Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/70
tarix15.10.2018
ölçüsü0,58 Mb.
#74297
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   70

Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
83
lozim», deb da’vo qilgan kishining holi ajablanarlidir, u shu bilan sarmoyasini zoe’ 
ketkazgan bo‘ladi. 
 
131. Ibn Adiy zaif isnod ila Ibn Umardan rivoyat qilgandilar. Bayhaqiy esa,  sahih isnod ila Umardan (r.a.) mavquf holda rivoyat 
qilgan.
 
 
Bas, sen ilm talab qilishda haris bo‘l! Rushdi hidoyatga fuqaho va mutakallimlar 
matolaridan boshqa narsalarni o‘ylash bilan erishasan!  
 
Qisqacha aytganda, ilmlar orasida eng sharaflisi Allohni tanituvchi ilmdir. Bu ilm tubiga 
hech kim yeta olmaydigan dengiz yanglig‘. Ma’rifat dengizi qa’riga eng chuqur 
sho‘ng‘uvchilar anbiyolar, so‘ng avliyolar va so‘ng darajalariga ko‘ra boshqalar. 
 
Rivoyat qilinishicha, ikki donishmandning surati bo‘lib, birining qo‘lidagi bir parcha 
lavhda: «Sen hamma narsani chiroyli bajargan bo‘lsang ham, Alloh sabablarni 
yaratuvchi, ashyolarni bor qiluvchi ekanini bilib, Uni tanimaguningcha, biror narsani 
chiroyli qildim, deb o‘ylama», deb, ikkinchisinikida esa: «Alloh ma’rifatiga erishmasdan 
avval ichib, yana chanqayverardim. Uning ma’rifatiga erishganimdan so‘ng ichmasdan 
chanqog‘im qonadigan bo‘ldi», deb yozilgan ekan. 
 
Yettinchi vazifa: Avvalgi fanni mukammal o‘rganmasdan turib, boshqasiga kirishmaslik. 
Chunki ilmlarning zaruriyatiga ko‘ra tartib-martabasi bor. Bir ilm ikkinchi ilmga yo‘l 
vazifasini o‘taydi. Demak, o‘sha tartib va tadrijga rioya qilgandagina muvaffaqiyat 
qozoniladi. Alloh taolo Qur’oni karimda shunday deydi:  
 
«Biz kitob bergan kishilar (mo‘minlar) uni to‘g‘ri (buzmay) tilovat qiladilar» 
(Baqara surasi, 121- oyat). Ya’ni, bir fanni ilmiy, amaliy o‘rganmaguncha, boshqasiga 
o‘tmaydilar. Demak, har bir ilmni mukammal o‘rganib bo‘lgach, ulardan yuqori 
darajadagi ilmga kirishmoq lozim. Biror ilmga uni o‘rganayotganlar ixtilofga berilib 
ketganlari bois, fosid ilm deya baho bermaslik kerak. Chunki odamlardagi ixtilof ilmdagi 
ixtilof emas. O‘sha ilm egalaridan bittasi yoki bir nechtasining xatosi tufayli uni badnom 
qilmaslik kerak. Olimlarning ilmlariga amal qilmasligi ham yuqoridagi fikrga olib 
bormasin. 
 
Bir guruh insonlarning aqliy va fiqhiy nazar qilishni tark etganlarini ko‘rasan. Ular 
qilmishlariga bahona sifatida: «Agar bu ilmning asosi bo‘lganida edi, ilm arboblari uni 
topgan bo‘lardi», deyishadi. Ushbu shubha «Me’yorul ilm» kitobida ochiq bayon etilgan. 
 
Bir toifa odamlarning esa, bir tabib xatosi uchun tibbiyotni botil, deyishini ko‘rasan. Yana 
bir guruh odamlar birinchi marta duch kelganida ilmi nujumni to‘g‘ri deb e’tiqod 
qilishadi. Boshqa birovlari munajjimlarning xatosini ko‘rib, ilmi nujumni mutlaqo xato 
deb hisoblashadi. Aslida ikkala toifaning nazari ham xatodir. Chunki har bir narsani 
avvalo o‘ziga qarab tanish lozim. Shuni unutmaslik lozimki, har qanday ilm chegarasi 
odamlar uni o‘rgangan darajadan ko‘ra kengroqdir. Xazrati Alining (r.a.) so‘zlari ham 
shuni tasdiqlaydi: «Haqiqatni odamlarga qarab tanima, balki avval haqni tani, keyin 
ahlini tanib olasan!» 
 
Sakkizinchi vazifa: Sharafli ilmlarga olib boradigan sabablarni ham bilish lozim. Sabablar 
deganda ikki narsa nazarda tutilyapti: birinchisi, natijaning sharafli bo‘lishi, bunga din va 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
84
tib ilmlari misol bo‘ladi. Ikkinchisi, dalilning quvvatli va ishonchli bo‘lishi, bunga hisob-
kitob, nujum ilmlarini misol keltirish mumkin.  
 
Birinchi turiga oid bo‘lgan din ilmi kishiga abadiy hayot ato qiladi, tib ilmi esa, foniy 
hayotni ta’min etadi. Shunga ko‘ra, din ilmi tib ilmidan sharafliroq hisoblanadi. Hisob ilmi 
nujum ilmidan dalillari kuchli va ishonchli bo‘lgani bois sharafliroqdir. Agar hisob ilmini 
tib ilmiga taqqoslasak, u holda tib ilmi samarasiga ko‘ra afzal deyiladi. Vaholanki, hisob 
ilmi dalillar quvvatiga ko‘ra sharafliroqdir. Bunday hollarda samaraning mulohazasi 
muqaddam qilinadi. Shuning uchun ham yuqorida aytganimizdek, tib ilmi garchi ko‘p 
qismi taxmin bo‘lsa-da, hisob ilmidan ustundir. Mana shunga ko‘ra, Alloh taolo, Uning 
farishtalari, kitoblari, rasullari haqidagi ilm va unga olib boruvchi ilmlar eng sharafli 
hisoblanadi. Demak, sen bor layoqatingni, qiziqishingni faqat shu ilmga sarflamog‘ing 
lozim. 
 
To‘qqizinchi vazifa: Talabaning maqsadi bu dunyoda botinini ziynatlab, fazilat ila 
go‘zallashtirish, oxiratda esa Allohga yaqinlik hosil qilish, farishtalar va muqarrablardan 
iborat Malaul a’loga yuksalish bo‘lishi lozim. Zinhor mansab, mol-dunyo, obro‘ qozonish, 
nodonlarcha tortishish va yaqinlari bilan faxrlanishni g‘oya qilib olmaslik kerak. Agar 
tolibi ilm maqsadini to‘g‘ri belgilab olgan bo‘lsa, maqsad sari eng yaqin yo‘l bilan olib 
boruvchi ilm, so‘zsiz oxirat ilmidir. Lekin bu degani, Qur’on va sunnatga bog‘liq lug‘at, 
nahv, fatvo ilmlariga, shuningdek, «Muqaddimot» va «Mutammimot» bo‘limlarida 
keltirilgan farzi kifoya ilmlarga e’tibor qilmaslik kerak, degani emas. Bizning oxirat ilmiga 
ortiqcha yuqori baho berganimizga qarab, boshqa ilmlarni keraksiz o‘ylama! 
 
Ilmning xodimlari xuddi chegaraning posbonlari yoki Alloh yo‘lida kurashuvchi 
mujohidlarga o‘xshaydi. Mujohidlardan bir qismi jangchi, bir qismi ularga ko‘makchi, 
boshqa bir qismi ularga suv keltiruvchi bo‘ladi, yana bir qismi ot-ulovlarni muhofaza 
qilish bilan shug‘ullanadi. Lekin ular vazifalaridan qat’iy nazar, modomiki maqsadlari 
g‘animatni qo‘lga kiritish emas, Allohning so‘zini oliy qilish uchun bo‘lar ekan, va’da 
qilingan ajrdan olaverishadi. Ulamolar ham mujohidlar kabidir.  
 
«Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja-
martabalarga ko‘tarur». 
 
«Ular Alloh huzurida turli daraja (martaba) sohibidurlar» (Oli Imron surasi, 
163-oyat).  
 
Demak, fazilatlar nisbiydir. Podshohga qiyoslanganda mensilmaydigan sarroflar (kassir) 
farroshlarga taqqoslanganda ustun ko‘riladi. Shuning uchun yuqori darajadan pastga 
tushganlarning qadri yo‘q deb bo‘lmaydi. Eng oliy martaba anbiyolarniki, keyingisi 
avliyolarniki, undan keyingisi yetuk olimlarnikidir. Qolgan solih zotlarga darajalariga 
ko‘ra berilaveradi. Xulosa qilib aytganda:  
 
«Bas, kim zarra misqolicha yaxshilik qilsa, o‘shani ko‘rur va kim zarra 
misqolicha yomonlik qilsa, uni ham ko‘rur» (Zalzala surasi, 7-8-oyat). 
 
Ilmning qaysi turi bo‘lsa bo‘lsin, agar Alloh uchun ta’lim olinsa, shubhasiz, uning foydasi 
bo‘ladi va sohibini oliy maqomlarga ko‘taradi.  
 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə