Microsoft Word Ishlab chiqarish iqtisodiyoti doc


Korxona  rejalari  vazifalari va tuzilishi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/135
tarix24.02.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#84095
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   135
ishlab chiqarish iqtisodiyoti

      Korxona  rejalari  vazifalari va tuzilishi. 
Rejalashtirish - bu avvalo 
formasining kelgusida samarali funksionallashtirish va rivojlanishga  sabab 
bo’luvchi qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonidir. Bu qarorlar 
odatda ayrim holda bo’lmasdan, balki butun bir tizimni tashkil etib, bir-
biriga ma`lum me`yorda ta`sir etib turadi. Yashashda bu narsa ba`zida o’zaro 
bir-biriga bog’langan bo’lishini talab qiladi. Bunday bir-biriga bog’liqlik 
tizimi qarorlarni optimal daraja imkonini beradi va firma oldida ochilayotgan 
va foydalanilayotgan imkoniyatlarni kamaytirishga yordam beradi.  
 
Reja qarorlarining ob`yektlari: firma maqsadlarini aniqlash, korxona 
rejalari, vazifalari va tuzilishi, korxona rejalari, vazifalari va tuzilishi 
strategiyasini ishlab chiqish, resurslarni firma faoliyatining ichki va tashqi 
shartlari o’zgarishiga muvofiq tarzda taqsimlash, zaruriy standartlarni aniqlab 
olish va boshqalar. Bunday qarorlarni qabul qilishni rejalashtirish jarayonning 
keng ma’noda olib qaralgandagi asosiy tarkibiy tomoni hisoblanadi. 
 
Rejalashtirish tor ma`noda rejalar, firmaning oldinda belgilangan davr 
mobaynida maqsadlarga erishishdagi aniq qadamlari kabi maxsus hujjatlarni  
anglatadi.   
 
Firmadagi ichki rejalashtirish quyidagi asosiy vazifalarni ifodalaydi: 
-uning faoliyat maqsadlarini va bu maqsadlarga erishish uchun 
 
bajariladigan aniq vazifalarni shakllantiradi
-firma strukturasi va uni boshqarish sistemasini qayta qurish uchun asos 
hozirlaydi; 
-maqsadlarga erishish jarayonida ishchilar faoliyatini muvofiqlashtirish 
uchun asos hozirlaydi; 
-qarorning eng yaxshi variantini tanlab olininshni ta`minlaydi; 
-firma faoliyati natijalarini baholash va yaxshi ishlagan ishchilarni 
rag’batlantirishni amalga oshirishda foydalanadigan standartlar va 
ko’rsatgichlar tizimini shakllantiradi.  


 
14
 
Umuman rejalashtirish orqali firmaning murakkab sistemasi bir 
maromda va samarali ishlashiga erishiladi va kelgusidagi noaniqliklarni 
bartaraf etilganday bo’ladi, imkoniyatdagi bor ishlab chiqarish potensialidan 
foydalanish ta`minlanadi.  
 
Reja qarorlari ob`yektlari nuqtai nazaridan, rejalashtirish intervallari va 
aniq korxona faoliyatining boshqa tomonlaridan quyidagi reja turlarini 
ajratish mumkin:  
-strategik reja - uzoq mudatli reja bo’lib, odatda 10-15 yilni o’z ichiga 
oladi. Unda vaqt va resurslarga bog’liq ravishda vazifalar va maqsadlarga 
erishishning umumiy strategiyasi shakllanadi; 
-uzoq mudatli rejalar - firma strategiyasining ayrim mustaqil 
muammolarini hal etishga qaratilgan va bir necha yilga mo’ljallab ishlab 
chiqilgan rejalardir. Bunday rejalar ko’pincha strategik rejaning tarkibiy 
qismi nisbatida ishlab chiqiladi
-joriy rejalar - firma faoliyatining barcha yo’nalishlari uchun joriy yilga 
tuzilgan reja; 
-operativ rejalar - korxonaning qisqa muddat ichidagi aniq masalalarni hal 
etishga mo’ljallangan rejalaridir;  
-investision loyihalar - yangi ishlab chiqarish quvvatlarini xosil etishga 
yoki zamonaviylashtirishga yo’naltirilgan kapital qo’yilmalar rejalari; 
-biznes plan - yangi firma tashkil etish rejasi, korxona faoliyati, dasturi, 
korxona faoliyatining aniq maqsadlariga erishishning aniq choralarning rejasi 
bo’lib, o’z ichiga qilinadigan xarajat va oshiradigan daromad baxosini oladi.  
 
Yuqorida aytilgan rejalarning barchasini amaliyotda uchta asosiy reja 
tiplariga birlashtirish mumkin. 
 
Birinchidan maqsad rejalari bo’lib, boshqaruv ob`yekti va uning alohida 
dementlarining ko’zlagan holatdagi sifati va miqdoriy xarakteristikalari 
to’plashini kelgusida aks ettiradi. 
 
Ikkinchidan - takrorlanuvchi harakatlar uchun rejalar. Bularga misol 
qilib transportlarni harakat grafigi, kinoseanslarning rejimini va boshqalarni 
aytish mumkin. 
 
Uchinchidan - takrorlanmaydigan harakatlar uchun rejalar. Bunday 
rejalar byudjet, programma, grafik tarzda tuzilish mumkin. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə