Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/70
tarix15.10.2018
ölçüsü0,58 Mb.
#74297
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70

Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
117
 
Ibn Abbosdan (r.a.) biror narsa so‘ralsa: «Horisa bilan Jobir ibn Zayddan so‘ranglar», 
der edilar. 
 
Ibn Umar (r.a.) esa, Said ibn Musayyabdan so‘rashni aytardilar.  
 
Hikoya qilishlaricha, bir sahobiy yigirmata hadisni  aytdi. Odamlar undan tafsirini 
so‘rashdi. Sahobiy: «Menda rivoyat qilganimdan boshqa (ma’lumot) yo‘q», dedi. 
Shundan so‘ng majlisda o‘tirgan Hasan Basriy hadislarni birma-bir sharq qila boshladilar. 
Odamlar uning go‘zal tafsiriga va hofizasiga hayratlanishdi. Shunda o‘sha sahobiy 
odamlarga bir hovuch mayda toshni otib yubordi va: «Oldingizda shunday olim 
turganda, ilmni mendan so‘raysizlarmi?» dedi. 
 
(Oxirat olimlarining alomatlaridan) yana biri himmatining ko‘prog‘i (g‘ayrati) botin 
ilmiga, qalb muroqabasiga, oxirat yo‘llari va unda yurish qoidalarini o‘rganishga 
qaratilgan bo‘lishi hamda ularning inkishofi uchun mujohada va muroqabaga jiddiy 
kirishishidir. Chunki mujohada mushohadaga yo‘l ochadi. Qalb ilmlarining nozik 
jihatlarini o‘rganish bilan hikmat buloqlari qaynab chiqadi. Ammo  (quruq) ta’lim bilan 
bunga erishib bo‘lmaydi. Balki, mujohada va muroqaba bilan, zohiriy va botiniy 
amallarni qo‘shish bilan, uyg‘oq qalb va musaffo fikr bilan, xilvatda Alloh taologa 
yuzlanish bilan cheksiz va son-sanoqsiz hikmat yuzaga chiqadi. Bu esa, ilhomning kaliti 
va kashfning manbaidir. Qanchadan-qancha ta’lim oluvchilar borki, ta’lim olish muddati 
uzun bo‘lgani holda, eshitgan ilmiga bir kalima bilan ham qo‘shimcha qilishga qodir 
emasdir. Ta’lim olishda muhim narsalar bilangina cheklanuvchi hamda amal va qalb 
muroqabasiga jiddiy kirishuvchi qanchadan-qancha kishilar borki, Alloh taolo unga 
oqillarning aqllarini hayratda qoldiruvchi hikmat sirlarini ochib beradi. Shuning uchun 
ham Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Kim bilgan ilmiga amal qilsa, Alloh taolo 
uni bilmagan narsalarining ilmiga voris qiladi»,
169
 deganlar. 
 
169. Abu Nu’aym Anasdan (r.a.) rivoyat qilgan, zaif. 
 
Eski kitoblardan ba’zisida shunday yozilgan ekan: «Ey Bani Isroil! Sizlar: «Ilm 
osmondadir, uni yerga kim olib tushadi? (Ilm) yerning qa’ridadir, uni kim olib chiqadi? 
(Ilm) dengizlar ortidadir, uni kim olib keladi?» demanglar. Ilm qalblaringizga 
joylangandir. Mening huzurimda ruhoniylar odobi va siddiqlarning axloqi bilan turinglar. 
Shunda ilm qalblaringizda zohir bo‘lib, butun vujudingizni egallab oladi». 
 
Sahl ibn Abdulloh Tustariy (r.a.): «Olimlar, obidlar va zohidlar qalblari qulflangan holda 
dunyodan o‘tdilar. Faqat siddiqlar va shahidlarning qalblarigina ochildi, xolos», dedilar 
va keyin Alloh taoloning ushbu so‘zini tilovat qildilar:  
 
«G‘ayb ochqichlar. Uning huzuridadirnim, ularni yolg‘iz o‘zigina bilur» (An’om 
surasi, 59-oyat). 
 
 Agar nur bilan to‘lgan kishining qalbi zohiriy ilmlar ustidan hokim bo‘lmaganida edi, 
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Agar senga fatvo bersalar ham, senga fatvo 
bersalar ham, senga fatvo bersalar ham, sen o‘z qalbingdan fatvo so‘ragin»,
170
 demagan 
bo‘lardilar. 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
118
 
170. Alboniy «Sahihul jome’» kitoblarida zikr qilgan. 
 
 
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Rabbilaridan rivoyat qilgan hadisi qudsiyda 
shunday deganlar: «Bandam Menga nafl namozlari bilan yaqinlashib kelaveradi. Nihoyat, 
Men uni sevib qolaman. Qachon Men uni sevsam, uning eshitadigan qulog‘i, ko‘radigan 
ko‘zi, ishlaydigan qo‘li, yuradigan oyog‘i bo‘laman. Qachon Mendan bir narsa so‘rasa, 
beraman. Panoh istasa, shubhasiz, uni saqlayman».
171
 
 
Qur’onning qanchadan-qancha sirlari, daqiq ma’nolari borki, o‘zini zikr va fikrga 
baxshida etganlar qalbida hosil bo‘ladi. Tafsir kitoblari bunday ma’nolardan xolidir. 
Mufassirlarning ulug‘lari ham undan voqif emaslar. 
 
Qachon bu ma’nolar  muroqaba qiluvchi murid uchun ochilsa va uni mufassirlarga arz 
qilsa, uni yaxshi qabul etadi va (sirlar) zakovatli qalblarning alomatlaridan hamda  
 Allohga yuzlangan oliyhimmat zotlarga berilgan lutf ekanini biladi. Mukoshafa, muomala 
ilmlarining sirlari va qalb xotiralaridagi jihatlarda ham shundaydir. Zero, bu ilmlardan 
har biri tubiga yetib bo‘lmaydigan dengizdirki, toliblar nasibasi miqdoricha  va muvaffaq 
bo‘lgan chiroyli amallari nisbatida unga sho‘ng‘iy oladi. 
 
Oxirat olimlarining sifatlari borasida Ali (r.a.) uzun bir hadisda shunday deganlar: 
«Qalblar idishlardir. Ularning yaxshirog‘i ichiga yaxshilik jo bo‘lgani. Odamlar uch xil: 
rabboniy olim; najot yo‘lida ta’lim oluvchi; har gapiruvchiga ergashib ketuvchi, har 
qanday shamolga egiluvchi, ilm nuri bilan ziyolanmagan va ishonchli ruknga 
suyanmagan kishi. Ilm moldan yaxshiroqdir. Ilm seni himoya qiladi, sen esa molni 
qo‘riqlaysan. Ilm qancha sarflansa, ziyodalashadi, mol esa sarflash bilan kamayadi. Ilm 
dindirki, kishi u bilan dindor bo‘ladi va hayoti davomida toat-ibodatlarni  u bilan amalga 
oshiradi va vafotidan keyin yaxshilik bilan tilga olinadi. Ilm hokimdir, mol esa 
mahkumdir. Mol ketishi bilan uning manfaati ham yo‘q bo‘ladi. Mol-dunyo to‘plovchilar 
tirik bo‘lsalar ham, o‘lik kabidirlar. Olimlar esa, dunyo turgunicha tirik va boqiydirlar». 
 
171. Abu Hurayradan  «sam’ahu va basarahu» lafzi ila qilingan rivoyatni Imom Buxoriy va Imom Muslim keltirshgan qildilar. Lekin 
«Al-Huliyya» kitobida zikr etilganidek, Anasdan (r.a.) qilingan rivoyat zaif sanadlidir. 
 
 
Shundan keyin Ali (r.a.) chuqur nafas oldilar va aytdilarki: «Eh! Mana bu yerda (qalbda) 
katta ilm bor, qaniydi uni ko‘taruvchi kishini topsam. Faqat ishonchsiz tolibga duch 
kelyapmanki, u dunyo talabida dinni vosita qiladi, ishlatadi va Allohning ne’matlari bilan 
Uning avliyolariga til tekkizadi hamda Allohning hujjatlari bilan Uning xalqidan o‘zini 
ustun tutadi. Yoki haqiqat ahliga itoat etuvchi tolibga duch kelyapman, lekin unda 
basirat bo‘lmagani bois, shubhali narsaga birinchi bor ro‘baru kelishi bilanoq qalbiga 
shak o‘rnashib qoladi. Shuning uchun  unisi ham, bunisi ham (munosib emasdir). Yoki 
havoyi nafs-ining istaklarini topish yo‘lida turli lazzatlarga berilgan tolibni yoki mol-
dunyo jamg‘arishga jiddiy kirishgan, hoyu havasiga itoat etuvchi tolibni ko‘ryapmanki, 
ularning eng yaqin o‘xshashlari yaylovdagi chorpolardir. Ey Allohim! Qachon ilmni 
ko‘targanlar (olimlar) vafot etsa, ilm ham o‘ladi, lekin yer yuzi bu dinni hujjat-dalillar 
bilan Alloh (rizosi) uchun qoim qiluvchi (saqlovchi) kishilardan xoli bo‘lmaydi. Ular yo 
zohir-oshkora bo‘ladi, yoki Allohning hujjatlari va ochiq dalillari botil bo‘lmasin deb, 
qo‘rquvchi va yashirin yuruvchi bo‘ladilar. Ularning soni qancha va qaerda? Ularning  
adadlari oz, lekin qadlari yuksakdir. O‘zlari yo‘qolgan, yashirin, lekin misollari qalblarda 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə