Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
119
mavjuddir. Alloh taolo ular bilan O‘z
hujjatlarini muhrfaza qiladi, toki ular o‘zlaridan
keyingilarga uni yetkazadilar va o‘zlariga o‘xshaganlarning qalblariga ekadilar. Ilm
ularni ishning haqiqatiga (maqsadga) yetkazadi. Natijada, yaqiynning ruhiga ham
erishadilar. Keyin esa, dunyoparastlarga og‘ir kelgan narsalarni ular osonlik bilan
bajaradilar va g‘ofillar uchun begona bo‘lgan narsalar ular uchun qadrdon bo‘lib qoladi.
Ular vujudlari bilan bu dunyoda yuradilar, lekin ruhlari oliy maqomlarga bog‘langan
bo‘ladi. Ana o‘shalar Alloh taoloning xalqi ichida (tanlab olingan) do‘stlari va Uning
ishonchli bandalari hamda Uning yerdagi xizmatchilari va diniga chaqiruvchilaridir».
Shundan keyin Hazrati Ali (r.a.) yig‘ladilar va: «Oh, qaniydi ularni bir ko‘rsam!» dedilar.
Ali (r.a.) oxirida zikr qilgan ushbu sifatlar oxirat olimlarining vasfidir. Bu shunday ilmki,
uning aksari amal va mujohadada davom etish bilan qo‘lga kiritiladi.
Yaqiynni kuchaytirishga qattiq e’tiborli bo‘lish ham oxirat ulamolarining vasfidandir.
Albatta, yaqiyn dinning sarmoyasi. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Yaqiyn –
to‘laligicha iymondir»,
172
deganlar.
Shuning uchun yaqiynni, ya’ni dinning avvalini
o‘rganish lozimdir. So‘ng qalb sari yo‘l ochiladi. Shu sababdan ham Payg‘ambar
(sollallohu alayhi vasallam): «Yaqiynni o‘rganinglar»,
173
deganlar. Ma’nosi shuki,
yaqiynga ega kishilar bilan hammajlis bo‘linglar, ulardan yaqiyn ilmini eshitinglar, ularga
doimo iqtido qilinglar, toki, sizning yaqiyningiz ularning yaqiynidek kuchli bo‘lsin.
Yaqiynning ozi amalning ko‘pidan yaxshidir. Rasulullohga (sollallohu alayhi vasallam)
yaqiyni go‘zal, ammo gunohi ko‘p hamda ibodatda mujtahidu, yaqiyni kam kishilar
haqida gapirilganida: «Hech bir odam yo‘qki, uning gunohi bo‘lmasin», deganlar. Lekin
kim tug‘ma aqlli, tabiat yaqiynli bo‘lsa, gunohlar unga zarar qilmaydi. Chunki u qachon
gunoh
sodir etsa, tavba qiladi, istig‘for aytadi va pushaymon bo‘ladi. Bas, u gunohi
to‘kilib, jannatga kirgizadigan fazilat bilan qoladi.
174
Shu sababli ham Sarvari koinot
(sollallohu alayhi vasallam): «Albatta, sizlarga eng kam berilgani yaqiyn va sabrga azmu
qarordir. Kim bu ikkisidan nasibador bo‘lsa, tungi namoz va kunduzgi ro‘zasidan (ya’ni,
nafl ibodatlardan) boy berganlariga parvo qilmasa ham bo‘ladi»,
175
deganlar.
Luqmonning o‘g‘liga qilgan vasiyatlarida shunday so‘zlar bor: «Amalga yaqiyn bilangina
qodir bo‘linadi, kishi faqat yaqiyni miqdoricha amal qiladi, yaqiyni nuqsonli bo‘lmaguncha
amali qusurli bo‘lmaydi».
Yahyo ibn Muoz: «Tavhidning nuri, shirkning o‘ti bor. Tavhidning nuri muvahhidlarning
gunohlarini mushriklarning savoblarini yondiradigan shirk o‘tidan kuchliroq yondiradi»,
dedilar. Bu so‘zlari bilan yaqiynni nazarda tutdilar.
172. Bayhaqiy va Xatib Ibn Mas’uddan hasan isnod ila rivoyat qilishgan. Alboniy «Az-za’iyfa» kitobida munkar deb aytgan.
173. Abu Nu’aym mursal holda rivoyat qilgan. Abuddunyo ham «Al-yaqin» kitobida rivoyat qilgan.
174. Imom Termiziy Anasdan (r.a.) rivoyat qilgan.
175. Aslini topa olmadim. Lekin
Ibn Abdulbar, Muozning hadislaridan bir oz farqlisini rivoyat qilgan.
Alloh taolo Qur’oni karimda yaqiynli zotlarni bir necha o‘rinda zikr etadiki, bu narsa
yaqiyn yaxshiliklar va saodatlar robitasi ekaniga dalolat qiladi.
Agar sen, avval yaqiynning ma’nosini, uning kuchayishi va susayishi qandayligini
tushunib olib, keyin uning talab va ta’limiga mashg‘ul bo‘lish kerak, chunki surati
fahmlanmagan narsaning talabi mumkin emas, deydigan bo‘lsang, bilgilki, «yaqiyn»
Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
120
so‘zi ikki toifa farqli ikki ma’noga ishlatadigan mushtarak lafzdir. Nazzor va
mutakallimlar u bilan shak-shubhadan xoli bo‘lish ma’nosini ta’bir qiladi. Zotan,
nafs bir
narsani tasdiqlashga mayl etishida to‘rtta maqom bor:
Birinchisida tasdiqlash ham, yolg‘onga chiqarish ham barobardir. Bu hol shak deya ta’bir
etiladi. Masalan, muayyan bir shaxs haqida sendan, Alloh uni azoblaydimi, yo‘qmi, deb
so‘ralsa, uning holati senga noma’lum bo‘lsa, unga hukmni isbot yoki inkor etishga
nafsing moyil bo‘lmasa, balki nazaringda ikki holning imkoni ham barobar bo‘lsa, mana
shu
shak deya nomlanadi.
Ikkinchi maqom nafsingning ikki holdan biriga moyil bo‘lishidir. Bunda oldingi holning
ustunligi ikkinchisiga ham bo‘lishi mumkinligini inkor etolmaydi. Masalan, sendan
salohiyat va taqvo bilan taniydigan kishing haqida, agar
u aynan shu holatda vafot etsa,
jazolanadimi, deb so‘rashsa, nafsing uning jazodan ko‘ra jazolanmasligiga moyil bo‘ladi.
Buning sababi unda salohiyat alomatlarining borligidir. Shu bilan birga, sen uning
botinida azobni lozim etadigan ish yashirin bo‘lishini ham joiz sanaysan. Bu joiz
sanashing yuqoridagi mayling bilan tengdir. Lekin u maylingning ustunligini daf
etolmaydi. Bu holat
gumon deb ataladi.
Uchinchisi nafsning bir narsani tasdiqlashga moyil bo‘lishidir. Bunda mayl unga g‘olib
bo‘ladi, xayolga boshqa narsa kelmaydi. Agar kelsa ham, nafs uni qabul qilishdan bosh
tortadi. Lekin bu narsa haqiqiy ma’rifat bilan bo‘lmaydi.
Chunki agar bu maqom sohibi
yaxshilab o‘ylasa, shubha va
ehtimollarga quloq tutsa, tajvizga bag‘rini keng qiladi. Bu
yaqiynga yaqin
e’tiqod deyiladi. U barcha shar’iy ishlardagi avomning e’tiqodidir. Zotan,
u eshitishning o‘zi bilanoq ko‘ngillarida qaror topganki, hatto har bir toifa o‘z
mazhabining to‘g‘riligiga, imom va matbu’ining haqligiga ishonadi. Agar birortalariga
imomning xato qilishi mumkinligini aytilsa, buni qabul qilishdan qochadi.
To‘rtinchi maqom burhon (hujjat) yo‘li bilan hosil bo‘lgan haqiqiy
ma’rifatdir, unda shak
qilinmaydi, shak tasavvur ham etilmaydi. Agar shubhaning bo‘lishi va
imkoni mahol
sanalsa, bu
yaqiyn deyiladi. Bunga misoli: agar oqil kishiga, borliqda qadim bo‘lgan
narsa bormi, deyilsa, bu savolga badiha bilan javob qilishi mumkin emas. Chunki qadim
quyoshga ham, oyga ham o‘xshagan hissiy narsa emas, ularning borligini his qilib
tasdiqlanadi. Qadim narsaning borligini bilish ikkining birdan ko‘p ekanini bilish kabi
azaliy va zaruriy emas. Balki hodisaning bo‘lishini bilish kabi maholdir. Buning o‘zi ham
zaruriy. Aqlning tabiiy haqiqati tayyorgarliksiz va badiha yo‘li bilan qadimning borligini
tasdiqlashdan tiyilishdir. So‘ng odamlardan ayrimlari buni eshitadi-da, eshitish yo‘li
bilan
jazman tasdiq etib, shu holda davom etadi. E’tiqodning o‘zi mana shudir. Barcha
avom mana shu ahvoldadir. Odamlardan ayrimlari esa, buni burhon bilan tasdiqlaydi.
Shundayki, unga aytiladi: Agar borliqda qadim narsa bo‘lmasa, mavjudotning hammasi
hodisdir. Agar uning hammasi hodis bo‘lsa, unda u sababsiz hodisdir yoki sababsiz unda
hodisdir, bu esa maholdir. Shunda qadim narsaning borligini aqlda tasdiqlash lozim
bo‘ladi. Bunday qismlar uchta: mavjudotning hammasi qadim yoki hammasi hodis yoki
ba’zisi qadim, ba’zisi hodis. Agar ularning hammasi qadim bo‘lsa, matlub hosil
bo‘lgandir. Zotan hammasiga qadimlik sobit bo‘ldi. Agar hammasi hodis bo‘lsa,
bu hol
bo‘lishi mumkin emasdir. Zero, u sababsiz hodisga bois bo‘ladi. Demak, uchinchi yoki
birinchi qism sobit bo‘ladi. Shunday vajhda sobit bo‘lgan har qanday ilm ularning
nazdida yaqiyn deya nomlanadi. Uning biz zikr qilgan mulohaza yoxud his yoxud tug‘ma
aql bilan hosil bo‘lishining farqi yo‘qdir. Bu narsa sababsiz hodisning ro‘y bermasligini