Microsoft Word Ishlab chiqarish iqtisodiyoti doc


Birja savdosini tashkil etish



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/135
tarix24.02.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#84095
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135
ishlab chiqarish iqtisodiyoti

 
6.3 Birja savdosini tashkil etish 
 
Birja savdosida operasiyalar zaliga faqat savdo qatnashchilari 
kiritiladilar. Ularga birja ish tajribasiga ega, shu ishga maxsus yollab olingan 
xodimlar va hamda birja komitetlari vakillaridan iborat kishilar bo’lishlari 
mumkin. Ular o’z navbatida brokerlar, diller-dallol, treyderlar, klerk va 
maklerlardan iborat. Bulardan tashqari operasiyalar zaliga birja xodimlari, 
bosh ijrochi rais, pravleniye raisi, birja kengashining ma’sul a`zosi va davlat 
komissari hamda birja kengashi tomonidan ruxsat etilgan boshqa kishilar 
kiritilishlari mumkin. 
Birja vositachisi o’z doimiy mijozlarini shakllantirish uchun harakat 
qilib, ularning manfaatlari uchun birjada tovarlar sotib oladi, sotadi yoki 
almashtiradi. Birja vositachisi doimiy mijoz bo’lmagan korxona va tashkilotlar 
uchun ham savdo bitimi tuzishi mumkin . 
Birja tovarlarini sotish, sotib olish va yoki ularni boshqa tovarlar bilan 
almashtirish operasiyalari faqat birja vositachilari tomonidangina amalga 
oshiriladi. Ularga quyidagilar kiradilar: 
- Brokerlar – o’z xizmatlari uchun chegirma xaq oluvchi birja a`zolari 
bo’lib, ular mijozlar buyurtmalari bo’yicha tovar sotish va xarid qilish 
bo’yicha savdo kontraktlarini tuzadi. 
- Dallol yoki diller, o’z hisobi yoki o’z nomidan birja vositachisiga 
olib beruvchi , birja a`zosi. Ular birjada o’z joylariga ega bo’lib, kotirovka 
ishlarini amalga oshiradilar. Ularning daromadlari sotib olish va sotish 
narxlari tafovutidan va hamda valyuta va qimmatli qog’ozlar kurslarini 
o’zgarishidan iboratdir. 
- Treyderlar - bu birja a`zolari bo’lib, o’zlari uchun savdo qiladilar.  
- Maklerlar (jobberlar) - brokerlardan farqli o’larok faqat o’z 
hisobidagi va faqat o’zi uchun tovar sotadi va sotib oladi. Birjarada savdoni 
boshqarib boruvchi xizmatchi ham, makler deb ataladi. 


 
125
- Klerklar - birjada turli majburiyatlarni bajarib yuruvchi xizmatchi. 
Butun    savdo    bitimi  birja  zalida    amalga    oshiriladi.    Birja  zaliga  hamma 
ishtirokchilar sig’ishi kerak. Xorijiy birjalar operasiyalar zaliga 2-3 ming 
kishi bemalol sig’adigan bo’lib, har-bir savdo qatnashchisi uchun qulay ish
 
sharoiti yaratilgan. U kabina yoki seksiyalarga bo’lingan bo’ladi. 
Dunyoning ko’pchilik birjalarida birja savdosi bir necha tovarlar bilan 
bir vaqtda turli seksiyalarda birdaniga olib boriladi. Bitimlar imzolash uchun 
har bir seksiyalar katta zal saxnidan, pastroq bo’lgan, nisbatan kichik 
maydoncha ajratiladi. 
Birja a`zolarining har bir qatnashchisi uchun bir xil imkoniyat 
yaratilgan qilib joylashtiriladi. Shuning uchun ham ko’pgina xorijiy birjalar 
zallari amfiteatr yoki sirk saxnasiga juda o’xshash bo’lib, savdo qatnashchilari 
bir-birlarini va operasiya olib boruvchi boshqaruvchini yaxshi kurishlari, 
bir-birlarini imo-ishorali harakatlarini yaxshi tushunishlari zarur. Rossiyada 
Chelyabinsk universal birjasi yuqoridagi talablarga javob beruvchi birjalardan 
biri. Birja halqasining markazi va chekkalarida biroz balandlikda birja 
xodimlari va birja savdosini olib boruvchi va bitimlar imzolansa ularni 
ro’yxatga oluvchi xodimlar egallashadi. 
Baobro’ firmaning vakili bo’lgan broker odatda birja chuqurchasining 
balandroq bosqichini egallaydi. Uning qo’lida ko’pgina buyurtmalar bo’lib, 
uni hamma savdogarlar va u hammani kurib turishi kerak bo’ladi. Bundan 
tashqari yaxshi joy firma vakili bilan doimo aloqada bo’lib turishlikni 
ta`minlaydi. 
Treyderlar joyi chuqurlikning eng past yoki pastki bosqichlari 
hisoblanadi. Chuqurlikda broker va treyderlar orasida faqat narx hisobini olib 
boruvchi klerk xizmatkor bo’ladi. Unda rasiya bo’lib har bir aksiya narxi 
o’zgarishini rasiya orqali e`lon qilishi kerak. 
Yangi narx kompyuter sistemasiga kiritiladi va elektron tablo devorida 
chiqarilib savdoning borishini aks ettirib turadi. Bitim qatnashchilari hisobchi 
klerkka oxirgi narxni eslatib qo’yishari kerak. Bo’lmasa bitim bekor kilinadi. 
Xorijiy birjalar elektron tablo devorlarida faqat bitim narxlarini aks 
ettiribgina qolmay birjadagi boshqa mollar, boshqa tovar, valyuta va fond 
birjalaridagi ma`lumotlar, xatto narx harakatlariga ta`sir etuvchi ob-havo, 
tovar ortirilishi, siyosiy ahvol voqealari va boshqalar haqidagi ma`lumotlar 
berib boriladi. Brokerlar odatda savdo zaliga savdo boshlanishiga 30 daqiqa 
qolganda yig’iladilar. Ularning har birini qo’lida savdodagi tovarlar ro’yxati, 
narxi, buyurtma hajmi, idora yoki ombor joylashgan joy, tovar yetkazib 
berish haqidagi ma`lumotlar yozilgan maxsus varaqalar bilan ta`minlangan 
bo’ladilar. Har bir tovar seksiyasida uch marotaba bong uriladi(bong savdo 
boshlanganligini e`lon qiladi). 
Birja savdosi oshkora tashkil etiladi. Takliflarni oxirgi maqullagan 
savdo qatnashchisi birjada savdo bitimi tomoni hisoblanadi, ya`ni taklif talab 
narxi bilan to’g’ri kelgani
 
tovar sotilganini bildiradi. 
Forvard va qo`shimcha shartlar bilan tuziladigan bitimlar tomonlar 
kelishuvi asosida amalga oshiriladi. Seksiyada savdoni birja makleri olib 
boradi. Avval tez sotilishi kerak bo’lgan real mavjud tovarlar bilan ish 
boshlanadi. Keyin esa tariflar bo’yicha forvard (ya`ni hisob-kitoblari bitim 
kuni emas, bir oz vaqt o’tgandan keyin va boshqa shartlar bilan) 
operasiyalari bo’yicha bitimlar tuziladi. Har bir seksiyada savdo quyidagi 


 
126
tartibda olib boriladi. Dastavval makler ushbu birja kunida savdoga qo’yilgan 
barcha tovarlar ro’yxatini o’qiydi. Makler ro’yxatni o’qiyotgan paytda bitim 
uchun zarur tovarlar topgan brokerlar qo’llaridagi guvohnomalarini baland 
ko’taradilar. Makler darhol tovarni sotuvga   chiqarayotgan   brokerlik   
idora   raqamini   aytadi.   Broker   idorasi   vakili harakatni tasdiqlamasa ( 
yoki o`sha
 
paytda shu yerda bo’lmasa, yoki mudrab qolsa ) tovar savdodan  
olib    tashlanadi    va  broker    birjaga  kelmaganligi   uchun  birjaga jarima 
to’laydi. 
Undan so’ng makler boshqa tovar turiga o’tadi. Butun ro’yxat o’qib 
bo’lingach kichik tanaffus e`lon qilinadi. Keyin bong bir marta urilgandan 
so’ng ishning ikkinchi kismi, brokerlar takliflarini Muhokamasiga utiladi. Har 
bir brokerik taklifning Muhokamasi ikki qismdan iborat bo’ladi. 
Muhokamaning ikkinchi qismida seksiyaga yig’ilgan xaridor brokerlarning 
muqobil (qarama-qarshi takliflari) muhokama qilinadi. Broker xaridorlar 
tovar xarid qilish shartlarini e`lon qiladi (yoki tovarning bir qismini). Bu 
shartlar tovar hajmi va narxi xususida bo’ladi. Agar bitim yana imzolanmasa 
makler sotuvga qo’yilgan tovarlar ro’yxatini keyingi pozisiyasini 
muhokamasiga o’tadi. 
 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə