Microsoft Word Ishlab chiqarish iqtisodiyoti doc


Ishlab chiqarishni taktik rejalashtirish



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/135
tarix24.02.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#84095
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   135
ishlab chiqarish iqtisodiyoti

 
1.3 Ishlab chiqarishni taktik rejalashtirish 
 
        
Ishlab chiqarish va uni rejalashtirish to’g’risida gapirganda, ular taktik 
(qisqa) muddatda va strategik (uzoq) vaqtda amal qilishining farqiga borish 
muhimdir. Qisqa muddatli deb ishlab chiqarish omillarini hech bo’lmaganda 
birontasini o’zgartirib qoladigan vaqtga aytiladi. Shu vaqt davomida o’zgara 
olmaydigan omillarni doimiy ishlab chiqarish omillari deyiladi. Masalan, 
firmaning kapitalidan foydalanish yo’nalishini o’zgartirish uchun odatda uzoq 
vaqt talab qilinadi. Yangi zavod loyihalashtirilishi va qurilishi, stanoklar va 
boshqa asbob-uskunalar buyurtirilishi va joylashtirilishi kerak, buning 
uchun bir yil va undan ortiq vaqt ketadi. Uzoq muddatli davr deb barcha 
omillarga o’zgartirish kiritish uchun yetarli bo’lgan vaqt mobayniga aytiladi. 
Bunday omillar o’zgarib turadigan omillar deyiladi. Qisqa muddatli vaqt 
davomida firmalar ma`lum bir zavoddan va asbob-uskunalardan foydalanish 
intensivligini o’zgartirishi mumkin. Uzoq, muddat davomida esa ular 
zavodning quvvatini ham o’zgartirishi mumkin. Barcha jalb etilgan ishlab 
chiqarish omillarining qisqa muddatli davrdagi holati firmalarning uzoq 
vaqtga mo’ljallangan yechimlari bilan bog’liq bo’lib, bu yechimlar ma`lum 
tovarlarni sotishdan tushadigan foydaning hisob-kitobiga asoslangan. Har 
bir alohida holatda qisqa muddatdagi va uzoq muddatdagi omillar harakatini 
farqlash zarur. Masalan, idishdan quyib sotiladigan bolalar limonadi uchun 
uzoq muddatli vaqt bir yoki ikki kunni, neft kimyo yoki avtomobil qurilishi 
firmalari uchun esa 10 yilni tashkil etadi. 
Qisqa va uzoq muddat omillar harakati o’rtasidagi farqni o’rganish 
imkonini beradi. Faraz qilaylik, (A nuqtada) firma bir dona (birlik) mehnat 
resurslari va 3 birlik kapitaldan foydalanib 55 birlik (dona) oziq-ovqat 
mahsulotini ishlab chiqarmoqda, biroq u mahsulot ishlab chiqarishini 90 taga 
yetkazmoqchi. Mehnat sarflari 30 dollar-soatni, kapital sarfi atigi 10 dollarni 
tashkil etgani uchun 55 dona mahsulot ishlab chiqarishning umumiy qisqa 
muddatli xarajatlari 60 dollarga teng. 


 
13
Uzoq muddatli davrda kapital ham, mehnat ham o’zgarib turadigan 
ishlab chiqarish omillari bo’lgani uchun, masalan, E nuqtada mahsulotni 
qo’shimcha ishlab chiqarish xarajatlari 110 dollarni tashkil etishi mumkin. 
Bu, bir dona mehnat resursi va ikki dona kapitaldan qo’shimcha foydalanish 
bilan bog’lik. Biroq, qisqa muddatli davr davomida biz ikkala omilni bir 
vaqtda qo’llay olmaymiz. Demak, 90 dona mahsulot ishlab chiqarishning 
birdan-bir usuli A nuqtadan S nuqtaga siljigan holda mehnat omilini, ya`ni, 
mehnat sig’imini 1 dan 3 gacha ko’paytirishdir. Afsuski, 90 dona mahsulot 
ishlab chiqarishning qisqa muddatli xarajatlari 120 dollarni tashkil etadi, bu 
uzoq, muddatli xarajatlarga (E nuqta) qaraganda 10 dollar ortiq. 
Firmalar doimo qisqa muddatli ishlab chiqarishga doir qarorga 
keladilar va ayni vaqtda uzoq muddatli davrda omillarni o’zgartirishni 
rejalashtiradilar. Qisqa muddatli davrda mahsulot ishlab chiqarishni 55 dan 
90 donagacha ko’paytirish firmaga soatiga 60 dollarga tushadi. Biroq, uzoq, 
muddatli davrda, agar ishlab chiqarish jarayonida ikki dona (birlik) kapital 
qo’shimcha ravishda foydalanilsa bu sarflar 50 dollar-soatga pasayishi 
mumkin. 
Shunday qilib, bizning firmamiz qo’shimcha kapitalga buyurtma beradi, 
biroq ayni vaqtda uch mehnat birligidan foydalanib 90 dona mahsulot ishlab 
chiqaradi. Qushimcha kapital kelib kelishilgan vaqtda firma o’zi kiritadigan 
mehnat omilini kamaytirishi va foydani ko’paytirishi mumkin 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə