Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/70
tarix15.10.2018
ölçüsü0,58 Mb.
#74297
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70

Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
97
ikkinchisini g‘azablantirgan bo‘lasan. Tarozining ikki pallasi kabidirki, biri og‘ir kelsa, 
ikkinchisi yengil bo‘ladi. Mag‘rib va mashriq kabidirki, biriga yaqinlashganing sayin 
ikkinchisidan uzoqlashasan. Biri bo‘sh, biri to‘la ikki qadah kabidirki, to‘lasining suvidan 
bo‘shiga qo‘ysang, bunisi to‘lgan sari unisi bo‘shab boradi. 
 
Kimki dunyoning og‘ir, g‘am-tashvishli, lazzatlari alamlari bilan aralash va undagi barcha 
yaxshi narsalar o‘tkinchi ekanini bilmagan bo‘lsa, u aqli buzilgan kishidir. Chunki 
mushohada va tajriba buni ochiq ko‘rsatib turibdi. Shunga ko‘ra, aqli yo‘q kishi qanday 
qilib olimlardan bo‘lsin? Kim oxirat ishining ulug‘ va davomiyligini bilmagan bo‘lsa, u 
iymondan ajralgan kofirdir. Iymonsiz kishi qanday qilib olim bo‘lsin?! Kim dunyoning 
oxiratga zid ekanini va u ikkalasini bir joyda to‘plash mumkin emasligini bilmagan bo‘lsa, 
u barcha payg‘ambarlarning shariatlarini bilmaydigan johildir, balki, Qur’onni boshidan 
oxirigacha inkor etuvchidir. U qanday qilib olimlar toifasidan sanalsin?! Kim bularning 
barchasini bilib ham oxiratni dunyodan ustun qo‘ymagan bo‘lsa, u shaytonning asiridirki, 
hoyu xohishlari uni halok qilgan va badbaxtligi unga g‘olib kelgandir. Darajasi shunday 
bo‘lgan kishi qanday qilib olimlar jamoasidan sanalsin?!  
 
Dovud alayhissalomning xabarlarida Alloh taolodan hikoya qilib shunday deyilgan: «Olim 
kishi shahvatini Mening muhabbatimdan ustun qo‘yganida unga beriladigan jazoning eng 
yengili – uni munojotimning lazzatidan mahrum qilaman. Ey Dovud! Dunyo mast qilib 
qo‘ygan olimni Mendan so‘rama. Chunki u seni Mening muhabbatim yo‘lidan to‘sib 
qo‘yadi. Ular bandalarim yo‘lini to‘suvchi qaroqchilardir. Ey Dovud! Qachon Meni qidirgan 
kishini ko‘rsang, unga xizmatkor bo‘l. Ey Dovud! Kim Mendan qochgan kishini huzurimga 
qaytarsa, uni qahramon deb yozib qo‘yaman. Kimni qahramon deb yozgan bo‘lsam, uni 
hech qachon azoblamayman». 
 
Shuning uchun ham Hasan Basriy (r.a.) aytganlarki: «Olimlarning jazosi qalblarining 
o‘lishidir. Qalbning o‘limi esa, oxirat amali bilan dunyoni talab qilishdir». 
 
Shuningdek, Yahyo ibn Muoz (r.a.): «Qachon ilm va hikmat bilan dunyo talab qilinsa
ularning hikmati yo‘qoladi», deganlar. 
 
Said ibn Musayyab (r.a.) aytadilar: «Qachon bir olimning amirlar atrofida o‘ralashib 
yurganini ko‘rsangiz, (bilingizki) u o‘g‘ridir». 
 
Hazrati Umar (r.a.) aytadilar: «Qachon bir olimning dunyoga muhabbat qo‘yganini 
ko‘rsangiz, diningiz ishlarida undan ehtiyot bo‘linglar. Chunki har bir oshiq sevgan 
narsasiga sho‘ng‘ib ketadi». 
 
Molik ibn Dinor (r.a.) aytadilar: «Ba’zi avvalgi kitoblarda o‘qiganmanki, unda Alloh taolo: 
«Olim kishi  dunyoga muhabbat qo‘ysa, unga beriladigan jazoning eng yengili shuki, 
qalbidan munojotimning halovatini chiqarib yuboraman», degan». 
 
Bir kishi birodariga shunday maktub yozgan ekan: «Senga ilm berilgan ekan, ilmingning 
nurini gunohlar zulmati bilan o‘chirib qo‘yma, unda ilm ahllari ilmining nuri bilan 
yuradigan qiyomat kunida zulmatda qolib ketasan». 
 
