Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/70
tarix15.10.2018
ölçüsü0,58 Mb.
#74297
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   70

Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
89
 
Albatta, ulamolar va oxirat farzandlari Alloh taologa safar qiluvchi va dunyodan U 
tomonga yo‘l tutuvchilardir. Yillar va oylar o‘sha yo‘lning manzillaridir. Biror shaharga 
borishni niyat qilib yo‘lga chiqqan yo‘lovchilarning yo‘lda hamroh bo‘lishlari o‘rtalarida 
mehr-muhabbat uyg‘onishlariga sabab bo‘lganida, oliy Firdavs jannati sari qilingan safar 
va uning yo‘lida yo‘ldosh bo‘lganlar o‘zaro qanchalik mehribon bo‘lishlari kerak?! Oxirat 
saodatida hech qanday tanglik yo‘q, shuning uchun oxirat farzandlari o‘rtasida tortishuv 
bo‘lmaydi. Dunyo saodatida esa kenglik yo‘q, shuning uchun u nizolardan xoli emas. 
 
Ilm orqali rahbarlikka erishishni o‘ylagan kishi Alloh taoloning:  
 
«Albatta, mo‘minlar og‘a-inidirlar» (Hujurot surasi, 10-oyat), degan kalomi 
taqozosidan tashqariga chiqqan va: 
 
«U kunda taqvolilardan boshqa do‘stlar bir-birlariga dushmandirlar» (Zuxruf 
surasi, 67-oyat), degan so‘zining muqtazosiga kirgan bo‘ladi.  
 
Ikkinchi vazifa: Shariat sohibi bo‘lgan zotga (sollallohu alayhi vasallam) ergashishdir. 
Muallim ilm o‘rgatish uchun haq talab etmaydi, biror mukofot olishni yoki tashakkur 
eshitishni ham maqsad qilmaydi. Balki Alloh taoloning roziligini istab va Unga yaqin 
bo‘lishni xohlab ta’lim beradi. Garchi shogirdlar minnatdorlik bildirishlari lozim bo‘lsa-da, 
uni o‘ziga ep ko‘rmaydi. Balki ularni fazilatli biladi. Zero, ular ilm olish bilan Alloh taologa 
yaqin bo‘lish uchun qalblarini poklaganlar. Bu hol o‘zing uchun ekin ek, deb bir kishi 
yerini senga topshirganida, ziroat bilan topadigan manfaating yer egasining manfaatidan 
ko‘proq bo‘lgandagiga o‘xshaydi. Alloh taoloning huzurida sening savobing mutaallim ¬ 
o‘quvchining savobidan ko‘proq bo‘lgani holda, qanday qilib ularga minnat qilasan? Agar 
ta’lim oluvchi bo‘lmasa, sen savobga erisha olmas eding. Shuning uchun ajrni faqat 
Alloh taolodan ista. Chunonchi, Alloh azza va jalla marhamat qiladiki: 
 
«Ey qavmim! Sizlardan u (xizmat) uchun mol-dunyo so‘ramayman. Mening 
mukofotim faqat Allohning zimmasidadir» (Hud surasi, 29-oyat). 
 
Darhaqiqat, mol-mulk va dunyodagi narsalar vujud xizmatkoridir. Vujud esa, nafsning 
ulovi-markabi. Maxdum (xizmat qilinuvchi) ilmdir. Zero, nafsning sharafi ilm bilan. Ilm 
bilan mol-dunyoni talab qilgan odam esa, kovushning tagini yuzi bilan artgan kishiga 
o‘xshaydi, u xodimni maxdum, maxdumni esa, xodim qilib qo‘ygandir. Bu holat oyog‘i 
qolib, boshi bilan yurishga teng. U qiyomat kunida Allohning huzurida boshlarini egib 
turuvchi gunohkorlar bilan birga bo‘ladi. 
 
Aslida, fazl va minnat muallim uchundir.  
 
E’tibor qilgilki, din ishi o‘zlari egallagan fiqh, kalom va boshqa ilmlarni o‘qitish bilan 
Allohga yaqinlashishni da’vo qiluvchi qavmlar qo‘lida qolib ketdi. Bu kimsalar mol va 
maqomning orqasidan yuguradilar va buni qo‘lga kiritish uchun podshohlarning huzurida 
har turli zillatga (pastkashlik) rozi bo‘ladilar. Chunki ular xushomadlarini tark qilsalar, 
(boshqa fazilatlari yo‘qligi sababli) o‘zlari ham tark etiladilar. (Bunday) muallimlar 
shogirdning mashaqqat paytlarida (xizmatida) qoyim bo‘lishini, do‘stlariga yordam berib, 
dushmaniga adovat qilishini, hojatlarida undan oshkora foydalanib qolishini va ishlariga 
tobe’ bo‘lishini istaydi. Mabodo, talaba bu xizmatda biror xatoga yo‘l qo‘ysa, unga g‘azab 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
90
qiladi va eng yomon dushmaniga aylanib qoladi. Zillatga rozi va bu holidan xursand 
bo‘lgan, so‘ngra, «dars berishdan maqsadim Allohga yaqin bo‘lish va dinga yordam 
berish», deyishdan ham uyalmaydigan olim eng yomon olimdir. Uning alomatlariga 
qara, aldanishning ko‘p turlarini ko‘rasan. 
 
Uchinchi vazifa: Talabaga qilinishi lozim bo‘lgan nasihatlardan hech birini qoldirmaslik. 
Masalan, uni loyiq bo‘lmagan martabaga chiqishidan qaytarishi va ochiq-ravshan ilmlarni 
tugatmay turib, maxfiy ilmlar bilan   mashg‘ul bo‘lishdan man’ qilishi lozim. Keyin esa, 
ilmlarni o‘rganishdan maqsad Allohga yaqin bo‘lish ekanini, maqomu martaba, obro‘ va 
kimo‘zarlikni maqsad qilish mumkin emasligini uqtirishi kerak. Ilm bilan dunyoviy 
narsalarni talab qilish naqadar yomon ekanini imkon qadar o‘z nafsida talabaga ko‘rsatib 
borishi lozim. Chunki fojir olimning isloh qilgan ishlari buzgan ishlaridan ko‘p emasdir. 
 
Agar muallim talabasining qalbida ilm bilan faqat dunyoni talab qilganini bilib qolsa, u 
o‘rganayotgan ilmga qarasin. Agar u fiqhdagi xilof ilmi, kalomdagi jadal ilmi, ahkom va 
xususiyatdagi fatvolar ilmi bilan  mashg‘ul bo‘lsa, uni darhol yo‘lidan qaytarsin. Chunki 
bu ilmlar oxiratda foyda bermaydi va ular: «Biz ilmni Allohdan boshqa uchun talab 
qildik, lekin ilm Allohdan boshqasi uchun bo‘lishdan bosh tortdi», deyilgan ilmlardan ham 
emasdir. Chunki bunday ilmlar tafsir, hadis va avvalgilar mashg‘ul bo‘lgan oxirat ilmi, 
nafs axloqini o‘rganish va uni poklash kayfiyati haqidagi ilmlardir. Agar talaba ushbu 
ilmlarni o‘rgansa va u bilan dunyoni maqsad qilsa ham, uni holiga qo‘yishning zarari 
yo‘q. Chunki ushbu ilmlar talabada odamlarga va’z aytish va ularni ortidan ergashtirish 
xohishini keltirib chiqaradi. Lekin ishning o‘rtasida yoki oxirida o‘zi ham ogoh bo‘lib 
qolishi, ko‘zi ochilishi mumkin. Zero, u ilmlar Allohdan qo‘rqitadigan, dunyodan 
sovutadigan va oxiratni ulug‘lovchi ilmlardir. Shuning uchun boshqalarga qilgan 
nasihatlaridan o‘zi ta’sirlanib, oxirat savobiga yuzlanishi umid etiladi. 
 
Odamlarga yoqishga va obro‘ olishga bo‘lgan muhabbat tuzoq atrofiga sochilgan don 
kabidir. Alloh taolo jonzotlarga nasl qoldirish uchun shahvat bergan. Shuningdek,  
 ilmlarni tiriltirishga sabab bo‘lishi uchun  maqomga nisbatan muhabbat paydo qildi. 
Shuning uchun bu ilmlarda bunday muhabbatlar uchrashi mumkin. Lekin ixtiloflar, kalom 
ilmidagi mujodalalar va kam uchraydigan far’iy masalalarni bilish va boshqa ilmlardan 
yuz o‘girib, faqat shulargagina berilish qalb qattiqligini, Allohdan g‘ofillikni, zalolatda 
davomiylikni va obro‘parastlikni ziyoda qiladi. Faqat Alloh taolo kimni rahmati bilan 
saqlasa yoki bu bilimiga boshqa diniy bilimlarni qo‘shgan bo‘lsagina, najot topishi 
mumkin. 
 
Bunga munosib dalil - tajriba va mushohadadir. Buning haqiqatini bandalarda va 
diyorlarda ko‘rish uchun nazar sol va ibrat ol! Basirat ko‘zingni och! Yordamchi faqat 
Allohdir. 
 
Bir kuni Sufyon Savriyni (r.a.) mahzun holda ko‘rib: «Sizga nima bo‘ldi?» deb so‘rashdi. 
U zot: «Biz dunyo bandalari uchun tijoratgohga aylanib qoldik. Ulardan ba’zilari 
yonimizga kelib ta’lim olgach, qozi, amaldor yoki qahramonga aylandi», deb javob 
berdilar. 
 
To‘rtinchi vazifa: Ta’lim san’atining nozik jihatlaridan biridirki, muallim talabaning yomon 
axloqini oshkora emas, balki imkoni boricha ta’riz – o‘ziga ko‘rsatish yo‘li bilan, qattiq 
so‘zlar bilan emas, shafqat yo‘li bilan qaytarishi lozim. Chunki oshkora shaklda tanbeh 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə