini boshdan o‘tkazgan avomu xosga tushuntirishda bor
jiddu jahdini, jur’atu g‘ayratini sarf etgan kishining nasihatini (Imom G‘azzoliy o‘zlarini
nazarda tutyaptilar) tekin qabul qil.
Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
88
Tolibi ilmning vazifalariga mana shular kifoya qiladi.
Murshid - muallimning vazifalari bayoni
Bilgilki, mol-dunyo to‘plashda bo‘lgani kabi, ilm olishda ham to‘rt holat mavjud. Mol
sohibining istifoda holati bor, unda muktasib (kasb qiluvchi) bo‘ladi; kasb qilib topgan
molini jamg‘arish holati bor, u bilan tilanchilikdan qutiladi; o‘ziga
infoq qilish holati bor,
molidan foydalanadi; molini boshqalarga sarflash holati bor, bu bilan saxiy va fazilatli
bo‘ladi. Mana shu oxirgisi barcha holatlarning ulug‘idir.
Shuningdek, mol-dunyo kabi, ilm ham yig‘iladi. Unda ham talab va kasb qilish holati,
so‘rashdan behojat bo‘ladigan darajada tahsil qilish holati, istibsor – hosil qilgan ilmini
tafakkur qilish va undan foydalanish holati, hamda tabsir – boshqalarga yo‘l-yo‘riq
ko‘rsatish holati bor. Buning ham oxirgisi ulug‘dir.
Kim ilm olsa, unga amal qilsa va
boshqalarga o‘rgatsa, u kishi osmonlarda ulug‘ inson deb chaqiriladi. U odam quyosh
kabidirki, boshqalar uchun ziyo tarqatadi va o‘zi ham ziyolidir yoki mushki anbar
kabidirki, boshqalarni xushbo‘y qiladi va o‘zi ham xushbo‘ydir. Ilm o‘rganib, unga amal
qilmaydigan kishi esa, boshqalarga foyda berib, o‘zi ilmdan xoli qolgan daftar yoki
boshqa narsalarni o‘tkirlab, o‘zi hech narsani kesa olmaydigan qayroqtosh yoki
boshqalarni kiyintirib, o‘zi yalang‘och qolgan igna
yoki boshqalarga nur berib, o‘zi yonib
ketadigan chiroqning piligi kabidir. Chunonchi she’rda aytiladi:
U yonguvchi pilikdirki, atrofga nur taratur,
Kimlar undan nur emur, u yonib ado bo‘lur.
Inson qachon ilm berishga kirishsa, ulug‘ ishni, katta vazifani zimmasiga olgan bo‘ladi.
Shuning uchun uning odoblari va vazifalarini yodda tutishi lozim:
Birinchi vazifa: muallim ta’lim oluvchilarga nisbatan shafqatli bo‘lishi va ularga o‘z
bolalari kabi muomala qilishi kerak. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Ota o‘z
farzandiga qanday bo‘lsa, men ham sizlar uchun shundayman»,
132
deganlar. Bu vazifani
muallim shogirdlarni oxirat azobidan saqlashni qasd qilish bilan ado etishi mumkin. Mana
shu niyat ota-ona farzandini dunyo olovidan saqlashidan ko‘ra muhimroqdir. Shuning
uchun muallimning haqqi ota-onaning haqqidan ustun qo‘yiladi. Chunki ota vujud va
foniy hayotning sababchisi bo‘lsa, muallim abadiy hayotning sababchisidir. Muallim
bo‘lmasa edi, ota tomonidan hosil qilingan narsa abadiy halokatga duchor bo‘lardi. Zero,
muallim uxroviy hayotning bunyodkoridir. Bu yerda oxirat yoki dunyo
ilmlari bilan dunyo
topishni emas, oxiratni qasd qiluvchi muallimni nazarda tutdim. Ammo dunyo topish
maqsadida ta’lim berish halok bo‘lish va halok qilishdirki, bundan Alloh saqlasin!
Bir otaning o‘g‘illari o‘zaro muhabbatli va barcha maqsadlarda bir-birlariga yordam
ko‘rsatishlari lozim bo‘lgani kabi, bir ustozning shogirdlari ham o‘zaro muhabbatli
bo‘lishlari kerakdir. Ularning maqsadlari oxirat bo‘lsagina o‘rtalarida muhabbat
uyg‘onadi. Agar maqsadlari dunyo bo‘lsa, o‘rtada hasad va adovatdan boshqa narsa
hosil bo‘lmaydi.
132. Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Moja va Ibn Hibbonlar rivoyati.