Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/70
tarix15.10.2018
ölçüsü0,58 Mb.
#74297
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   70

Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
105
lekin mukammal bilmasdan turib amal qilma», deydi. Shunday qilib, ilmni gapirib, 
amalni orqaga surishda davom etadi. Hatto hech qanday amalsiz o‘lib ketadi».
154
 
 
Sirriy Saqatiy (r.a.) shunday deydilar: «Zohir ilmini o‘rganishga ishtiyoq bilan bir kishi 
(birdaniga) ibodat qilish uchun (odamlardan) ajralib oldi. Undan buning sababini 
so‘radim. Aytdiki: «Tushimda bir zotni ko‘rdim. U: «Alloh seni zoe’ qilgur, qachongacha 
ilmni zoe’ qilasan?» dedi. Men unga: «Men ilmni yod olyapman», dedim. U esa: «Ilmni 
muhofaza qilish unga amal qilish demakdir», dedi. Shundan keyin ilm o‘rganishni tark 
qilib, amalga yuzlandim». 
 
154. «Al-Jome’» kitobida Anasdan (r.a.) zaif sanad ila rivoyat qilingan. 
 
 
Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: «Ilm ko‘p rivoyat bilish emas, balki  qo‘rquvdir». 
 
Hasan Basriy (r.a.) aytadilar: «Xohlaganingizcha ilm o‘rganing. Allohga qasamki, amal 
qilmaguningizcha, Alloh sizga savob bermaydi. Chunki esi pastlarning himmati 
rivoyatdir, olimlarning himmati rioyat – amal qilishdir». 
 
Molik (r.a.) aytadilar: «Ilm talab qilish juda yaxshi. Niyat to‘g‘ri bo‘lsa, uni yoyish ham 
juda yaxshi. Lekin sen ertadan kechgacha o‘zingga lozim bo‘lgan ishlarga qara va hech 
narsani vazifangdan ustun qo‘yma». 
 
Ibn Mas’ud (r.a.) aytadilar: «Qur’on amal qilinishi uchun nozil etilgan. Sizlar esa uni 
o‘rganishni amal qilib oldingizlar. Yaqinda shunday qavmlar keladiki, ular Qur’onni suv 
qilib ichib yuboradilar. (Lekin) ular yaxshilaringiz emas. Ilmga amal qilmaydigan olim 
davoni sifatlagan bemor yoki taomlarning lazzatini sifatlagan och odam kabidir». 
 
Alloh taoloning quyidagi so‘zi shu ma’noni ifodalaydi: 
«Sizlar uchun esa (Ey mushriklar, Allohni noloyka sifatlar bilan) 
sifatlaganlaringiz sababli halokat bo‘lur». 
 
Hadisda shunday deyiladi: «Ummatim uchun olimning toyilishidan va munofiqning 
Qur’on haqida tortishuvidan qo‘rqaman».
155
 
 
(Oxirat olimlarining alomatlaridan) yana biri manfaati oz, mujodala va «dedi¬dedi»si 
ko‘p ilmlardan saqlanib, toatlarga targ‘ib qiluvchi, oxiratda foyda beradigan ilmning 
tahsili uchun yordam berishdir. 
 
Amallarga tegishli ilmdan yuz o‘girib, mujodala bilan mashg‘ul bo‘lgan kishi  ko‘p 
kasalliklarga mubtalo bo‘lib, mohir tabibga vaqti ziqligida ro‘baro‘ kelgan va uning ketib 
qolish xavfi bo‘lsa ham, o‘zini qiynab turgan dardlarini qo‘yib, turli dorilarning 
xususiyatlari va tibbiyotning g‘aroyib masalalarini so‘rash ila mashg‘ul bo‘lgan kasalga 
o‘xshaydi. Bu ish aqlsizlikning o‘zginasidir.  
 
155. Tabaroniy va Ibn Hibbonlar rivoyati. 
 
 
Rivoyat qilinishicha, bir kishi Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) huzurlariga 
kelib, «Menga   ilmning g‘aroyibotlarini o‘rgating», dedi. Rasululloh (sollallohu alayhi 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
106
vasallam) unga: «Ilmning boshi haqida nima qilding?» deb so‘radilar. U kishi: «Ilmning 
boshi nima?» dedi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Ulug‘ Parvardigorni 
tanidingmi?» deya so‘rdilar. U kishi: «Ha», dedi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): 
«Uning haqqini ado etishda nima qilding?» deb so‘raganlarida u kishi: «Alloh xohlagan 
ishlarni qildim», dedi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «O‘limni tanidingmi?» 
dedilar. U: «Ha», dedi. «Unga nimani tayyorlading?» deb so‘radilar keyin. «Alloh 
xohlagan narsani», dedi u. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Bor, o‘sha 
narsalarni  chiroyli qilib bajar. Keyin kelsang, senga ilmning g‘aroyibotlarini 
o‘rgatamiz»,
156
 dedilar. 
 
Har bir mutaallim Shaqiq Balxiyning talabasi Hotamul Asom haqida rivoyat qilingan 
toifadan bo‘lishi lozim. Shaqiq (r.a.) talabasi Hotamdan so‘radilar: «Qanchadan beri 
mening huzurimdasan?» Hotam: «O‘ttiz uch yildan beri», dedilar. U zot: «Shu muddat 
ichida mendan nima o‘rganding?» deb so‘radilar. Hotam: «Sakkiz masalani», deb javob 
berdilar. Shunda Shaqiq: «Innalillahi va inna ilayhi roji’un. Umrim sen bilan o‘tgan 
bo‘lsa-yu, sen faqat sakkiztagina masalani o‘rgandingmi?» dedilar. Hotam aytdilar: «Ey 
ustoz! Yolg‘on gaprishni yoqtirmayman. Haqiqatda boshqa hech narsani o‘rganmadim». 
Ustozi: «Mayli, o‘sha sakkiz masalani ayt, eshitaylik», dedilar. Hotam so‘zlay 
boshladilar: «Odamlarga qaradim. Ko‘rdimki, ularning har birining bir mahbubi bor, 
o‘sha mahbubi bilan qabrgacha birga bo‘ladi. Qabrga yetganda esa, undan ajrab qoladi. 
Shuning uchun men hasanotni (savobli ishlarni) o‘zimga mahbub qildimki, qachon 
qabrga kirsam, mahbubim ham men bilan birga kirsin». Shaqiq: «Juda chiroyli 
so‘zlading, ey Hotam! Ikkinchisi nima?» dedilar. Hotam aytdilar: «Alloh taoloning: 
 
«Endi kim (hayoti-dunyodalik paytida Qiyomat kuni mahshargohda) 
Parvardigorining (huzurida) turishi ( va U zotga hisob-kitob berishi)dan 
qo‘rqqan va nafsini havoyi hohishlardan qaytargan bo‘lsa, u holda faqat 
jannatgina (uning uchun) joy bo‘lur» (Noziot surasi, 40–41-oyatlar), degan so‘ziga 
qaradim. Bildimki, Alloh taoloning so‘zi haqdir. Shuning uchun nafsimni havolanishdan 
qaytarishga jiddiy harakat qildim. Toki, nafsim Alloh taoloning toatida mustahkam bo‘ldi. 
Uchinchi, yana shu odamlarga boqdim va ko‘rdimki hammaning huzurida qiymatga ega 
bo‘lgan biror narsa bor va uni ko‘tarib, saqlab yuradi.  
 
156. Ibn Sunniy, Abu Nuaym va Ibn Abdulbar Abdulloh ibn Misvordan mursal holda rivoyat qilishgan, juda zaifdir. 
 
Keyin Alloh taoloning: 
 
«Sizlarning huzurlaringizdagi narsalar tugab ketur. Allohning huzuridagi 
narsalar boqiydir» (Nahl surasi, 96-oyat), degan so‘ziga qaradim. Qachon biror 
qiymatga ega narsani qo‘lga kiritsam, Allohning huzuriga yubordim, toki u yerda 
saqlanib boqiy qolsin. So‘ngra yana shu odamlarga qaradim. Ko‘rdimki, ularning har biri 
mol-dunyoga, mansabga, shon-sharafga va nasabga ruju’ qo‘ygan. Bularning barchasini 
o‘ylab ko‘rsam, qiymatsiz narsalar ekan. Keyin Alloh taoloning: 
 
«Albatta, sizlarning Alloh nazdidagi eng hurmatlirog‘ingiz 
taqvodorrog‘ingizdir» (Hujurot surasi, 13-oyat), degan so‘ziga qaradim. Shuning 
uchun Allohning huzurida hurmatli bo‘lay deb,  taqvoga muvofiq amal qildim. So‘ng yana 
shu odamlarga qaradim. Ular bir-birlariga ta’na qiladilar, la’natlaydilar. Bularning 
barchasining asosi  hasaddir. Keyin Alloh taoloning: 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə