Microsoft Word Ishlab chiqarish iqtisodiyoti doc


Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni bozor savdosiga kiritishni



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/135
tarix24.02.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#84095
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135
ishlab chiqarish iqtisodiyoti

6.2 Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni bozor savdosiga kiritishni 
tashkil etish 
Mahsulotlarni bozorga kiritishni tashkil etish savdo apparati tashkiliy 
tuzilmasini tanlash Savdo agentlarini jalb etish, o’qitish va talab olishi. Savdo 
agentlari ishini samaradorligini baholash. 
Korxonada mijozning buyurtmalarini olish uchun boshqa korxonalar 
bilan qattik kurash olib boradi. Shuning uchun korxona o’zining 
strategiyasini mahsulotini bozorda sotishi xususiyatlari, iste`molchini 
tushunishi va uning ehtiyojlarini o’rganishi asosida kurashi kerak. 
Korxona savdo apparatining tashkiliy tuzilishi bozorda eng samarali 
shaklda faoliyat ko’rstatishga qaratilgan. 
Savdo apparati hududiy yoki mahsulotlik tamoyili bo’yicha, shu bilan 
birga mijozlar ehtiyojiga qarab tashkil etilishi  mumkin. 
Tashkiliy tuzilmada, hududlar bo’yicha, har bir savdo agentlariga 
ma`lum bir savdo territoriyasi biriktirilib, unga o’sha hududda xizmat 
ko’rsatilishi belgilab qo’yiladi. 
Bundan tashqari bir qancha imkoniyatlarga ega bo’ladi. Birinchidan, 
savdo agentining vazifalari aniq belgilab qo’yilgan bo’ladi. Bu hududda 


 
123
yagona vakil bo’lganligi sababli u mahsulot savdosining barcha muvaffaqiyat 
va zararlariga yakka o’zi javob beradi. Ikkinchidan, savdo agenti yerlik bozor 
faoliyatchilari bilan shaxsiy va ish bo’yicha aloqalarni o’rnatadi.  
Bir qancha savdo hududlarida ishni rayon bo’yicha savdo 
boshqaruvchisi boshqaradi, bir qancha rayonlarda esa sotish bo’yicha vise 
Prezident boshqaradi. Savdo agentlari o’z mollarini juda puxta bilishlari 
kerak, ayniqsa bu mahsulotlar texnik murakkab, umuman xilma-xil bo’lsa. 
Shuning uchun ko’pgina korxonalar o’zining savlo apparatini mahsulot 
tamoyili bo’yicha ko’rishadi. 
Korxona o’zining savdo apparati mijozlariga qarab bo’lib tashkil etishi 
mumkin. Bunday bo’lib tashkil etish tarmoqlararo katta va oddiy 
buyurtmalar, mavjud yangi mijozlar bo’yicha bo’lishi mumkin. Korxona 
tashkilot tuzilmasini aniqlab olgandan so’ng savdo agentlarini jalb etib 
tanlash va o’qitish tizimini ishlab chiqarishi kerak.  
Insonning savdoga bo’lgan ixtiyorini qanday aniqlasa bo’ladi? 
Makmorri (amer. olim) shunday degan «Yaxshi sotuvchi hamma vaqt 
talabchan va odamlarni o’ziga jalb eta oluvchi bo’ladi. Makmorri shu bilan 
birga ekstra klass kommivoyajerlarning 5 tashkil qo’shimcha xususiyatlarini 
aytib bergan: 
1) katta harakatchanlik
2) o’ziga to’la ishonch; 
3) puldan hamma vaqt kuchli samarali foydalanish;  
4) profyessional bilimlarin egallashi; 
5) har qanday   qarshiliklarni   o’ziga   qabul   qilib olish. 
Me`yor va grinberg yaxshi kommivoyajerlar 2 tashkil asosiy 
xususiyatga ega bo’lishlari kerak. 
1) Empatiya   sezgisi,   ya`ni   mijoz   xislarini  tula ko’ra olish; 
2) Mahsulotga maqsadli intilishlik. Savdosini yuritishiga kuchli 
ishtiyoqlik bo’lishi 
Tanlash me`zonlarini ishlab chiqqadan so’ng rahbariyat da`vogarlarni 
tanlab chiqishi kerak. Kadrlar bo’limi turli yo’llar bilan bir qancha 
da`vogarlarni to’playdi va ular ichidan eng yaxshisini ajratib oladi. 
Tanlash jarayoni turlicha bo’ladi - oddiy norasmiy suhbatdan uzoq 
sinovlargacha va nafaqat da`vogarlar ba ularning didlari bilan ham ko’rinishi 
mumkin ishga sinov muddati bilan qabul qilishadi. Tanlashning bir ko’rinishi 
test baholarini to’plash, undagi tavsiyanoma va xizmat ro’yxati hisoblanadi. 
Ba`zi firmalar kommivoyajerlarni qabul qilgan zahoti ularga ish beradi. 
Yangi xodimlarni o’qitishi bu ancha sarf xarajatdir. Har qanday o’quv 
dasturi bu o’qituvchilarga beriladigan katta to’lovlar, materiallar, joy va 
vaqtdir. Bu degani biror bir mijozga xizmat ko’rsatmagan odamga haq to’lash 
demakdir. 
Ba`zi firmalarda (QK) yangi tanlagan kommivoyajerlar haftalab, oylab 
o’qishlari mumkin. Amerika firmalarida agar sanoat mollari bilan savdo 
qiladigan bo’lsa, o’quv kursi 28 xafta, xizmat ko’rsatish firmalarida 12, keng 
iste`mol firmalarida 4 haftagacha davom etishi mumkin. QK firmalarida esa 
yangi ishga kirganlar faoliyati 2 yildan ishga o’tishi mumkin. 
Bundan tashqari har yili 15% ish vaqti qo’shimcha o’qishga ajratiladi. 
O’quv dasturi bir qancha mahsulot ko’zlagan bo’ladi; savdo agentini firma 
mahsulotlari bilan tanishtirish, tovarlar qanday ishlab chiqariladi, agentning 


 
124
turli  vaziyatlarda  funksiyalari          bilan          tanishtirish,          uni          samarali  
savdo bitimlarini o’tkazishga o’rgatish, uni asosiy savdo san`atiga o’rgatish, 
mijozlar bilan muomala qilish, hisobotlarni tuzish va boshqalar. 
Savdo agent mehnatining samaradorligini baholash. Rahbariyat 
 
 
 
 
 
kommivoyajerlar   mehnati  to’g’risidagi ma`lumotni turli punktlar bilan 
oladi. Eng asosiy axborot, ma`lumot manbai bu savdo to’g’risidagi hisobotdir. 
Qo’shimcha axborotni shaxsiy kuzatuvlar, mijozlar xatlari va shikoyatlari, 
buyurtmachilar bilan suhbatda va boshqa Amerika kommivoyajerlar bilan 
bo’lgan suhbatdan bilib olsa bo’ladi. Baholash yo’llaridan biri turli 
kommivoyajerlarning mehnat ko’rsatgichlarini solishtirib va ularni shu 
ko’rsatgichlar yordamida baholash. Baholashning asosiy ko’rsatgichlari har 
bir kommivoyajerlarning firmaga keltirgan sof daromadlaridan bilinadi. 
Boshqa Amerika usuli, kommivoyajerlarning joriy va o’tgan oylardagi 
ko’rsatgichlarni tashkil qilishidadir. Shunday tashkil qilish uning 
muvafaqqiyatlari yoki zararlari to’g’risida ma`lumotni beradi. Tashkil qilish 
kommivoyajerlarning foydali bir necha yil davomida qanday ko’tarilib 
tushganini ko’rish mumkin. 
Kommivoyajerlarni sifatli baholashda uning firma, uning mahsulotlari, 
mijozlari, raqobatlari va majburiyatlari to’g’risidagi  bilimni inobatga olinadi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə