Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/70
tarix15.10.2018
ölçüsü0,58 Mb.
#74297
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   70

Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
85
O‘ninchi vazifa: Tolibi ilm ilmlarning maqsadga yetkazuvchi nisbatini yaxshi bilishi lozim. 
Maqsadlarga yaqin va yuksak bo‘lgan ilmlar maqsadlardan uzoq bo‘lgan ilmlardan 
afzaldir. Muhim bo‘lgan ilmlar muhim bo‘lmaganidan muqaddamdir. Muhim bo‘lgan 
ilmlardan murod ahamiyatli bo‘lganlaridir. Sening dunyo va oxiratdagi holatingga bog‘liq 
bo‘lgan ilmlar ahamiyatli hisoblanadi. 
 
Qur’oni karim mantig‘i va basirat nurining shohidligiga ko‘ra, dunyo lazzati va oxirat 
ne’matini bir joyda jamlash mumkin emas. Muhimi esa, abadulabad boqiy qolishdir. Ana 
shu tushuncha paydo bo‘lganda, dunyo bir qo‘nib o‘tiladigan manzilga, badan ulovga, 
harakatlar maqsad yo‘lidagi intilishga aylanadi. Asl maqsad Alloh taolo bilan 
uchrashishdir. Barcha ne’matlar shundadir. Ammo hayoti dunyoda ko‘pchilik buning 
qadrini bilmaydi. 
 
 Alloh bilan uchrashish va Uning mukarram jamolini ko‘rish saodati jihatidan ilmlar uch 
darajada bo‘ladi. (Allohning jamolini ko‘rishdan murod anbiyolar istagan va tushungan 
nazar bilan ko‘rishdir, avom xalq va mutakallimlar tushunchasidagi nazarning bunga 
aloqasi yo‘q.) Ilmning bu darajalarini quyidagi misollar bilan tushunib olasan. 
 
Bir qulga hajni to‘la-to‘kis ado etish sharti bilan ozod bo‘lish va mol-mulk sohibiga 
aylanish imkoni berildi. Hajga tayyorgarlik ko‘rib yo‘lga chiqsa-yu, lekin biror mone’ 
sababidan haj ruknlarini bajara olmasa, u holda unga faqat hurriyat va’da qilindi. 
 
Bunday holda qul uch xil amalni bajarishi lozim: avval, safar uchun tuya sotib olish, 
ozuqa tayyorlash va suv uchun mesh olish; so‘ngra, vatanni tashlab, Ka’ba tomon yo‘lga 
tushish; so‘ng hajning barcha ruknlarini birin-ketin bajarish. Ehromni yechib, tavoful 
vido’ni qilganidan so‘nggina mulk va hurriyatga ega bo‘ladi. 
 
Bu shartlar tahaqquq topishi uchun qul uning sabablarini tayyorlab boradi. Cho‘llardan 
o‘tishda, haj ruknlarini avvalidan oxiriga qadar ado etishda maxsus o‘rinlar mavjud. Haj 
ruknlarini boshlagan kimsa saodatga yo‘l ozuqasi va ulov tayyorlayotgan kimsadan ham, 
hatto Ka’ba tomon yo‘lda ketayotganlardan ham yaqinroqdir. 
 
Shug‘ullanish uch xil bo‘ladi: Birinchi qism yo‘l ozuqasi va ulov tayyorlash, safar uchun 
tuya sotib olish kabi masalalardan iborat bo‘lib, unga tib, fiqh va badanning     dunyoviy 
salohiyati uchun zarur ilmlar kiradi. 
 
Ikkinchi qism cho‘llardan, tepaliklardan oshib o‘tish kabi mashaqqatlar bo‘lib, ular 
botinni razil sifatlardan poklaydi. Baland cho‘qqilardan oshib o‘tishga avvalgilaru 
oxirgilarning hammasi ojizdir, faqat tavfiq berilganlargagina kasb qilgandir. Maqsad sari 
boriladigan yo‘lning kayfiyati ham shunday. Uning ilmini o‘rganish hajga olib borajak 
yo‘lning taraflari va manzillarini tahsil qilishga o‘xshaydi. Yo‘lga chiqmasdan turib, faqat 
manzil va sahrolar yo‘lini bilishning foydasi yo‘q. Ilmsiz holda axloqni tuzatish esa
mumkin bo‘lmagan ishdir. 
 
Uchinchi qism haj va uning ruknlari kabi ilmlar bo‘lib, unga Alloh taoloni, Uning 
sifatlarini, farishtalari va ularning fe’llarini hamda biz «Tarojimul mukoshafa»da zikr 
qilgan narsalarni o‘rgatuvchi ilmlar kiradi. Bu o‘rin najot va saodatga erishish o‘rnidir. 
Maqsadi haq bo‘lgan har bir solik najot topaveradi. 
 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
86
Saodatga esa, Alloh taoloni taniganlar – oriflar erishadi. Ular jannat ne’matlari, 
rayhonlari va xush bo‘ylaridan nasibadordirlar. Kamolot cho‘qqisiga chiqishdan 
to‘silganlar faqat najot va salomatlikka erishadi. Alloh Qur’onda:  
 
«Endi agar o‘sha (vafot qilguvchi kishi Allohga) yaqin qilingan, 
(peshqadam)lardan bo‘lsa, u holda (uning uchun) rog‘at-farog‘at, go‘zal rizq va 
noz-ne’matli jannat bordir. Endi agar u o‘ng tomon egalaridan bo‘lsa, u holda 
(ey saodatmand bandam), senga o‘ng tomon egalaridan salom bo‘lgay!» (Voqea 
surasi, 88-91-oyatlar) deydi. 
 
Kim to‘g‘ri maqsad sari yuzlanmasa, harakat qilmasa, yoki undan boshqa tomonga 
harakat qilsa, yo g‘oyasi Allohga qullik qilish va Uning amrini bajarish emas, balki bu 
dunyoning turli narsalari bo‘lib qolsa, unday kimsa  «ashabush-shimal» (chap tomon 
egalari), adashganlar toifasidagi kishiga aylanadi. Bundaylar uchun ichimligi qaynoq 
suvdan bo‘lgan o‘rinlar va jahannamga kirish bordir. 
 
Bilgilki, yetuk ulamolar nazdidagi «haqqul yaqiyn» mana shudir. Ular moddiy ko‘zlardan 
ko‘ra kuchliroq, ravshanroq bo‘lgan botin ko‘zi ila mushohada yuritadilar va faqat 
eshitish bilan hosil bo‘luvchi taqliddan yuqori ko‘tariladilar. Ularning holati xuddi 
o‘zlariga  kelgan xabarni tasdiqlab, ishonib, so‘ngra qo‘shimcha mushohada qilib, o‘sha 
xabarni tadqiq qilishga, boshqalarning holati esa, mushohada va fikrdan benasib holda 
faqat ishonib tasdiqlashga o‘xshaydi. Haqiqiy saodat mukoshafa ilmi ortidadir. 
Mukoshafa ilmi esa, muomala ilmi ortidan keladi. 
 
Muomala ilmi deganda oxirat sari safarga chiqish va yaramas sifatlardan xalos bo‘lish 
haqidagi ilm tushuniladi. Ulug‘ safarga otlanish ilmi mazmum sifatlar ilmidan keyin 
o‘rganiladi. Muolaja yo‘li va bu yo‘lda qanday yurishni o‘rganuvchi ilm badan salomatligi 
ilmi va unga yordamchi bo‘lgan ilmlardan keyin turadi. 
 
Badan salomatligi odamlarning o‘zaro yordamlashuvi, hamkorligi bilan paydo bo‘ladi. 
Zero, o‘zaro yordamlashuv bilan maskan, taom va kiyinish kabi odatlar rivojlanadi. U 
(badan salomatligi ilmi) faqih zimmasida bo‘lgan, sultonning odamlarni adolat va siyosat 
bilan tutib turadigan qonunlariga bog‘liq. Ammo sog‘likning sabablari tabibning 
zimmasidadir. 
 
«Ilm ikkiga bo‘linadi: badan ilmi va din ilmi», deb aytgan kishi bu so‘zlari bilan  botiniy 
aziz ilmni emas, balki xalq ichida keng tarqalgan zohiriy ilmlarnigina iroda qilgan. Agar 
sen:  «Nima uchun fiqh va tib ilmini yo‘l ozuqasi va ulovini tayyorlashga o‘xshatdingiz?» 
desang, bilgilki, Allohga yaqinlashish uchun yo‘lga chiquvchi deyilganda, badan emas, 
qalb tushuniladi. Qalb deganda bizga ko‘rinadigan bir parcha go‘shtni nazarda 
tutayotganim yo‘q. Balki, u hissiy a’zolar bilan idrok qilib bo‘lmaydigan ilohiy sirlardan 
bir sirning, yashirin ne’matlardan bir ne’matning nomidir. Gohida u «ruh», gohida esa, 
«nafsi mutmainna» (xotirjam nafs), deyiladi. Shariat uni «qalb» deb nomlaydi, chunki u 
o‘sha ilohiy sirning ulovidir. Uning vositasi ila butun badan o‘sha latofatga bir bosqich 
vazifasini o‘taydi. Bu sirning pardasi faqatgina mukoshafa ilmi bilan ochiladi. 
 
Mukoshafa ilmidagi o‘sha sirning pardasini ko‘tarishga, uni ochiq zikr qilishga izn 
berilmagan. Mukoshafa ilmining asroridan o‘rganish izn berilgan miqdori zikr qilinadigan 
bo‘lsa, u holda shunday deyish mumkin: Qalb  qimmatbaho javhar, butun ko‘z oldimizda 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə