Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
121
yoki Makkaning borligini
bilish kabi aniq xabarligini, yoxud pishirilgan saqmoniya
(tibbiyotda ishlatiladigan nodir o‘simlik) yengillashtiruvchiligini bilish tajribaligini yoki
zikr qilgan dalilimizni bilishga o‘xshaydi.
Ularning nazarida bu ismni («yaqiyn» so‘zini) ishlatishning sharti shak qilmaslikdir. U
to‘g‘rida shak etilmaydigan har qanday ilm nazdlarida «yaqiyn» deb nomlanadi. Shunga
binoan yaqiyn zaiflik bilan sifatlanmaydi. Zero, shakni inkor etishda tafovut yo‘qdir.
Ikkinchi istiloh – fuqaho, mutasavvif va aksar ulamoning istilohidirki, bunda tajviz va
shak e’tiboriga qaralmaydi, balki uning aqlga ustun va g‘olib kelishiga e’tibor qilinadi.
Hatto, falonchining o‘limga yaqiyni zaif, deyiladi, vaholanki, o‘limning
haqligida shak
yo‘q. Falonchining rizq kelishiga yaqiyni kuchli, deyiladi, holbuki, kelmasligi ham
mumkin. Nafs bir narsani tasdiqlashga qanchalik moyil bo‘lib, u qalbga g‘olib kelsa va
uni egallab olsa, u nafsdagi tajviz va mone’likni hukm va tasarruf etuvchiga aylanadi. Bu
esa yaqiyn deb nomlanadi. Odamlar o‘limga qat’iy ishonchda barobardirlar. Lekin
ularning ichida o‘limga e’tibor bermaydiganlari va tayyorlanmaydiganlari ham bor. Go‘yo
o‘limga ishonmaydigandek, yaqiyni yo‘qdek. Yana ularning ichida o‘lim qalbini egallab
olgan, unga tayyorgarlik tashvishiga cho‘kkan va boshqa narsa ko‘ngliga sig‘magan
kishilar bor. Bunga o‘xshash holatlar haqida «yaqiyni quvvatli» iborasi ishlatiladi.
Shuning uchun ayrimlar: «O‘limdan-da yaqiynsiz shakka o‘xshagan, ammo shaksiz
yaqiynni ko‘rmadim», deyishgan. Bu gapni yaqiynning zaiflik va quvvatlik sifatlaridagi
istilohiga binoan aytishgan. Biz, yaqiynni to‘liq ikki ma’nosida
kuchaytirish oxirat
ulamolarining sha’nidandir, degan so‘zimiz bilan quyidagilarni iroda etgan edik: yaqiyn
shakni inkor etishdir, so‘ng uning nafsga hukmronlik qilishidirki, to u nafsda hukmron va
g‘olib bo‘lsin.
Mana shularni tushungan bo‘lsang, «yaqiyn uch qismdan iboratdir», degan so‘zimizdan
murod quvvatlilik va zaiflik, ko‘plik va ozlik, maxfiylik va ravshanlik ekanini bilgan
bo‘lsang kerak. Quvvat va zaiflik ikkinchi istilohga binoandir va u qalbga g‘olib bo‘lish,
uni egallashda yuzaga keladi. Yaqiynning quvvat va zaiflikdagi ma’nolari darajasi
tuganmas, benihoyadir. Xalqning o‘limga tayyorgarlikdagi tafovuti yaqiynning mana shu
ma’nolardagi tafovutiga qarab belgilanadi. Ammo birinchi
istilohdagi maxfiylik va
ravshanlik tafovuti ham, tajvizga olib boradigan ikkinchi istiloh ham inkor etilmaydi.
Shuningdek, undan shakni yo‘qqa chiqarishni ham inkor etishning iloji yo‘q. Masalan,
sen Makkaning borligi bilan Fadakning borligini tasdiqlashda farq borligini, Muso (a.s.)
bilan Yo‘sha’ni (a.s.) tasdiqlashda tafovut mavjudligini bilasan. Shu bilan birga, bular
to‘g‘risida shakka bormaysan. Chunki barchasining manbasi, suyanchig‘i mutavotir,
qat’iy. Lekin ularning birinchisini qalbingga yaqinroq va aniqroq ko‘rasan. Chunki
birinchisining sabablari kuchli. Shuningdek, bu xususda dalillar borasidagi ma’lum
nazariyalar bilan mulohaza qilgan kishi biladiki, bitta dalil bilan ma’lum bo‘lgan narsa
ko‘p dalillar bilan ma’lum bo‘lgan narsa kabi emas, garchi shakni
inkor etishda ikkovlon
barobar bo‘lsa ham. Ilmni kitoblardan o‘qish va eshitish orqali oladigan, holatlarning
tafovutidan idrok etganini o‘zida sinab ko‘rmaydigan mutakallimlar buni inkor qiladi.
Ozlik va ko‘plik yaqiynga taalluqli narsalarning ko‘pligi bilan bo‘ladi. Masalan,
falonchining ilmi pistonchinikidan ko‘p, deyilganda, ma’lumoti ko‘p bo‘ladi. Shu bois
olimning yaqiyni gohida shariatda vorid bo‘lgan barcha narsa to‘g‘risida, gohida ba’zi
narsalarda kuchli bo‘lishi mumkin. Agar, men yaqiynni, uning quvvat va zaifligini, ko‘p
va ozligini, oshkor va yashirinini shakni inkor etish yoki qalbni egallashi ma’nosida
tushundim, endi yaqiynning taalluqli narsalari va o‘zanlarining ma’nosi nima, men
Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
122
yaqiyn talab etadigan narsani bilmasam, uni talab etishga ham qodir bo‘lmayman-ku,
deb aytsang, javob bunday. Bilgilki, anbiyolar (solavatullohi va salamuhu alayhim)
boshidan-oxirigacha keltirgan narsalarning barchasi yaqiynning o‘zanlaridandir. Albatta,
yaqiyn xos ma’rifatdan iborat va shariatlar keltirgan ma’lumotlarga taalluqlidir.
Ularni
sanashni tama’ etmaymiz, lekin ulardan ba’zilariga, ya’ni, asosiylariga ishora qilamiz.
Ulardan biri
tavhiddir. Tavhid hamma ashyolarni Musabbibul asbobdan ko‘rish,
vositalarga e’tibor bermaslik, balki ularni hukmga haqsiz va musaxxar (bo‘ysunuvchi)
bilishdir. Mana shuni tasdiqlagan kishi muvqin, ya’ni, iymonlidir. Agar iymon bilan birga
qalbida shakning imkonini ixtiyor etsa, u bir ma’nodagi muvqindir. Agar iymon bilan
birga qalbida nafsidan vositalarga nafratni ketkizadigan, ulardan rozi bo‘lib, tashakkur
aytadigan bir kayfiyat g‘olib kelsa, vositalarni Mun’im (in’om etuvchi zot – Alloh)
huzuridagi qalam va qo‘l kabi musaxxar va sababchi deb bilsa, u ikkinchi ma’nodagi
muvqin bo‘ladi. Bunisi sharafliroq va
u birinchi yaqiynning samarasi, ruhi hamda
foydasidir. Quyosh, oy, yulduzlar, jamodot – jonsiz narsalar, nabotot, hayvonot va
barcha maxluqlar kotib qo‘lida biriktirilgan qalam kabi, Uning amriga musaxxardir.
Albatta, azaliy qudrat hamma narsaning masdaridir. Qalbini tavakkul, rozilik va taslim
bo‘lish kayfiyati egallagan kishi, g‘azab, yovuzlik,
hasad va yomon xulqdan pok
muvqinga aylanadi.
Yaqiynning o‘zanlaridan yana biri Alloh subhonahuning rizqqa kafil ekaniga ishonchdir.
Alloh taolo shunday degan:
«O‘rmalagan narsa borki, barchasining rizqi Allohning zimmasidadir» (Hud
surasi, 6-oyat). Rizq, albatta kelishiga, unga taqdir qilingan narsa u tomon haydalishiga
yaqiyni bo‘lsa, bu kayfiyat qalbida qanchalik g‘olib kelsa, talabni shunchalik chiroyli
qiladi. Hirsi, ishtahasi va yo‘qotganiga taassufi kuchaymaydi.
Bu yaqiyn, shuningdek, bir qancha toat va mahmud axloqlarni keltirib chiqaradi.
O‘zanlardan yana biri qalbda
«Bas, kim (hayoti dunyodalik paytida) zarra
misqolichalik yaxshilik qilsa (Qiyomat kunida) o‘shani ko‘rur!» (Zalzala surasi,
7–8-oyatlar) hukmining g‘olib bo‘lishidir. Bu ishonch savob va iqobga (jazoga) bo‘lgan
yaqiyndir. Hatto toatlarning savob keltirishini nonning to‘ydirishichalik, gunohlarning
iqobga eltishini zahar va ilonlarning halokatga sabab bo‘lishichalik aniq ko‘radi. To‘yish
istagida nonning ozini ham, ko‘pini ham qadrlab, unga haris bo‘lganidek, toatlarning
kami-ko‘pining barchasiga haris bo‘ladi. Shuningdek, zaharning oz-ko‘pidan
saqlanganidek, gunohlarning ozi-ko‘pidan, kichigi-kattasidan ehtiyot bo‘ladi.
Birinchi ma’nodagi yaqiyn mo‘minlar ommasida topiladi. Ikkinchi ma’nosi esa,
muqarrablarga xoslangandir, ushbu yaqiynning samarasi harakat, xotirjamlik va fikr-
o‘yda rost muroqaba, taqvoda mubolag‘a, hamma yomonliklardan ehtiyot bo‘lishdir.
Yaqiyn g‘olib bo‘lgani sari ehtiyotkorlik kuchayadi, tayyorgarlik oxiriga yetadi.
O‘zanlardan yana biri Alloh taolo bandaning hamma holidan xabardor, ichidagi
o‘yiga , maxfiy fikru xayoliga shohid ekaniga bo‘lgan yaqiyn ¬ ishonchdir. Bu narsa
har bir mo‘min nazdida birinchi ma’no bilan, ya’ni, shubha-gumonsiz aniqdir. Ammo
ikkinchi ma’no, ya’ni, maqsud bilan esa, nodir, siddiqlargina xoslangandir.
Buning
samarasi xilvatdagi barcha holatlarda inson o‘ziga qarab turgan muazzam podshoh