Yahyo ibn Muoz Roziy (r.a.) dunyoparast olimlarga shunday der edilar: «Ey ilm sohiblari! 
Qasrlaringiz Qaysarniki kabi, uylaringiz Kisroniki kabi, liboslaringiz Tohirniki kabi, oyoq 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
98
kiyimlaringiz Jomutniki kabi, ulovingiz Qorunniki kabi, uy jihozlaringiz Fir’avnniki kabi 
bo‘lsa, gunohlaringiz johiliyatdagi kabidir va yo‘lingiz shaytoniy yo‘ldir. Muhammadning 
(sollallohu alayhi vasallam) shariatlariga yo‘l bo‘lsin!» 
 
Bir shoir shunday degan ekan: 
 
Cho‘ponki qo‘ylarini bo‘ridan himoya qilur
Lek cho‘pon bo‘ri bo‘lsa, ahvol ne kechur?! 
Boshqa bir shoir aytadi: 
Ey mamlakatning tuzi bo‘lgan qorilar, 
Tuz aynisa, unga bormi dorilar?! 
 
Oriflarning biridan: «Sizning-cha, gunohlar ko‘zini quvnatadigan kishi Allohni taniy 
oladimi?!» deb so‘rashganida, shunday javob bergan ekan: «Dunyoni oxiratdan ustun 
qo‘ygan kishi Allohni taniy olmasligi shubhasizdir. Holbuki, uning  gunohi undan (siz 
so‘rayotgan odamnikidan) anchayin yengildir». 
 
Mol-dunyoni tark qilish oxirat olimlari safiga qo‘shilish uchun kifoya qiladi, deb o‘ylama. 
Chunki obro‘ – maqom mol-dunyodan ko‘ra zararliroqdir. Shuning uchun Bishr ibn Horis 
(r.a.) shunday deganlar: «Haddasana» (bizga aytib berishdi) degan so‘z mol-dunyo 
eshiklaridan biridir. Bir kishining qachon «haddasana» deganini eshitsangiz, u «menga 
yo‘l beringlar» degan bo‘ladi». 
 
Ana shu Bishr ibn Horis (r.a.) o‘ndan ortiq savatlarga joylangan kitoblarni yerga ko‘mib 
qo‘ygan edilar, aytardilarki: «Men hadis aytishni xohlayman. Agar mendagi hadis 
aytishga bo‘lgan ishtiyoq yo‘qolsa, albatta, aytaman». 
 
U zot ham, boshqalar ham aytganlarki: «Qachon gapirishni xohlasang, sukut qil. Qachon 
xohlamasang, shunda gapir». 
 
Bunday deyishlarining sababi, chiroyli ifodalashdagi obro‘ va irshod mansabi bilan 
lazzatlanish dunyoda ne’matlanishdan ko‘ra lazzatlidir. Bas, kim mana shu jihatdan 
nafsining xohishiga ijobat qilgan bo‘lsa, u dunyoparastlardan biridir. Shuning uchun 
Sufyon Savriy (r.a.) aytganlarki: «Til orqali keladigan fitna oila, mol-dunyo va farzandlar 
orqali keladigan fitnadan og‘irroqdir. Payg‘ambarlar sayyidi bo‘lgan zotga bu haqda 
«Agar (Biz) sizni (haq yo‘lda) sobitqadam qilmaganimizda, ularga bir oz moyil 
bo‘lishingizga oz qolgan edi» (Isro surasi, 74-oyat), deyilgan bo‘lsa-yu, qanday qilib 
gapirish fitnasidan qo‘rqmasin?!» 
 
Sahl (r.a.) aytadilar: «Ilmning hammasi dunyodir. Oxirat esa, unga amal qilishdir. 
Ixloslisidan boshqa amalning hammasi behuda». 
 
Yana aytganlarki: «Olimlardan tashqari hamma o‘likdir. Ilmiga amal qiluvchilardan 
boshqa barcha olimlar sarxushdir. Ixloslilardan tashqari barcha amal qiluvchilar 
aldangandir. Ixlosli kishi esa, oqibati nima bilan tugashini bilguncha xavfdadir». 
 
Abu Sulaymon Doroniy (r.a.) aytadilar: «Qachon bir kishi hadis qidirsa yoki uylansa, 
tirikchilik umidida safarga chiqsa, u dunyoga bog‘lanib qolgandir». Bu zot («hadis 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə