Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/70
tarix15.10.2018
ölçüsü0,58 Mb.
#74297
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   70

Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
93
yuklamagan bo‘lsa, uning e’tiqodiga shubhalar solish to‘g‘ri emas. Balki ularni xoli 
qoldirish lozim. Chunki unga zohirning ta’villari zikr qilinsa, undan avomlik zanjiri 
yechiladi, lekin xoslarning qalbiga bog‘lanishga ham muyassar bo‘lmaydi. U bilan 
gunohlar o‘rtasidagi to‘siq yo‘qoladi hamda o‘zini ham, boshqalarni ham, halokatga 
yetaklovchi sarkash shaytonga aylanadi. Shuning uchun avom odamlar bilan ilmning 
nozik haqiqatlariga sho‘ng‘imaslik lozim. Balki ularga ibodatlarni o‘rgatish, qilayotgan 
kasblarida ishonchli odam bo‘lishlarini ta’lim berish, Qur’onda aytilganidek, ularning 
qalblarini jannatga rag‘bat va jahannamdan qo‘rquv bilan to‘ldirish, ularda shubha 
uyg‘otmaslik lozimdir. Chunki gohida shubha      qalbda o‘rnashib qoladi va uni hal etish 
juda mushkul bo‘ladi. Natijada baxtsizlik va halokatga uchraydi. 
 
Umuman olganda, avom uchun bahs eshigini ochmaslik darkor. Chunki (bu bilan) 
xalqning hayotini va xoslar tirikchiligining davomiyligiga sabab bo‘lgan san’at (kasb)lari 
e’tiborsiz qolib ketadi. 
 
Sakkizinchi vazifa: Muallim ilmiga amal qiluvchi bo‘lmog‘i lozimki, fe’li so‘zini yolg‘onga 
chiqarmasin. Chunki ilm basirat (qalb ko‘zi) bilan, amal esa, ko‘z bilan bilinadi. Ko‘z bilan 
ko‘ruvchilar esa, juda ko‘pdir. 
 
Qachonki, amal ilmga xilof bo‘lsa, rushdu hidoyatga mone’lik qiladi. Har kim o‘zi bir 
narsani yeb turib, odamlarga: «Buni yemanglar», desa, ushbu so‘zi zahar kabi bo‘ladi va 
odamlar uni masxaralay boshlaydi, unga tuhmat qiladi. Qaytarilgan ishga qiziqishlari 
ortib: «Bu ish eng shirin va eng lazzatli narsa bo‘lmaganida, o‘zi o‘sha ishni qilmas edi», 
deydi. 
 
Murshid ¬ muallimning shogirdlar oldidagi mavqe’i qolipning loyga yoki daraxtning 
soyaga nisbati kabidir. Qolip bo‘lmasa, loydan qanday foydalanish mumkin, daraxt 
qiyshiq bo‘lsa, soya qachon to‘g‘ri bo‘ladi? Bu haqda shunday she’r aytilgan: 
 
Qilib turgan ishingni boshqalarga etma man’, 
O‘zing uchun katta or, agarchi shunday qilsang. 
 
Alloh taolo marhamat qilib aytadi:   
 
«Odamlarni yaxshilikka buyurasizlar-u, o‘zlaringizni unutasizlarmi?» (Baqara 
surasi, 44-oyat). 
 
Shuning uchun olimning gunoh qilgandagi yuki johilning yukidan ko‘proq bo‘ladi. Zero, 
uning yo‘ldan toyishi bilan ko‘plab odamlar ham toyiladilar va unga ergashib ketadilar. 
Kimki yomon bir odatni joriy qilsa, unga o‘sha ishning gunohi va uni qilgan barcha 
odamlarning gunohi yoziladi. Shuning uchun Hazrati Ali (r.a.): «Mening belimni ikki toifa 
sindirdi: ilmga amal qilmagan olim va ibodatga sho‘ng‘igan johil. Chunki johil odamlarni 
ibodati bilan aldaydi, olim esa ilmiga amal qilmaslik bilan», deganlar. 
 
Alloh bilguvchiroqdir. 
 
 
 
 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
94
Oltinchi bob 
Ilmning ofatlari hamda oxirat olimlari va yomon olimlarning alomatlari 
 
Ilm va ulamo fazilati borasida vorid bo‘lgan oyat va hadislarni zikr qilib o‘tdik. Yomon 
olimlar haqida ham qo‘rqinchli xabarlar kelganki, ularning qiyomat kunida eng og‘ir 
azobga duchor bo‘lishlariga dalolat qiladi. Navbatdagi muhim vazifalardan biri dunyo 
olimlari va oxirat olimlari o‘rtasini ajratuvchi alomatlarni yaxshi bilib olishdir. 
 
Dunyo olimlari deganda ilmdan maqsadlari dunyo bilan ne’matlanish hamda dunyo 
ahllari oldida obro‘ va maqomga erishish bo‘lgan yomon olimlarni nazarda tutdik. Zero, 
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Odamlarning qiyomat kunida eng og‘ir 
azoblanadigani Alloh taolo ilmidan o‘ziga manfaat bermagan olimdir», deganlar.  
 
Yana aytadilar: «Hech bir kishi ilmiga amal qilmagunicha olim bo‘lolmaydi».
136
 
 
Yana marhamat qiladilar: «Ilm ikki xildir: Tildagi ilm, u maxluqotlariga qarshi Alloh 
taoloning hujjatidir. Qalbdagi ilm, bu manfaatli ilmdir».
137
 
 
136. Ibn Hibbon va Bayhaqiylar Abu Dardodan mavquf holda rivoyat qilishgan. 
137. Termiziy va Ibn Abdulbar mursal holda, sahih isnod ila rivoyat qilishgan. 
 
Yana shunday deydilar: «Oxir zamonda johil obidlar va fosiq olimlar paydo bo‘ladi».138 
 
Yana aytadilar: «Olimlarni lol qoldirish, esi pastlar bilan munozara qilish va odamlarning 
nazarini     o‘zingga jalb qilish uchun ilm o‘rganma. Kim shunday qilsa, joyi 
jahannamdadir».
139
 
 
Yana aytadilar: «Kim o‘zidagi ilmni yashirsa, Alloh taolo uni olovdan bo‘lgan yugan bilan 
yuganlaydi». 
 
Yana: «Sizlar uchun Dajjoldan ko‘ra boshqa birisidan qo‘rqaman», deganlarida, 
sahobalar: «U kim?»  deb so‘rashdi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Zalolatga 
boshlovchi peshvolar (olimlar)»,
140
 dedilar. 
 
Yana aytganlarki: «Kimning ilmi ziyodalashsa-yu, hidoyati ziyodalashmasa, faqat 
Allohdan uzoqlashadi, xolos».
141
 
 
138. Hokim Anasdan (r.a.) rivoyat qilgan, zaif. 
139. Ibn Moja Jobirdan (r.a.) sahih isnod ila rivoyat qilgan. 
140. Imom Ahmad Abu Zarrdan (r.a.) yaxshi isnodila rivoyat qilgan. 
141. Abu Mansur Daylamiy «Musnadul firdavs» kitobida Alidan (r.a.) zaif isnod ila rivoyat qilgan. 
 
 
Iso (a.s.) shunday degan ekanlar: «O‘zingiz yo‘l qidirganlar bilan turganingiz holda, 
qachongacha to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatasizlar?» 
 
Mazkur va boshqa ko‘plab xabarlar ilmning xatarlari buyukligiga dalolat qiladi. Demak, 
olim yo abadiy halokatga, yo abadiy saodatga duch keluvchidir. Agar inson ilmga 
sho‘ng‘ish bilan saodat topa olmagan bo‘lsa, salomatlikdan mahrum bo‘ladi. 
 
Bu mavzuda hikmatli so‘zlar ham juda ko‘p. Jumladan, Hazrati Umar (r.a.): «Bu ummat 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə