Microsoft Word ilm olish sirlari ziyouz com doc



Yüklə 255 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/76
tarix01.03.2022
ölçüsü255 Kb.
#84245
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   76
Ilm olish sirlari

www.ziyouz.com kutubxonasi 

48

Muhama-ad annasafiy (a.r.) hazratlaridan she’r aytganlar: 



 

Kamolot kasbkim, olam uyidin  

Senga farz o’lmag’ay g’amnok chiqmoq.  

Jahondin notamom o’tmak-biaynih  

Erur hammomdin nopok chiqmoq.  

Olim agar qatiy amal aylasa,  

Ilmig’a shoyista amal aylasa,  

Ani sharaf gavharini koni bil,  

Gavharu kon, har ne desang oni bil!..  

Kimki, bu iqbol anga bo’lg’ay nasib,  

Solmasa dunyo sari ko’z, ne ajib,  

Egnida gar xirqasi yuz chok erur,  

Gulga to’ni yirtug’i ne bok erur,  

Kungaki, uryonliq erur ziynati,  

Т

iyra bo’lur, bo’lsa bulut xil’ati. 

 

Shariati ko’rsatmalari, buyruq va qaytariqlariga qat’iy amal qiluvchi, shariat chegarasini muhofaza 



etuv-chi bo’l! Besh vaqt namoz va boshqa ibodatlaringga mus-tahkam va bardavom bo’l! Shu holingda 

shariat ilmlarini talab qil! Yaxshilar va yaxshiliklarga suyan! Poklikdan quvvat, madad ol! Mana 

shunda kamol topasan, ilmu irfon dengizida baliq kabi suzasan, olimu faqih bo’lib yetishasan! Yolg’iz 

Allohning fazlu inoyatiga umid-vor bo’l! Zehningni o’zi muhofaza qilishini shikastalik bilan so’ragin! 

Allohu xoyrun hofizan! 

 

Yana debdilar: 



-Ey, farzandlarim! Alloh va uning paygambariga hamda ustozlaringizga itoat qilinglar! Ularga so’zsiz 

bo’ysuninglar! O’z maqsadingiz yo’lida jiddi-jahd qilib tiri-shinglar! Zinhor dangasalik va beparvolik 

qilmanglar! Bizlarni yo’kdan bor qilgan parvardigoringiz xuzuriga qaytishingizni yodingizdan 

chiqarmang! Kechalari bamay-lixotir yonboshingizni ko’rpaga ko’yib uykuga yotmang! Zero, yaxshi 

insonlar kechalari kam uxlab, uni rabbilariga tazarru, ibodat va duoyu istig’for bilan o’tkazadilar. 

 

Т



alaba doim kichik daftarcha (bloknot) va yozuv kurollari olib yurishni odat qilsin! Zarur 

ma’lumotlarni darhol yozib olish imkoniyati hosil bo’ladi. Ba’zi donishmandlar: 

kimning cho’ntagida daftar yurmas, 

Qalbiga hikmat ham kirmas,- deb ogohlantirganlar. 

 


Yüklə 255 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə