Microsoft Word Ishlab chiqarish iqtisodiyoti doc


Ishlab chiqarish rentabelligining mohiyati va uni rejalashtirish



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/135
tarix24.02.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#84095
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   135
ishlab chiqarish iqtisodiyoti

Ishlab chiqarish rentabelligining mohiyati va uni rejalashtirish.    
Mahsulot realizasiya qilish natijasida xosil bo’lgan foyda miqdori 
korxona yoki birlashmalarning samarali ish faoliyatini aniqlab bera olmaydi. 
Masalan, birinchi sut zavodi bir yilda 1500 ming so’m, ikkinchisi esa, 180 
ming so’m foyda olgan bo’lsa, birinchi zavod ikkinchisiga nisbatan yaxshi 
ishlayapti, deb aytish qiyin. Buning uchun mahsulot assortimenti va uning 
hajmining foyda xosil bo’lish darajasiga ta`sirni ko’rib chiqish talab etiladi.   
Korxona rentabelligi uning samarali ishlash faoliyatini bildiradi. 
Masalan, birinchi sut zavodi rentabelligi 18% ikkinchisiniki esa, 12% bo’lsa, 
ikkinchi korxona yuqoridagi omillardan unumli foydalanib iqtisodiy 
ko’rsatkich samarasi yuqori bo’lishini ifodalab, ikkinchi korxonaning 
birinchisiga nisbatan rentabelli ishlaganini bildiradi. Korxona asosiy ishlab 
chiqarish fondlarining foyda xosil bo’lish qismiga ta`sir qilish sababli, 
korxona faoliyati rejasi yil bo’yi ulardan qanday foydalanganligi, yangi 
texnika joriy etilgan vaqti, necha so’mlik dastgohlar ishga yaroqsiz bo’lishi 
sababli ularni korxona balansidan olib tashlanadi. Shuning uchun korxonada 
asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rtacha yillik qiymatlarini aniqlash 
kerak. 


 
122
Ikki korxonaning rentabelligini hisoblash usulini ko’rib chiqamiz. Reja 
yilida ishga tushirilgan o’rtacha yillik fondlar qiymatini topish uchun ishga 
tushirilgan dastgohlar qiymatini 12 ga bo’lib, dastgohlarning ishlagan oy 
muddatiga ko’paytiriladi. Ish muddati tugab, ishga yaroqsiz holga kelgan 
o’rtacha yillik asosiy fondlar qiymatini aniqlash uchun asosiy fondlar 
qiymatini 12 ga bo’lib, dastgohlarning ishga yaroqsiz oyidan to yil oxiriga 
qadar qolgan oylarga ko’paytirib topiladi. Hisob kitoblardan ma`lum 
bo’ladiki, umumiy ishlab chiqarish rentabelligi foydaning asosiy ishlab 
chiqarish va aylanma mablag’lar miqdoriga bog’liq ko’rsatkichlari ta`siri 
asosida korxona rentabelligi darajasi o’zgarib boradi. 
Korxona rentabelligi muhim ko’rsatkichlaridan biri bo’lib, uning 
miqdoridan mehnat jamoasini rag’batlantirish fondlari shakllanadi. Shuning 
uchun korxona rentabelligini oshirishda har taraflama mehnat, moddiy va 
moliya vositalaridan oqilona va unumli foydalanib, bular asosida uning o’sish 
darajasini amalga oshirish zarurdir. 
Mahsulot rentabelligi korxonalarda biror-bir yangi xom-ashyoni 
texnologiya jarayonlarida ishlab chiqarishdan oldin uning rentabelligi 
hisob-kitob qilinadi. Ya`ni bir necha xom-ashyoni olib laboratoriya 
yordamida undan mahsulot ishlab chiqariladi. Shundan so’ng uning tannarxi, 
foyda ko’rsatkichlari va ular yordamida mahsulot rentabelligi aniqlanadi. 
Mahsulot rentabelligi quyidagi formula asosida topiladi: 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə