Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
95
uchun men qo‘rqqan narsaning eng qo‘rqinchlisi ilmli munofiqdir», deganlar. «Ilmli
munofiq qanday bo‘ladi?» deb so‘rashganda, u zot (r.a.): «Tilda olim,
qalb va amalda
johil», deb javob berganlar.
Hasan Basriy (r.a.) aytadilarki: «Olimlarning ilmini, hakimlarning hikmatini o‘rganib,
amalda esi pastlar yo‘lida yuruvchilardan bo‘lma».
Bir kishi Abu Hurayraga (r.a.): «Men ilm o‘rganishni xohlayman, lekin uni zoe’ qilishdan
qo‘rqaman”, deganida, u kishi (r.a.): «Ilm o‘rganishni tark qilish uning zoe’ bo‘lishi
uchun kifoyadir», dedilar.
Ibrohim ibn Uyaynadan (r.a.): «Odamlar ichida eng ko‘p pushaymon bo‘luvchisi kim?»
deb so‘rashganda, u kishi: «Dunyoda qadriga yetmaydigan
odamga yaxshilik qilgan
kishi, o‘lim vaqtida ilmiga amal qilmagan olim», dedilar.
Xalil ibn Ahmad (r.a.) shunday deganlar: «Odamlar to‘rt xil bo‘ladi:
1. Biladigan va bilishini ham biladigan kishi. U olimdir, unga ergashinglar.
2. Biladi, lekin bilishini bilmaydigan kishi. U uyqudadir, uni uyg‘otib qo‘yinglar.
3. Bilmaydigan va bilmasligini biladigan kishi. U yo‘l qidiruvchidir, uni yo‘lga solinglar.
4. Bilmaydigan va bilmasligini ham bilmaydigan kishi. U johildir, undan qochinglar».
Sufyon Savriy (r.a.) aytadilar: «Ilm amalni chorlaydi. Agar u (amal) javob bersa (ya’ni,
kelsa), yaxshi. Aks holda ilmning o‘zi ham ketib qoladi».
Ibn Muborak (r.a.) aytadilar: «Kishi
modomiki ilm izlab yurgan ekan, u olimdir. Qachon
o‘zini olim bo‘ldim deb o‘ylasa, johil bo‘lib qoladi».
Fuzayl ibn Iyoz (r.a.) aytadilar: «Men uch kishiga achinaman: bir qavmning xor bo‘lgan
raisiga, qavmning faqir bo‘lib qolgan boyiga va dunyoning o‘yinchog‘i bo‘lib qolgan
olimga».
Hasan Basriy (r.a.) aytadilar: «Olimlarning jazosi qalblarining o‘lishidir. Qalbning o‘limi
esa, oxirat amali bilan dunyo talab qilishdir».
Bir shoir shunday ma’noda aytgan ekan: «Hidoyat evaziga zalolat sotib olganlarga
ajablanaman. Kim dini
evaziga dunyoni sotib olsa, yanada ko‘proq ajablanarlidir. Bu
ikkalasidan ham ajablanarlirog‘i dinini birovning dunyosi uchun sotgan kishidir. Zero,
bu ish ikkalasidan ham ajabroqdir».
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytadilar: «Albatta, olim shunday azob bilan
azoblanadiki, azobining qattiqligidan do‘zax ahllari uning atrofini aylanadilar». Bu so‘zlari
bilan u zot (sollallohu alayhi vasallam) buzg‘unchi olimni iroda qildilar.
Usoma ibn Zayd (r.a.) aytadilar: «Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) shunday
deganlarini eshitganman: «Qiyomat kuni bir olim keltirilib, do‘zaxga tashlanadi.
Shunda
ichak-chavog‘i chiqib ketadi va eshak tegirmon toshi atrofida aylangani kabi, u (olim)
ham o‘sha joyda aylanib turaveradi. Shunda do‘zax ahllari uning atrofini o‘rab olib:
«Senga nima bo‘ldi?» deb so‘rashadi. U: «Yaxshilikka buyurib, o‘zim qilmas edim,
yomonlikdan qaytarib, o‘zim qilar edim», deb javob beradi».
143
Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
96
Olim kishining gunohiga oladigan azobi bir necha barobar bo‘ladi.
Chunki u bilib turib
osiylik qildi. Shuning uchun ham Alloh taolo aytadi:
«Albatta, munofiqlar do‘zaxning eng tubida (bo‘lur)lar», (Niso surasi, 145-oyat).
Chunki ular bilganlaridan keyin inkor qildilar.
Yahudiylar «Allohning bolasi bor», «Alloh uchtadan bittasidir», demasalar ham,
nasorolardan yomonroq deb sifatlandi. Chunki ular bilganlari holda inkor qildilar. Bu
haqda Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
«Ular uni (Muhammad sollallohu alayhi vasallamni) xuddi o‘z farzandlarini
tanigandek taniydilar» (Baqara surasi, 146-oyat).
Yana aytadiki:
«O‘zlariga tanish zot (Muhammad) kelganida, (uni inkor etib) kofir bo‘ldilar.
Kofirlarga Allohning la’nati bo‘lsin!» (Baqara surasi, 89-oyat)
143. Muttafaqun alayh. Faqat olim so‘zi o‘rnida kishi deb aytilgan.
Bal’om ibn Bourro qissasida Alloh taolo shunday deydi:
«(Ey Muhammad), ularga (yahudiylarga) bir kimsaning xabarini tilovat qiling -
u kimsaga oyatlarimizni bildirgan edik. Bas, u o‘sha oyatlarimizdan chetlangach
(ya’ni ularga amal qilmagach), uni shayton ergashtirib ketib, yo‘ldan
ozguvchilardan bo‘lib qoldi.» (A’rof surasi, 175-oyat)
Oyat davomida shunday deydi:
«Bas, uning misoli xuddi bir itga o‘xshaydiki, uni haydasang ham tilini osiltirib
turaveradi, yoki (o‘z holiga) qo‘ysang ham tilini osiltirib turaveradi.»
Fojir olim ana shundaydir. Chunki Bal’omga Allohning kitobi berilgan edi. U esa, faqat
nafs havosining istagiga berilib ketgani sababli itga o‘xshatildi.
Iso (a.s.) shunday deganlar: «Yomon olimlarning misoli anhor og‘ziga tushib (suvni
to‘sib qo‘ygan) xarsangtosh kabidirki, na o‘zi ichadi va na
ekinlar ichishi uchun suvni
qo‘yib yuboradi. Yana yomon olimlarning misoli botqoqlikdagi o‘t kabidirki, zohiri
chiroyli, ichi balchiqqa to‘la, yana (ularning misoli) qabrlar kabidirki,
zohiri obod, ichi
o‘liklarning suyaklari bilan to‘lgan».
Ushbu xabarlar va asarlar dunyoparast olimning ahvoli johilnikidan ko‘ra yomonroq va
azobi og‘irroq bo‘lishini hamda najot topuvchilar va Allohga yaqin bo‘luvchilar oxirat
olimlari ekanini bayon qilmoqda.
Oxirat olimlarining ham bir qancha alomatlari bor.
Ulardan biri
ilmi bilan dunyo talab qilmaslikdir. Zero, olimlikning eng past darajasi
dunyoning haqir, past, tashvishli va o‘tkinchi ekanini hamda oxiratning ulug‘, doimiy,
ne’matlari musaffo va mulki buyukligini bilishdir. Olim kishi yana shuni ham bilmog‘i
lozimki, dunyo va oxirat bir-biriga ziddir. Kundoshlar kabidirki,
birini rozi qilsang,