Microsoft Word Ishlab chiqarish iqtisodiyoti doc


Ishlab  chiqarishni  rejalashtirish  prisiplari  va  uni  tashkil  qilish



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/135
tarix24.02.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#84095
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   135
ishlab chiqarish iqtisodiyoti

       Ishlab  chiqarishni  rejalashtirish  prisiplari  va  uni  tashkil  qilish. 
Rejalashtirish jarayoni bir qancha uslublar yoki qonunlar asosida amalga 
oshiriladi. Uslublar asosan rejalashtirishning sharoitlariga bog’liq. Shuning 
uchun ular vaqti-vaqti bilan o’zgarib turadi. Demokratik ishlab chiqarish 
sharoitida bozor rejalashtirishni asosiy uslublaridan - ko’p sonli ishchilarni 
plan tuzishning eng birinchi etapidan boshlab ishtrok etishlaridir.  
 
Rejalashtirishni boshqa uslubi bu uzluksizlikdir. Bu yerda rejalashtirish 
yagona akt emas, balki rejalashtirishni hamma vaqt o’zgaruvchi jarayoni 
hisoblanadi.  
 
Rejalashtirish jarayonida kordinasiya va integrasiya uslublari yotishi 
kerak. Rejalashtirish faoliyatini koordinasiyasi “gorizontal” bo’yicha sodir 
bo’ladi. Integrasiya esa “vertikal” bo’yicha, ya`ni yuqoridagilar va pastdagilar 
orasida. 
 Rejalashtirishning 
asosiy 
uslubi 
bu tejamkorlik. Buning mohiyati 
shundan iboratki, rejalashtirish ko’zda tutilgan maqsadni shunday yo’lini 


 
15
tanlashi kerakki, qaysiki olingan effektni eng ko’p miqdorini, rejalashtirishni 
tuzish sarfi esa unday oshmasligi kerak. 
 
Rejalashtirishning yana bir uslubi bu rejalashtirishni bajarishning 
kerakli sharoitlarini yaratishdir.  
 
Yuqorida sanab o’tilgan uslublaridan tashqari rejalashtirishning yana 
boshqa uslublari ishlatiladi: rejalashtirishning proporsionnaligi, komplektligi, 
optimalligining ilmiy xarakteri. 
 
Rejalash uslubinini amalga oshirishda ba`zi bir talab va qoidalarni 
ishlatish lozim: 
1. Boshqarish darajasining bog’liqligi. 
 
- “Tepadan pastga” rejalash
 
- “ Pastdan tepaga” rejalash (rejalashni kattalashtirsh);  
 
- Rejalashsiz ishlash; 
 
- Natija chegarasida rejalash. 
2. Kalendarga bog’liqlik. 
 
- Kalendar intervali bo’yicha hajmiy rejalash; 
 
- Ish tugatish vaqti bo’yicha qattiq rejalash (asosiy nuqtalar bo’yicha); 
 
- Ish navbatini erkin rejalashtirish. 
3. Rejalashni gorizant uzunligi. 
 
- Bir intervalga rejalash (diskret rejalash); 
 
- Sirpanuvchi rejalash (hisob mudatidan katta gorizont rejasi); 
 
- qoldiq rejalash (qisqaruvchi rejaviy gorizont);  
 
- Egiluvchan rejalash (rejaviy gorizontni tanlash). 
4. Kelgusi natijani ta`siri. 
 
- “Nol”dan rejalash (oldingi majburiyatlar yo’qoladi); 
 
- “qayta” rejalash (oldingi majburiyatlar qoladi). 
5. Rejalashda almashtirish. 
 
- Buyurtma bo’yicha rejalash; 
 
- Mahsulot guruhi bo’yicha rejalash; 
 
- Texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar bo’yicha rejalash; 
 
- Aralash rejalash. 
 
       Mahsulot yig’ilishi                             Sarf yig’ilishi 
   
Xom-ashyo 
matyerialari 
Tayyor mahsulot 
ombori
Ishlab chiqarish 
Sotib oluvchilarga yetkazib 
berish 
Xom-ashyoga , ishchi 
kuchchiga, jihozlarga sarf
Tayyor 
mahsulotlar narxi 
       Tannarx 
Ishlab chiqarishga     
           sarf 


 
16
6. Rejalashda ob`yekt orasidagi bog’liqlik.  
 
- “Ingichka” joy bo’yicha rejalash;  
 
- “Chiqishdan kirishga” rejalash; 
 
- “Kirishdan chiqishga” rejalash; 
 
- Mahsulot birliklarini tartibli “provodka”si    
7. Rejalashdagi oqimlar. 
8. Rejaviy ish uslubini tashkil qilish. 
 
- Rejalash faoliyatini maxsuslashtirish;  
 
- Reja korrektirovkasi va rejalash jarayonlarining bo’linishi.  
 
Balansli usul firma boshqarayotgan resurslarning o’zaro bog’liqligiga 
tayanadi. Agar resurslar talablarga nisbatan oz bo’lsa, uni topish yo’llari 
qidiriladi. Agar teskari bo’lsa, qoldiqlardan  qutulish yoki ishlatishni 
kengaytirish masalalari yechiladi. Balansli usul balans sistemalari - 
moddiy-ijtimoiy, qiymat balansi, mehnat bilan tuzish orqali ishlab chiqiladi. 
Balans ikki tomonlama byudjetli jadvaldan iborat (1.1-jadval). 
                                            1.1-jadval 
Resurslar manbasi  
Resurslar bo’limi 
1. Davr boshiga qoldiq.  
2. Tashqi kirim. 
3. Ichki zaxira 
1. Davomiy ishlatish. 
2. Tomonga ishlab chiqish 
3. Davr oxiriga qoldiq. 
Jami Jami 
Balans Balans 
     
 
Bunday jadvallar tubida balans tengligi yotadi. Tabiiy balans bilan bir 
qatorda rejalashda  qiymat balanslar ham keng qo’llaniladi. Bunda firma, 
pulga hamma kerakli mahsulotlarni sotib oladi vapulga ularni ishlab chiqadi. 
 
Bu yerda pul muomalasi muhim rol o’ynaydi. Mehnat balanslari ham 
har xil bo’lishi mumkin. Ishchi vaqt balansi bir tomondan vaqt ichidagi 
resursni, ikkinchi tomondan bu vaqtni har xil ish turlariga bo’lishini 
ko’rsatadi. Mehnat resurslargi ishchi kuchi balansi va uni harakatlari ham 
kiradi. 
 
Me`yoriy usul shundan iboratki, rejalash  topshiriqlari negizida aniq 
vaqt davrida har xil resurslar ishlatishning me`yorlari yotadi. 
 
Rejalashda ishlatiladigan me`yorlar tabiy, qiymatli, vaqtinchali bo’lishi 
mumkin. Tabiiy me`yorlar moddiy boyliklarni ishlatilishini ko’rsatadi. 
Qiymatli me`yor har xil resurslarni bir yo’la ishlatilishini yoki pullarni 
ishlatishini bildiradi. 
 
Vaqt me`yori ish yoki ularni alohida elementlariga sarflashni bildiradi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə